Inqirozning alomatlari tabiatan turli xil bo‘lishi mumkin. Lekin ular kutilmaganda kelib chiqadi. Korporativ boshqaruv bo‘yicha taniqli nazariyotchi I.Ansoff ularni strategik kutilmaganliklar deb nomlashni taklif qiladi: “Bu huddi radar tizimi orqali kuzatishga o‘xshaydi, ba’zi muammolar kuzatuvchilardan qutulib qoladi, kuzatuvchilar qancha harakat qilmasin ular strategik kutilmaganliklarga aylanadi. Bu shuni anglatadiki, a) muammo to‘satdan va kutilmaganda paydo bo‘ladi; b) firmaning oldinigi tajribalarini mavjudligiga qaramasdan u yangi vazifalarni qo‘yadi; v) tezkor tadbirlarni qo‘llay bilmaslik katta moliyaviy zararga yoki korxonaning foydaga ega bo‘lish imkoniyatlarini pasayishiga olib keladi; g) nazorat tadbirlari uchun tezkorlik bilan qaror qabul qilinishi kerak lekin odatda firmadagi tartib bunga yo‘l qo‘ymaydi”1.
O‘tkazilgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki,korxona faoliyatini tashxislash – bu korxonaning iqtisodiy faoliyatini har tomonlama tahlil qilish, holatni aniqlash va havf-xatarni oldini olishning chora tadbirlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar kompleksini o‘z ichiga oladi. Tashxislash natijasida boshqaruv shakli va uslubi ishlab chiqilib amaliyotga tatbiq qilinadi.
Tashxislash – bu boshqaruv emas, balki, boshqaruvning uslubini tanlash vositasidir. Ya’ni, tashxislash amaliyoti natijasida korxona foliyatidagi barcha yaxshi va yomon tomonlar aniqlanadi. YAxshi taraflar takomillashtiriladi, salbiy holatlar esa bartaraf etiladi. SHu nuqtai nazardan aytish mumkinki, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda uning ahamiyati katta va u orqali bir ko‘rishda ilg‘ab bo‘lmaydigan holatlar ko‘riladi va tadqiq qilinadi.
Korxonaning moliyaviy holatini tashxislashga bo‘lgan umumiy yondoshuvlar korxonalarda inqirozli vaziyatlarni sabablarini aniqlash, oldindan oghlantirish va profilaktikasini amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu tashxislashda inqirozga qarshi boshqaruv texnologiyasinining mavjudligidan dalolat beradi.