I-modul. ”Standartlash, sertifikatsiya va metrologiya” fanining maqsadi va metrologiya bo’yicha asosiy atamalar



Yüklə 326,23 Kb.
səhifə4/8
tarix21.10.2023
ölçüsü326,23 Kb.
#158999
1   2   3   4   5   6   7   8
1-МАЬРУЗА

Eng qadimgi o‘lchash birliklari - antropometrik, ya'ni insonning muayyan a'zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan o‘lchash birliklari hisoblanadi. Masalan: Ladon – bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan to‘rttasining kengligi; fut - oyoq tagining uzunligi; pyad – yozilgan bosh va ko‘rsatkich barmoqlar orasidagi masofa, qarich, quloch, qadam va hokazolar. Asrlar o‘ta bizga yetib kelgan ba'zi o‘lchov birliklari xozirda xam ishlatiladi. Masalan, qadimgi janubi-sharqda “loviya doni”, “no‘xotcha” ma'nosini bildirgan, turli qimmatbaho toshlarning o‘lchov birligi sifatida ishlatilgan - KARAT: dorishunoslikda og‘irlik birligi qilib qo‘llanilayotgan, ingliz, fransuz, lotin va ispan tillarida “bug‘doy doni” ma'nosi bildiruvchi -GRAN va hokazolar.

Ba'zi bir tabiiy o‘lchovlar ham uzoq o‘tmishga ega. Ularning dastlabkilaridan biri, hamma yerda ishlatiladigan vaqt o‘lchovlaridir. Munajjimlarning ko‘p yillik kuzatishlari natijasida qadimgi Vavilonda vaqt birligi sifatida yil, oy, soat tushunchalari ishlatilgan. Keyinchalik yerning o‘z o‘qi atrofida to‘la aylanishiga ketgan vaqtning 1/86400 qismi sekund nomini olgan. Qadimgi Vavilonliklar bizning eramizgacha bo‘lgan II asrdayoq vaqtni Minalarda o‘lchashgan. Mina taxminan ikki astronomik soat vaqt oralig‘iga teng bo‘lib, bu vaqt mobaynida Vavilonda rasm bo‘lgan suv soatidan massasi taxminan 500 grammga teng bo‘lgan “mina suv” oqib ketgan. Keyinchalik mina o‘zgarib, biz o‘rganib qolgan minutga aylandi. Vaqtlar o‘tishi bilan suv soatlari o‘z o‘rnini qum soatlariga, ular ham vaqti kelib mayatnikli mexanizmlarga bo‘shatib berdilar.

Insoniyat taraqqiyoti rivojlanishining ilk davrlaridanoq “moddiy” o‘lchashlar va o‘lchov birliklarining katta ahamiyatini tushunib bilganlar.

Fan va texnikaning rivojlanishi har xil fizikaviy kattaliklarning o‘lchamlarini muayyan o‘lchovlarga qiyoslab kiritishni taqozo eta boshladi. Bunday faoliyat jarayoni va rivojlanishi davomida o‘lchashlar haqidagi fan, ya'ni metrologiya yuzaga keldi.


Yüklə 326,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin