4.2.Likvidlik ko‘rsatkichlari tahlili Likvidlik ko‘rsatkichlari haqida gap ketganda avval likvidlik atamasi bo‘yicha kelishib olish kerak bo‘ladi. Chunki, likvidlik iqtisodiy fanlarda korxona aktivlariga nisbatan ham ishlatiladigan tushunchadir.
Tadqiqotlardan ko‘rinadiki, likvidlik – bu korxona aktivlarini pulga aylanish tezligi hisoblanadi. Ya’ni korxona aktivlari likvidlik darajasiga ko‘ra, tez likvidli (joriy aktivlar) va sekin pulga aylanadigan (uzoq muddatli aktivlar) aktivlarga bo‘linadi. Bundan likvidlik atamasi korxona mablag‘ini bir shakldan ikkinchi bir shaklga o‘tishida qoplanish tezligini ifodalayotganligini ko‘rish mumkin.
Korxona moliyaviy holati tahlil qilinayotganda likvidlik atamasidan foydalaniladi. Ba’zi olimlar likvidlik ko‘rsatkichlarini korxona to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichlari deb atashadi. CHunki, likvidlik koeffitsientlari o‘zida majburiyatlar va joriy aktivlarning nisbiy natijasini ko‘rsatgani va majburiyatlarning joriy aktivlar orqali qoplanishini anglatganligi uchun shunday nomlash keng tarqalgan.
Fikrimizcha, bu ko‘rsatkichlarni likvidlik deb yuritilishi maqsadga muvofiq. Chunki, joriy aktivlarning joriy majburiyatlarga nisbati to‘lov qobiliyatini emas, balki aktivlar orqali majburiyatlarni qoplash darajasini ko‘rsatib beradi. To‘lov qobiliyati esa – bu xo‘jalikning muddati kelgan to‘lov majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni yetarlilik darajasini anglatadi.
Likvidlik atamasining mohiyati mablag‘ning bir turini ikkinchisiga aylanish darajasini ko‘rsatib beradi. Likvidlik koeffitsientlari ham mohiyatan joriy majburiyatlarni joriy aktivlarga aylanish darajasini aks ettiradi.
Asosan korxona faoliyatini tahlil qilishda likvidlikning 3 xil turi qo‘llaniladi:
Joriy likvidlik koeffitsienti;
Tez likvidlik koeffitsienti;
Mutloq likvidlik koeffitsienti.
Joriy likvidlik koeffitsienti.Joiriy likvidlik koeffitsienti likvidlikning bir o‘lchovi hisoblanib joriy aktivlarni joriy majburiyatlarga nisbatini ifodalaydi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi: