5. Tarmoq ishining tahlili. Unda tarmoqning hajmi va o‘sish darajasi, raqobat, ishlab turgan korxonalarning tarmoqqa kirishi va undan chiqib ketishiga to‘siqlar, tarmoqda innovatsiya va texnologiyalarni modernizatsiya qilishning roli, qonunchilik bilan tartibga solish, iqtisodiy tamoyillar, keyingi bir necha yilda tarmoqda mahsulot sotish hajmi, keyingi yillarda tarmoqda paydo bo‘lgan yangi mahsulotlar, asosiy raqiblar, ularning mazkur bozordagi roli va sotish hajmining o‘sish sur’atlari, kuchli va zaif tomonlari, asosiy raqibning moliyaviy ahvoli, haridorlar har bir guruhining tavsifi tahlil qilinadi.
6. Marketing rejasi va strategiyasi. Mazkur bo‘limda mo‘ljallangan iste’molchilar tavsifi va ta’rifi, bozor segmentlari, hajmi va o‘sishi, raqiblar, ularning kuchli va zaif tomonlari, haridorlar, ularning mahsulot to‘g‘risidagi fikrlari va uni sotib olish sabablari, segmentlar bo‘yicha sotish va foyda hajmi. tadbirkorning hozirgi va taxmin qilayotgan bozor ulushi, sotishdan keyingi va kafolatli xizmat ko‘rsatish, narx va kredit siyosati, reklama strategiyasi, mahsulotning sifati va tashqi ko‘rinishi, uni etkazib berish va sotish usullari savdo‘sotiqni rag‘batlantirish tizimi, qoilanilayotgan marketing strategiyasi va marketing harajatlari, ularning samaradorligi bayon qilinadi.
7. Tadbirkorning ishlab chiqarish rejasi. Bu yerda ishlab chiqarish va harajatlarning joriy va rejalashtirilayotgan darajalari, ishlab chiqarish jarayoni va mahsulot sifatini nazorat qilish tartibi, xomashyoga bo‘lgan ehtiyoj, uning manbalari, sotib olish tartibi va harajatlari, turli materiallarni etkazib berish manbalari va shart-sharoitlari, binolarga bo‘lgan ehtiyoj va ularning mavjudligi yoki olish imkoniyatlari, ishlab chiqarish quvvatlarining mavjudligi va unda ko‘zda tutilgan o‘zgarishlar, kerakli uskunalar ro‘yxati, ular bilan ta’minlanishi va bo‘lajak harajatlar, ishlab chiqarish-texnologik jarayonsikl va bosqichlari, ularni amalga oshirish muddatlari, xodimlarning mavjudligi va ularning malakasi, savdo korxonasi uchun esa savdo‘sotiq jarayonlari, tovar olish manbalari, tovarlarni saqlash uchun omborlarning mavjudligi, tovar zahiralarini boshqarish tizimi va boshqa masalalar o‘z aksini topadi.
Bu bo‘limda korxonaning tashkiliy tarkibi va unda kutilayotgan o‘zgarishlar, korxonaning tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shakllari, sheriklar, hamkorlar va aksiyadorlar, rahbarlar, egalik qiluvchilar va menejerlar, ularning tavsifi va har birining roli, vazifalari, maoshlari, taqdirlash shakllari, boshqaruv qarorlari qabul qilish tartibi va boshqalar bayon etiladi.
Dostları ilə paylaş: |