“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fani texnika, texnologiya, menejment va marketing sohalari yo‘nalishlarida bakalavrlar va muxandislar tayyorlashda o‘tilishi lozim bo‘lgan fanlardan hisoblanadi. Oliy ta'lim andozasidan kelib chiqib, ushbu fan talabalarda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha zarur va yetarli bo‘lgan asosiy tushunchalarni shakllantiradi.
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanini o‘rganishdan maqsad: talabalarda xalq xo‘jaligining texnika, texnologiya, menejment va marketing sohalaridagi ishlab-chiqarish, savdo, nazorat va iste'mol bilan bog‘liq bo‘lgan turli metrologik, sifat boshqaruvi va sertifikatlashtirish bo‘yicha masalalar bilan shug‘ullanish, hamda me'yoriy hujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida yetarli bilim va malakalarni hosil qilish.
Asosiy vazifalar esa talabalarni uzluksiz ta'lim tizimida "Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish" bo‘yicha tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va chuqurlashuvchi metrologiya, standartlashtirish, kvalimetriya sifatni o‘lchash va sertifikatlashtirish bo‘yicha fundamental ma'lumotlar o‘rganiladi.
Sifat masalasi har bir ishda, u qanday ish bo‘lishidan qat'iy nazar, uning asosiy baholash kriteriyasi (ko‘rsatkichi) bo‘lishi kerak. Agarda har bir inson o‘z ishiga yuqori ma'suliyat bilan qarab asosiy baholash kriteriyasiga munosib ravishda ish ko‘rsa hayotimiz kundan – kunga yaxshilanib borishi turgan gap, bu esa butun mamlakat bo‘ylab sifat masalasini yuqori darajaga ko‘taradi.
Bu sxemani chuqur o‘rganib va tahlil qilib, quyidagi xulosalarni keltirishimiz mumkin:
- Mahsulot sifati, kishilar hayotining ravnaqi, uning sifati (yashash darajasi) oldindan yaratilgan sifat fundamenti (poydevori) ga bog‘liqdir;
- Ilmiy texnikaviy yuksalish esa sifatning asosiy uch belgisi bo‘lgan – standartlashtirish, metrologiya va setifikatlashtirish rivojini ta'minlab beradi;