I. N. Ismanov, J. X. Kambarov, M. M. Turdaliyeva korxonalarda inqirozga qarshi boshqaruvni tashkil etish


-rasm. Tashkilotning ijtimoiy-iqtisodiy tizimida inqiroz havfini vujudga kelishi



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə8/97
tarix16.06.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#131102
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   97
UMK

1
.3-rasm. Tashkilotning ijtimoiy-iqtisodiy tizimida inqiroz havfini vujudga kelishi

Inqirozlarni ham turini to‘g‘ri ajrata bilish va xususiyatlarini turiga qarab bir-biridan farqlay olish inqirozga qarshi boshqaruv jarayonini soddalashtiradi va to‘lovga noqobillikni tiklanishini tezlashtiradi. Amaliyot va nazariyada inqirozni juda ko‘p turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Inqirozning bu turlari ularni muayyan guruhlarga ajratish imkonini beradi va xususiyatlarini aniqlashtiradi. Lekin shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, inqirozlarni guruhlarga ajratishda bu soha vakillari tomonidan ba’zi chalkashliklarga yo‘l qo‘yilgan. Ya’ni, inqiroz turlarini bir-biridan ajratishda sabablari va oqibatlari yuzasidan vujudga kelishiga qaramasdan aralashtirib yuborganlar.


Amaliyot inqirozlar nafaqat maqsad va oqibatlaridan kelib chiqib, balki o‘z mohiyatiga ko‘ra ham bir xil emasligini ko‘rsatadi. Agarda inqirozni xarakteri to‘g‘risida aniq ma’lumot bo‘lsa, u holda uni kuchsizlantirish, havfsizligini ta’minlash uchun sarflanadigan vaqtni va xarajatni qisqartirish imkoniyati ortadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inqirozlarni vujudga kelishiga olib keluvchi omillarning turlariga ko‘ra inqirozlar quyidagilarga bo‘linadi:

  1. Siyosiy inqirozlar;

  2. Ijtimoiy inqirozlar;

  3. Tabiiy inqirozlar;

  4. Iqtisodiy inqirozlar.



1.4-rasm. Inqirozni vujudga keltiruvchi omillariga ko‘ra turkumlanishi

Yuqorida berib o‘tilgan guruhlar inqirozlarni vujudga kelishi jihatidan eng katta guruhlari bo‘lib hisoblanadi. Inqirozning bu turlari boshqa faoliyatlardagi inqirozlarni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Bundan tushunish mumkinki, ular ham o‘z o‘rnida inqirozning boshqa xususiy turlariga bo‘linib ketishi mumkin. Inqirozning mazkur turlariga makro va mikro darajada yondoshish mumkin. Umumiy jihatdan olib qaraganda, ular quyidagicha izohlanadi:



Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin