I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta


embriogenez va  postembriogenez



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

embriogenez
va 
postembriogenez
bosqichlarini o‘z ichiga oladi.
Embriogenez
tuxum hujayraning urug‘lanishidan boshlanib, yosh organizmning tug‘ilishi 
yoki tuxum qobig‘ini yorib chiqishi bilan yakunlanadi. 
Embriogenez 3 ta asosiy davrni o‘z ichiga oladi: maydalanish, gastrulyatsiya, birlamchi 
organogenez.
Maydalanish davrida
zigota to‘xtovsiz bo‘lina boshlaydi. Bo‘linish natijasida ko‘p son-
li hujayralardan iborat murtak rivojlanadi. Bunday bir qavat hujayralardan tashkil topgan 
murtak 
blastula
deb nomlanadi. 
Topshiriq
Gidra va o‘rgimchakning 
jinsiy ko‘payishida qanday umu-
miylik bor? Dalillar to‘plang.
Ontogenez • Embriogenez 
• Postembriogenez • 
Maydalanish • Gastrulyatsiya 
• Organogenez


155
Gastrulyatsiya
davrida murtakning rivojlanishi 
davom etib, u ikki qavatdan iborat bo‘ladi. Tashqi qavati 
ektoderma
, ichki qavati 
entoderma
deyiladi. Homi-
la rivojlanishi davomida bo‘shliqichlilardan tashqari 
hamma ko‘p hujayrali hayvonlarda 
mezoderma
– o‘rta 
qavat hosil bo‘ladi. Embrionning bu qavatlari odatda 
murtak varaqlari
deyiladi. Murtak varaqlarining rivoj-
lanishi 
gastrulyatsiya
deyiladi
(
10.28-rasm)
.
Birlamchi organogenez.
Gastrulyatsiyadan keyin 
murtak hujayralarining ixtisoslashuvi kuzatiladi. Ix-
tisoslashuv natijasida murtakning har bir qavatida 
ma’lum xususiyatlarga ega bo‘lgan hujayralar to‘plami 
rivojlanadi. Bu hujayralardan esa o‘sha qavat uchun 
xos bo‘lgan to‘qima va organlar rivojlanadi. Bu jarayon 
organogenez
deyiladi.
Tug‘ilish yoki tuxumdan chiqishi bilan 
postembriogenez
bosqichi boshlanadi. Hayvon
-
larning postembriogenezi quyidagi davrlardan iborat: voyaga yetgungacha bo‘lgan davr, voyaga 
yetgan davr, keksaygan davr.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin