I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

Bilish va tushunish
1. Novda tizimi qanday organlardan tashkil topgan?
2. Poya qanday vazifalarni bajaradi? 
3. O‘sish yo‘nalishiga ko‘ra poyalar xilma-xil bo‘lishiga sabab nima?
4. Kurtak qanday qismlardan tashkil topgan?
Qo‘llash.
Novda qismlari va ular-
ning
funksiyalarini jadvalda ifoda 
eting. 
Novda qismlari
Funksiyalari
3.14-rasm. 
Oddiy barg.
Qulupnay, mosh, 
loviya, sebarga
Soxta kashtan,
beshyaproqli partenosissus
Atirgul, na’matak, 
shirinmiya, oq akatsiya
Gledichiya,
yeryong‘oq
Barg bandi
Barg 
yaprog‘i
Tahlil. 
Novda va 
kartoshka tugunagi 
rasmini diqqat 
bilan kuzating. 
Ular o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni 
aniqlang.


54
Topshiriq
. Lupa yordamida kurtakning ichki tuzilishini o‘rganing va rasmini chizing.
3.3. AMALIY MASHG‘ULOT
VEGETATIV ORGANLAR METAMORFOZINI O‘RGANISH
Maqsad: 
shakli o‘zgargan ildiz va novdaning turlari, ularning o‘simlik hayotidagi ahami-
yatini o‘rganish. 
Bizga kerak: 
sabzi ildizmevasi, kartoshka tugunagi, piyozbosh, yod, paxtali tayoqcha, suv 
solingan idish.
Xavfsizlik qoidalari: 
Shakli o‘zgargan ildiz va novdalar o‘simliklarni noqulay tashqi muhitdan saqlaydi, o‘zida 
oziq moddalar to‘playdi va ularning vegetativ yo‘l bilan ko‘payishi uchun xizmat qiladi. 
Ildizmevalar
– asosiy ildiz shakli o‘zgarib, yo‘g‘onlashuvidan hosil bo‘ladi. Ildizmevada za-
xira oziq modda to‘planadi. Ildizmevaning hosil bo‘lishida novdaning pastki qismi va asosiy 
ildiz ishtirok etadi.
Boshpiyoz, lola, boychechakning piyozi – shakli o‘zgargan novda, tashqi tomondan quruq 
qobiq (shakli o‘zgargan barglar) bilan o‘ralgan. Bu qobiq uni yozda issiqdan va qishda 
sovuqdan saqlaydi. Agar u uzunasiga kesib qaralsa, tubida qisqargan kalta poyacha borligini 
ko‘rish mumkin. Piyozning tubidagi kalta poyacha asosidan qo‘shimcha ildizlar hosil bo‘ladi. 
Poyachada seret qobiqlar (shakli o‘zgargan barglar), kurtaklar joylashgan. Piyozning ana shu 
seret barglari shakli o‘zgargan barglar bo‘lib, ularning hujayralarida oziq moddalar to‘planadi. 
Piyozdagi fitokimyoviy modda immunitetni mustahkamlab, virus va bakteriyalardan himoya 
qiluvchi oqsillarning ajralishini jadallashtiradi.
Kartoshkaning tugunagi ham shakli o‘zgargan yerosti novdasi bo‘lib, yerosti poyasidan hosil 
bo‘ladi. U ko‘p miqdorda oziq moddalar (kraxmal) saqlaydi, ichki tuzilishi jihatidan novdaga 
o‘xshaydi. Tugunaklaridagi chuqurchalarda – ko‘zchalarida kurtaklar joylashgan. Tugunaklar 
issiq, sernam sharoitda tez ko‘karadi. Tugunakdagi kurtaklardan yangi novda o‘sib chiqadi. 
Agar kartoshka tugunagi kesib ko‘rilsa, uning ichki tuzilishi poyanikidan farq qilmasligini 
ko‘rish mumkin. Kraxmal boshqa o‘simliklar singari barglarda hosil bo‘lib, o‘sha yerda shakar
-
ga aylanadi va po‘stloqning elaksimon naychalari orqali tugunakka keladi. Bu yerda u qaytadan 
kraxmalga aylanadi va to‘planadi.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin