I nazariy materiallar


-mavzu: Farg‘ona vodiysining ichki suvlari



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43
Maruza matn (1)

 
5-mavzu: Farg‘ona vodiysining ichki suvlari 
 
Daryolar iqlim va relefning hosilasi hisoblanadi. Bu fikr Farg‘ona vodiysi va uning 
hududida hosil bo‘lgan daryo va soyliklar misolida o‘z tasdig‘ini topgan. Agarda bu ikki omilni 
ahamiyati haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, albatta Farg‘ona vodiysida bir xilda ahamiyatga ega 
ekanligini ko‘rishimiz mumkin. 
Farg‘ona vodiysining daryo va soyliklari uni atrofdan o‘rab olgan tog‘liklarning 
ko‘tarilishi, geologik tektonik rivojlanishi, orografik xususiyatlari va albatta iqlimiy 
xususiyatlariga bog‘liqdir. Farg‘ona vodiysida sodir bo‘lgan va neogen-to‘rtlamchi davrlar 
mobaynida yuzaga kelgan yangi tektonik harakatlar vodiy relefiga deyarli hozirgi qiyofani berdi. 
Buning natijasida tog‘li hududlarda daryo turi shakllanib vodiyning markaziga tomon yo‘naldi. 
Daryo va soyliklari
Farg‘ona vodiysining ichki suvlari haqidagi birmuncha mukammal va ko‘p yillik 
tadqiqotlarga asoslangan ma’lumotlar I.A.Ilinning Vodnie resursi Ferganskoy dolini (Farg‘ona 
vodiysining suv resurslari). Gidrometsoizdat, 1959 g. V.L.SHulsning Reki Sredney Azii (O‘rta 
Osiyoning daryolari) Gidrometsoizdat, 1965g., O.P.Щegalovaning Pitanie rek Sredney Azii 
(O‘rta Osiyo daryolarining to‘yinishi) Tashkent iz-vo SAGU, 1960 nomli kitoblarida, 
shuningdek, birmuncha keyingi va hozirgi davirdagi (CHub B.E.ning qator, 2007) tadqiqotlarida, 
E.Solievning nomzodlik dissertadsiyasi va keyingi olib borayotgan ilmiy tadqiqotlarida 
keltirilgan. 
I.A.Ilinning ma’lumotlariga (1959) qaraganda Farg‘ona vodiysini o‘rab olgan tog‘larda 
6500 taga yaqin katta va kichik daryolar hosil bo‘lib, ularning umumiy uzunligi 28000 km ga 
teng. SHundan 16 ta daryo 100-200 km, 14 ta daryo 50-100 km, 434 ta daryo 10-50 km 
uzunlikka ega. Uzunligi 10 km dan ortiq bo‘lgan daryolar soni 464 ta, qolgan 6000 ta 
daryolarning uzunligi 1-10 km gacha etadi.
Farg‘ona vodiysida daryolarning umumiy soniga nisbatan eng ko‘pi (43 %) Oloy tizmasiga 
26 % dan ortig‘i Farg‘ona tizmasiga, 12 % Turkiston tizmasiga, 11 % CHotqol tizmasiga, 8 % 
esa Qurama tizmalariga to‘g‘ri keladi. 
Farg‘ona vodiysidagi daryolarning o‘rtacha zichligi 0,44 km/km
2
ga teng bo‘lib, eng katta 
zichlik Farg‘ona tizmasiga, eng kam zichlik esa CHotqol-Qurama tizmalariga to‘g‘ri keladi. 
daryolarning zichlik holati tog‘ tizmalarining orografik xususiyati bilan birga ularning rizqlanish 
manbalariga ham bog‘liqdir. I.A.Ilinning izohlashiga ko‘ra yillik yog‘in miqdori 500 mm dan 
kam bo‘lmagan hududlarda daryolar doimiy oqimga ega va yilliq yog‘in ko‘rsatkichi 350-400 
mm bo‘lganda daryolarda doimiy oqim bo‘lmaydi. Farg‘ona vodiysida mavsumiy oqimga ega 
bo‘lgan daryolar 42 %ni, umumiy uzunligi esa 26 % ni tashkil etadi. 
Farg‘ona vodiysining daryolari uni o‘rab turgan tog‘ tizmalarining orografik xususiyatlari, 
geografik joylanishiga, gidrografik rejimiga ko‘ra 3 qismga bo‘linadi: 1. Farg‘ona tog‘ 
tizmasining janubi-g‘arbiy yon bag‘irlaridan oqib tushuvchi daryolar. Qorqo‘lja, YAssi, 
Qo‘g‘ort, Qora-Ung‘ur Moylisoy daryolari va ularning ko‘plab irmoqlari Farg‘ona tizmasidagi 
mavsumiy qorlarning erishidan hosil bo‘ladi va may, iyul oylarida to‘liq suv davri bo‘ladi. 2. 
Oloy va Turkiston tog‘ tizmalarining shimoliy yonbag‘irlaridan oqib tushuvchi daryolar. Bu 
hududda Oqsuv, Xo‘ja-Baqirg‘on, Isfara, So‘x, SHohimardon, Isfayramsoy, Aravansoy, 
Oqbo‘ra, Qurshob kabi daryolar va ularning ko‘plab irmoqlari joylashgan. Ularning to‘yinish 
manbalari doimiy qor va muzliklar hisoblanadi. 
3. CHotqol va Qurama tog‘ tizmalarining janubiy-sharqiy yonbag‘irlaridan oqib tushuvchi 
daryolar. Bu hududdan CHodaksoy, G‘ovasoy, Kosonsoy, Podshootasoy va ularning ko‘plab 
irmoqlari oqib o‘tadi. To‘yinish rejimiga ko‘ra muz va qorlarning erishidan hosil bo‘ladi. 
Farg‘ona vodiysining barcha daryo va soyliklari Sirdaryoning o‘ng va chap sohilida 
joylashgan irmoqlari bo‘lib, hozirgi kunda ularning aksariyati bosh daryoga kelib quyilmaydi. 
Sirdaryo Norin va Qoradaryoning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi.


33 
Norin daryosi Sirdaryoning suv oqimini 70 % dan ortig‘ini beradi. Norin daryosi katta va 
kichik Norin daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘lib, uzunligi 534 km, havza maydonining 
kattaligi 58370 km
2
ga teng. O‘rtacha yillik oqimi Uchqo‘rg‘on postida 13,8 km
3
ga, maksimal 
oqim 18,3 km
3
ga teng bo‘lib, markaziy Tyan-SHan tog‘laridan boshlanadi. 
Qoradaryo Farg‘ona va Oloy tizmalaridan boshlanib Namangan shahriga yaqin hududda 
Baliqchi qishlog‘i yonida Norin daryosiga qo‘shiladi. Qoradaryoning o‘rtacha yillik oqimi 
(Kampirrovot posti) 3,9 km
3
, maksimal 5,5 km
3
ga teng. Norin va Qoradaryo muz va qor 
suvlaridan rizqlanadi.
Farg‘ona vodiysining daryo va soyliklari, asosan, Qirg‘iziston va Tojikiston hududlarida 
hosil bo‘lib, deyarli barchasi vodiyning O‘zbekiston qismiga oqib tushadi. Farg‘ona vodiysining 
janubiy, sharqiy, shimoli-sharqiy qismidan oqib tushuvchi daryolar Qirg‘iziston hududida, 
Qurama tog‘larining janubiy yonbag‘irlarida hosil bo‘ladigan daryo va soyliklar Tojikiston 
davlati hududida hosil bo‘ladi. Faqatgina Qurama tog‘larining janubi-sharqiy qismidan oqib 
tushuvchi Olmossoy, CHodaksoy, Rezaksoy, Savoqsoy kabi daryolar vodiyning O‘zbekiston 
qismida hosil bo‘ladi. 
Farg‘ona vodiysining O‘zbekiston qismida hosil bo‘lgan daryo va soyliklar quyidagi 
jadvalda tasvirlangan. 
Farg‘ona vodiysining shimoliy qismidan oqib o‘tuvchi daryolar CHotqol va Qurama 
tog‘larining janubiy va sharqiy yon bag‘irlaridagi 3500-4000 m va undan ham balandroq 
hududlardagi qorlardan rizqlanadilar. CHotqol tog‘ining sharqiy hududlaridan oqib tushuvchi 
daryolar muz va qor suvlaridan to‘yinadi.

Farg‘ona vodiysining shimolidan oqib tushuvchi daryolar mavsumiy qorlardan ko‘proq 


rizqlanganligi tufayli mart-iyul oylarida to‘liq davri kuzatiladi. Mejen davri esa iyulning 
o‘rtalaridan oktyabr oyining o‘rtalarigacha davom etadi. Kuzgi yog‘inlar davrida bu hududda 
doylashgan daryolarning suv sathi yana ko‘tarila boshlaydi. SHuningdek, buloq suvlari ham bu 
erda daryolarning rizqlanishida ishtirok etadi. 
Farg‘ona vodiysining janubiy va sharqiy hududlaridan oqib tushuvchi daryolar deyarli 
Qirg‘iziston va qisman Tojikiston hududidan boshlanadi. Janubiy va sharqiy hududlardan oqib 
tushuvchi daryolarning ichida Norin, Qoradaryo, So‘x kabi birmuncha sersuv daryolar bilan 
birga, Isfayram, SHohimardonsoy, Isfara, Moylisuv, Aravansoy, Oqbo‘ra kabi birmuncha 
kichikroq daryolar ajralib turadi. 
Farg‘ona vodiysining janubiy va sharqiy hududlaridan oqib o‘tuvchi daryolarning oqim 
xususiyatlari quyidagi jadvalda tasvirlangan. 
CHub V.E.ning (2007) ma’lumotlariga ko‘ra Farg‘ona vodiysining janubiy va sharqiy 
hududlaridan O‘zbekiston qismiga 654 m
3
/s yoki 20,626 km
3
/yil yoki 194, 4 mln
3
/yil 
miqdordagi suv, atrof hududlardan jami 681,7 m
3
/s yoki 21,498 km
3
/yil suv oqimi kirib keladi. 
Buning 57 % Norin daryosiga, 17 % Qoradaryoga, 26 % esa boshqa daryo va soyliklarga to‘g‘ri 
keladi.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin