I-modul. ”Standartlash, sertifikatsiya va metrologiya” fanining maqsadi va metrologiya bo’yicha asosiy atamalar



Yüklə 326,23 Kb.
səhifə1/8
tarix21.10.2023
ölçüsü326,23 Kb.
#158999
  1   2   3   4   5   6   7   8
1-МАЬРУЗА

Fan nomi: ” METROLOGIYA,STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATSIYALASHTIRISH” Umumiy ajratilgan soat -60 Shundan, -ma’ruza -14 soat -amaliy mashg’ulot -16 soat -mustaqil ta’lim -30 soat -kredut miqdori -2 kredit

”METROLOGIYA,STANDARTLASH VA SERTIFIKATSIYA” FANINING MAQSADI VA METROLOGIYA BO’YICHA ASOSIY ATAMALAR.

1-Mavzu. Kirish. Standartlash, sertifikatsiya va metrologiya fanining maqsad va vazifalari.

Reja.

1. Metrologiya, Standartlash, sertifikatsiya va fanining maqsad va vazifalari.

2. Standartlash, sertifikatsiyava metrologiya fanini mahsulot sifatini oshirishdagi roli.

3. Asosiy metrologik tushuncha va ta’riflar.

4. Fizik kattaliklar, ularning o‘lchov birliklari. SI va SGS sistemasi.

5. Axborotlashtirish sohasida metrologik ta’minot.

1. Standartlash, sertifikatsiya va metrologiya fanining maqsad va vazifalari.

Metrologiya fan sifatida o‘lchashlar, ularga bog‘liq va tegishli bo‘lgan qator masalalarni o‘z doirasiga oladi. Metrologiya aslida yunonchadan olingan bo‘lib, o‘lchash, o‘lcham, nutq, mantiq, ilm yoki fan ma'nolarini bildiradi.

Umumiy tushunchasini oladigan bo‘lsak, metrologiya - o‘lchashlar haqidagi fan.

Inson aql-idroki, zakovati bilan o‘rganayotgan, shakllantirayotgan hamda rivojlantirgan qaysi fanni, uning yo‘nalishini olmaylik, albatta o‘lchashlarga, ularning turli usullariga, o‘zaro bog‘lanishlariga duch kelamiz. Bu o‘lchash usullari va vositalari yordamida ularning birligini, yagona o‘lchashni talab etilgan aniqlikda ta'minlash metrologiya fani orqaligina amalga oshiriladi. Shu sababdan hozirdagi qaysi bir fan, ilmiy yo‘nalish, u hoh tabiiy, hoh ijtimoiy bo‘lmasin, albatta u yoki bu darajada metrologiya bilan bog‘liq.

Inson qo‘li yetgan,faoliyati doirasiga kirgan ammo o‘lchashlar va ularning vositalari yordamisiz o‘rganilgan, izlangan hamda ko‘zlangan maqsadlarga erishish mumkin bo‘lgan birorta yo‘nalish yo‘q.

Shuning uchun ham metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslarini bilish, uni o‘z mutaxassisligi doirasida tushunish va amaliy qo‘llash texnika va texnologiya soxalaridagi bakalavriat yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.


Yüklə 326,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin