Timsohlar turkumi Nil timsohi Gavial
YANGI BILIMLARNI QO‘LLAYMIZ Bilish va tushunish 1. Xordalilar qanday kenja tip va sinflarga bo‘linadi?
2. Osiyo lansetnigi va assidiyaning tashqi tuzilishini aytib bering.
3. Xordalilar tipiga mansub hayvonlarning umumiy xususiyatlarini ayting.
4. Baliqlarning qanday suzgichlari bor?
5. Amfibiyalar nima uchun suvda hamda quruqlikda yashovchilar deyiladi?
6. Reptiliyalar sinfi qanday turkumlarni o‘z ichiga oladi?
Qo‘llash . Umurtqali hayvonlar vakillari va ular mansub bo‘lgan sistematik birliklar nomini yozing.
Tur Urug‘ Oila Turkum Sinf Tip Tahlil . Umurtqali hayvonlarning tana qoplamlari tuzilishi yashash muhiti bilan bog‘liqligini
misollar bilan tushuntiring.
Sintez . Xordalilar tipi xilmaxilligini klasterda ifodalang.
Baholash. Umurtqasiz va umurtqali hayvonlarni farqlashda tana tuzilishidagi yana qaysi jihatlarga
e’tibor qaratish kerak?
A. Umurtqasiz hayvon. B. Umurtqali hayvon.
♦
Qon aylanish sistemasi.
♦
Nerv sistemasi.
♦
Ovqat hazm qilish sistemasi. ♦
Ichki skeleti.
Topshiriq Baliqlar,
amfibiyalar
va
reptiliyalar tuzilishining yashash
muhitiga
moslashganligini
o‘rga ning va do‘stlaringiz bilan
muhokama qiling.
Reptiliyalar – quruqlikda ya-
shash ga to‘liq moslashgan hayvon
-
lar. Ularning tеrisi jarohatlanish va
qurib qolishdan himoya qiluvchi
muguz tangachalar bilan qoplangan.
Tosh baqalar va timsohlar tеrisining
ostida su
yak plastinkalar bo‘ladi.
Toshbaqalar tanasi yelka va qorin
tomondan muguz va suyakdan ibo-
rat qalqon bilan qoplangan. Rep
-
tiliyalarning oyoqlari tananing ikki
yonida joylashgan, ha rakatlanganida
qorni yеrga sudraladi. Ilonlar va ay
-
rim kaltakеsaklar (sariq ilon va ur
-
chuqsimon kaltakesak)ning oyoqlari
yo‘qolib ketgan.
Amfibiya va reptiliyalarni birga
-
likda
gerpetologiya fani o‘rganadi.
O‘rta Osiyo
tosh baqasi