1.8. QUSHLAR VA SUTEMIZUVCHILAR MUAMMONI ANIQLAYMIZ. Umurtqali hayvonlar
umurtqasiz hayvonlardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ. Qushlar va sute-
mizuvchilar yuksak tuzilgan issiqqonli hayvonlardir. Qush
-
larning oldingi oyoq lari qanotlarga aylangan, tanasi pat
bilan qoplangan, jag‘lari muguz tumshuqqa aylangan. Tanasi suyri shaklida bo‘lishiga sabab
uchayotganda havoga qarshilik ko‘rsa tishini kamaytiradi.
Suv qushlarining dumi asosida quymich bеzi bo‘lib, qush tumshug‘i yordamida bezdan
ajraladigan yog‘ moddasini patlariga surtadi. Natijada patlar egiluv chan bo‘ladi va suv yuqtir
-
maydi.
Patlarning tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra turlari Kontur patlar Momiq patlar Parlar Qoqish
patlari
Boshqarish
patlari
Qoplag‘ich
patlar
Pat qalam uchi bilan tеriga birikkan, mustahkam muguz
nay shaklidagi o‘q va yеlpig‘ichdan iborat
(1.24-rasm) . Qoqish
patlari qanotlarning ko‘tarilish yuzasini hosil qiladi. Dumni
hosil qiluvchi boshqarish patlari dum qismida joylashgan,
qoplag‘ich patlar qushlar tanasini qoplab, suyri shakl bеrib
turadi
(1.25-rasm) . Kontur patlar ostida joylashgan momiq
patlar va parlar orasida havo bo‘ladi, bu esa issiqlikni
saqlashda muhim ahamiyatga ega
(1.26-rasm) . Qushlarning
pat qoplami tullash tufayli har yilda 1–2 marta almashinib
turadi. Qushlar oyoqlarining pastki qismi muguz tangachalar
bilan qoplangan bo‘lib, reptiliyalar terisidagi muguz tangacha
-
larga o‘xshaydi.
Qushlar sinfi Tuyaqushsimonlar. Afrika tuyaqushining bo‘yi
300 cm gacha, vazni 50–100 kg gacha yetadi. Uzun va
kuchli oyoqlari yordamida soatiga 60–70 km gacha
tеzlikda yugura oladi. Erkagining patlari qora, dumi
va qanotlarining uchida oq patlar bor, urg‘ochisi
kulrang. Tuyaqushlar mayda hayvonlar, o‘simlik
mеvalari va urug‘lari bilan oziqlanadi. Urg‘ochisi
yеrdagi chuqurchaga 1400 g kеladigan 7–9 ta tuxum
1.25-rasm. Patlarning turlari.
1.24-rasm. Patning tuzilishi.
1.26-rasm. Momiq parlar.
Afrika tuyaqushi
Qushlar • Kontur patlar • Momiq patlar • Parlar • Sutemizuvchilar • Qiltiq • Vibrissa Ikkinchi tartib
o‘siqchalar
O‘zak
Pat yelpig‘ichi
Qalam uchi
Birinchi tartib
o‘siqchalar
31
qo‘yadi. Tuxumlarni kunduzi urg‘ochilari, kеchasi erkagi
bosib yotadi. (
Bu hodisani qanday izohlaysiz? )