3.3.Moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlaridan axborot manbai sifatida foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari Korxonada inqiroz sabablarini aniqlash, tashxis qo‘yish jarayonlarida tahlil maqsadida foydalanilayotgan axborot va ma’lumotlarning o‘zaro xususiyatlariga jiddiy e’tibor qaratish zarur bo‘ladi. Chunki, xulosa qaror qabul qilish jarayoniga uzatilganida, mazkur axborotning qanchalik aniq va to‘g‘ri berilganligi qabul qilingan qarorning samaradaorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun, yig‘ilgan axborotlarni tahlil qilish va kerakli xulosa chiqarish aniq belgilangan ishlarni talab qiladi.
Eng avvalo tahlil uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni o‘rganib chiqish zarur. Tahlil uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni mazmuniga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin: iqtisodiy ma’lumotlar, huquqiy–me’yoriy ma’lumotlar, ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar, tabiiy-ekologik ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar.
Iqtisodiy ma’lumotlarni biznes reja, turli xil axborot manbaalar, texnologik ma’lumotlar, operativ-texnik, me’yoriy va moliyaviy hisobot xujjatlari tashkil etadi. Bu manbaalardan tahlilda eng ko‘p foydalaniladi.
Huquqiy-me’yoriy ma’lumotlarga esa Respublikamizda amal qilayotgan barcha qonunlar, me’yoriy xujjatlar va aktlarda rasmiylashtirilgan axborotlardan foydalanish tushuniladi.
Ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar, eng yangi taraqqiyot, jahondagi o‘zgarishlar, fan va texnika yutuqlarini o‘zida mujassam etgan axborotlardir. Bu axborotlar tahlil uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Tabiiy- ekologik ma’lumotlar, tabiat, yer, iqlim va boshqa ekologik omillarni mujassamlashtirgan axborotlarni iqtisodiy tahlilda muhim manbaa sifatida o‘rganiladi.
Boshqa manbaalarga esa, iqtisodiy, huquqiy, ilmiy-texnikaviy, tabiiy- ekologik manbaalarda aks etmagan ma’lumotlar tushunilib, bunga ommaviy axborot vositalari, ro‘znoma va oynomalardagi, radio va televideniyadagi keltirilgan axborotlardan kiradi.
Quyida moliyaviy hisobot shakllarining axborotlarini o‘ziga xos xususiyatlari va ularga qo‘yiladigan talablar aks ettiriladi. Moliyaviy hisobotlarning o‘ziga xos xususiyati, eng avvalo ular korxonadagi iqtisodiy voqea-hodisalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirokchilari bo‘lgan hodimlar tomonidan tuziladi.
Ikkinchidan, moliyaviy hisobot shakllarini tuzishning asosiy maqsadi tashqi voydalanuvchilarni axborotlar bilan ta’minlash bo‘lgani uchun, u korxonaning moliyaviy holatiga oid ma’lumotlarni to‘liqligicha qamrab oladi.
Uchinchidan, moliyaviy hisobotlarda korxonaning tijorat siri hisoblangan axborotlar mutlaqo taqdim etilmaydi;
To‘rtinchidan, moliyaviy hisobotlar istagan vaqtda emas, balki har chorak, yarim yillik va bir yillik hisobotlar sifatida taqdim etiladi. SHu sababli, tahlil korxonaning istalgan davri uchun emas, balki, moliyaviy hisobotlarda belgalangan aniq muddat uchun o‘tkaziladi. Lekin shuni alohida ta’kidlash lozimki, moliyaviy hisobot shakllari yordamida korxonaning holatiga aniq tashxis qo‘yib bo‘lmaydi. Ya’ni, moliyaviy hisobot shakllari korxonaning moliyaviy holatini, barqarorligini va debitorlik-kreditorlik qarzlarining ko‘rinishiginigina as ettiradi. Ammo, inqirozning asl sababini nima ekanligini bilish uchun boshqariuv hisobi axborotlari ham zarur bo‘ladi. Aniq xulosalar, korxonaning ichki holati bilan bog‘liq bo‘lgan hodisalarga qarab beriladi.
Tahlil o‘tkazishdan avval, unda foydalaniladigan axborot manbaalarining aniq tamoyillarini ishlab chiqish zarur. Mazkur tamoyillar quyidagilardan iborat: