I nazariy materiallar


Farg‘ona vodiysining er osti suvlari



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43
Maruza matn (1)

 
Farg‘ona vodiysining er osti suvlari 
Farg‘ona vodiysining o‘ziga xos orografik tuzilishi, geologik, gidrogeologik sharoitiga 
ko‘ra alohida artezian havzani hosil qiladi. Artezian havzadagi er osti suvlarining rizqlanishida 
vodiyning o‘rab olgan tog‘lardan oqib tushayotgan daryo va soyliklarning suvlari yoriqlar orqali 
o‘tib er osti suvlarini hosil qiladi. SHuningdek, atmosfera yog‘inlari, suv omborlari, sug‘orish 
inshootlari, sug‘orish rejimi ham er osti suvlarining to‘yinishiga xizmat qiladi. Artezian 
havzaning er osti suvlari paleogen, neogen va uchlamchi davrning qatlamlararo bosimli 
suvlaridir. 
Farg‘ona vodiysida er osti suvlarining hosil bo‘lishi va harakatlanish rejimiga ko‘ra bir 
necha zonalarni hosil qiladi. (chizma). 1. Er osti suvlarining to‘yinish zonasi – vodiyni o‘rab 
olgan tog‘lar hududidan iborat. 2. Er osti suvlarining ko‘tarilish zonasi – tog‘ oldi va adir orti 
qiya tekisliklarini egallaydi. 3. Er osti suvlarining shimilish zonasi – konussimon yoyilmalarning 
yuqori va o‘rta qismlaridan iborat. 4. Er osti suvlarining shimilish va ko‘tarilish zonasi 


34 
konussimon yoyilmalarning quyi qismlari, markaziy akkumulyativ, allyuvial, prolyuvial 
tekisliklar. 5. Er osti suvlarining bug‘lanish va intensiv sarflanish zonasi – markaziy Farg‘ona, 
Sirdaryoning o‘zani va 1-2 akkumulyativ terassalarini egallaydi. 
Farg‘ona vodiysining er osti suvlarining hosil bo‘lishi va rejimini o‘rganish juda ko‘p 
tadqiqotchilar 
tomonidan 
amalga 
oshirilgan. 
Jumladan, 
N.F.Bezobrazova 
(1932), 
F.F.Mujchinkin (1932), O.K.Lange (1933, 1937, 1967), V.M.Legosteev, V.S.Konkov (1944), 
V.A.Kovda (1947), V.A.Geyns (1949), M.M.Krilov (1941, 1952), N.M.Reshetkina (1957), 
B.V.Gorbunov (1957), M.A.Pankov (1962), V.L.SHuls (1965)lar va boshqa tadqiqotchilar 
tomonidan Farg‘ona vodiysining gidrogelogik holati, er osti suvlarining harakati, minerallashuv 
rejimi va unga ta’sir etuvchi omillar etarlicha o‘rganilgan. V.A.Geyns (1949), M.A.Pankov 
(1957), B.V.Gorbunov (1957)larning olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra Farg‘ona vodiysi hududida 
quyidagi gidrogelogik rayonlar ajratilgan: 1. Farg‘ona vodiysini atrofdan o‘rab olgan Oloy, 
Turkiston, Farg‘ona, CHotqol va Qurama tog‘larining pastqam qismlari. Bu hududlar butun 
vodiydagi er osti suvlarining genetik gorizontlarini hosil bo‘lishiga xizmat qiladi va Farg‘ona 
vodiysining tekislik qismini er osti suvlari bilan ta’minlaydi. 2. Tog‘ oldi va unga yaqin bo‘lgan 
So‘x, CHimyon adirlari va shimolda Boyoston adirlari va konus yoyilmalarining yuqori qismlari. 
Bu zonadagi er osti suvlari ham markaziy Farg‘onaga tomon doimiy oqimni hosil qiladi. 
Adirlarni o‘zlashtirish, sug‘orish ta’sirida hududning gidrogelogik rejimi tuz tarkibi kuchli 
o‘zgargan. 3. Quvasoy, Jingilsoy, Aravansoy, Oqbo‘ra, Podshootasoy, Kosonsoy, G‘ovasoy, 
CHodaksoy daryolari konus yoyilmalarining o‘rta va quyi qismlari. Bu zonada er osti suvlari, 
ayniqsa, konus yoyilmalarining quyi qismlarida er yuziga yaqinlashadi, ularning tarkibida 
karbonatli, sulfatli xloridli tuzlar murakkab drenajli holatlarda akkumulyasiya qilinadi. 
Bu rayon sug‘orma dehqonchilik hududlarini tashkil etganligi tufayli sho‘rlanish, 
ikkilamchi sho‘rlanish jarayonlari rivojlangan. 4. Arsif, Quva, Andijon, Namangan, Surson, 
CHust-Pop adirlari. Bu zonadagi er osti suvlari ham birmuncha chuqurda joylashgan bo‘lib, 
tuzlarning atmosfera yog‘inlari va sug‘orish tufayli yuvilishi va adirlar sirtiga chiqib kelishi 
kuzatiladi.
5. Adirlararo va adir orti qiya tekisliklari. Bu zonaga Farg‘ona vodiysining shimoliy, 
janubiy, g‘arbiy va sharqiy qismlarida joylashgan adirlararo va qiya tekisliklari kirib er osti 
suvlari buloq tarzida ko‘tariladi. Er osti suvlarining uncha faol bo‘lmagan drenaj holati adirlarni 
sug‘orish tufayli qiyinlashadi. Sizot suvlarning sathi ko‘tarilishi va tuzlarning akkumulyasiyasi
sodir bo‘ladi. 6. Daryo va soyliklarning ko‘ndalang vodiylari. Bu zonaga daryo va soyliklarning 
ichki konus yoyilmalari kirib adir oldi va adirlararo cho‘kmalarga tutashib ketadi. Sizot suvlari 
er yuzasiga birmuncha yaqin bo‘lib, ularning to‘yinishi va genetik tipida er osti suvlari faol 
ishtirok etadi. 7. So‘x, Isfara, Isfayram, Oqbo‘ra, Aravansoy va SHohimardonsoylarning yuqori 
qismida hosil bo‘lgan birinchi konus yoyilmalari hududi. Bu zonadagi er osti suvlari yirik donli 
shag‘al va suglinkali jinslar oralig‘ida birmuncha chuqurda yotadi. Relefning qiyaligi o‘zanlar 
bo‘ylab er osti suvlarining intensiv oqimini hosil qiladi. Minerallashuv darajasi kuchsiz. Sizot 
suvlar chuqurligi 20 m gacha joylashgan. 8. Konus yoyilmalarining o‘rta qismlari. Sizot 
suvlarining kuchsiz harakati tufayli ayrim hududlarda ularning ko‘tarilishi, tuzlar 
akkumulyasiyasi sodir bo‘lishi mumkin. Sug‘orish ta’sirida sizot suvlarning sathi 1-2 metrdan 
kamdan-kam holatlarda pastga tushadi. Tuz miqdori esa 0,5-0,9 g/l ni tashkil etadi.
9. Konus yoyilmalarining chekka periferik qismlari. Bu zona sizot suvlarning er yuzasiga 
yaqinligi bilan ajralib turadi. Sizot suvlarining sathi 1-2 metrda tuz miqdori 0,5-0,9 g/l va undan 
ortiqdir. 
10. Konuslararo pastqamliklar. Sizot suvlarning gorizontal harakati sust, drenaj holati og‘ir 
va sizot suvlari er yuzasiga yaqin joylashgan va kuchli minerallashgan. 
11. Qadimgi allyuvial tekisliklar. Bu rayondagi er osti suvlari kuchli minerallashgan va 
kuchsiz oqimga ega. Sirdaryoga yaqin qismlarida sizot suvlari oqimi biroz tezlashadi va 
qoniqarli drenaj holati hosil bo‘ladi, minerallashish darajasi esa pasayib boradi.


35 
12. Qayir va qayir usti terassalari. Allyuvial qatlamlardagi lokal holda minerallashgan 
sizot suvlariga ega. Bu zona sizot suvlarning tranzit zonasi hisoblanib, ularning sathi va 
minerallanish darajasi sug‘orma suvlarning rejimi va tashlama suvlar bilan bevosita bog‘liqdir. 
13. Qadimgi daryo o‘zanlari va pastqamliklar. Markaziy Farg‘onaning allyuvial va daryo 
o‘zanlarining qumli yotqiziqlaridan iborat va pastqam relef sharoitida sizot suvlarning er 
yuzasiga ko‘tarilishi sodir bo‘ladi, intensiv oqimga ega bo‘lmagan berk pastqamliklarda sizot 
suvlar kuchli minerallashgan va er yuzasidan 1-1,5 chuqurlikda yotadi. 
14. Qadimgi ko‘l qoldiqlari bo‘lgan cho‘kmalar. Bu rayon gidrogelogik jihatdan murakkab 
sharoitga ega. Sizot suvlarning oqimi juda sust, og‘ir drenaj holat tufayli sizot suvlar kuchli 
minerallashgan, botqoqlanish jarayonlariga moyil. 
Farg‘ona vodiysining gidrogeologik holati tog‘ oralig‘i botiqlari uchun tipik hisoblanadi. 
Uning asosiy xususiyatlaridan biri er usti va er osti suvlarining Sirdaryo orqali drenaj
qilinishidir. Artezian havzaning er osti suvlari hosil bo‘lishiga ko‘ra 2 ta genetik tipga ajratiladi. 
Birinchi tipga kiruvchi er osti suvlari Norin, Qoradaryo va Sirdaryoning quyi terassalarini tashkil 
etadi. Bu tipga kiruvchi hududning gidrogeologik holati yuqorida keltirilgan daryolarning 
gidrogelogik rejimi bilan bog‘liqdir. Qolgan barcha hududlar er osti suvlari ikkinchi genetik 
tipga kirib, quruq kontinental iqlim sharoitida, atmosfera yog‘inlarining miqdori ba’zi 
hududlarda 100 mm dan kam va bug‘lanish miqdori 2000 mm dan ortib ketadi. Bu hududlarda er 
osti suvlarining hosil bo‘lishida er usti suvlari bilan birga atmosfera yog‘inlarining ham 
ahamiyati kattadir. Gidrologik va gidrogelogik holatni belgilashda vodiy hududini tashkil etgan 
tog‘ jinslarining litologik tarkibi muhim ahamiyatga egadir. Adirlar hududidan markaziy 
Farg‘ona tomonga nishablik bilan birga litologik tarkibini yirik jinslardan asta-sekinlik bilan 
mayda jinslarga o‘zgarishi tufayli yuza va er osti suvlari uchun qiyin drenaj holati yuzaga keladi. 
Buning natijasida ayniqsa, er osti suvlarining gorizontal harakati susayib, vertikal harakat uchun 
sharoit yaratiladi. 
Farg‘ona vodiysining gidrogeologik holatiga ko‘ra O.K.Lange (1967) tomonidan 6 ta
gidrogeologik rayonga ajratiladi: 1. Janubi - g‘arbiy, 2. Janubiy, 3. Janubi-sharqiy, 4. 
SHimoli-sharqiy, 5. SHimoliy, 6. Markaziy. 
1. Janubi – g‘arbiy rayonga Farg‘ona vodiysidagi So‘x va Isfara daryolarining konus 
yoyilmalari hududlari kiradi. Konus yoyilmalari bir-biriga yaqin bo‘lib, ayniqsa, So‘x konus 
yoyilmasi Isfaranikiga qaraganda 3 marotaba katta hisoblanadi. Er osti suvlarining ta’minotida 
So‘x va Isfara daryolarining suvlari ham muhim o‘rinni egallaydi. 
2. Janubiy rayonga SHohimardon va Isfayram daryolarining egallagan havza maydonlari 
kirib, adirlar va adirlararo, adir orti tekisliklarini, konus yoyilmalarini o‘z ichiga oladi. Bu 
rayonda ham er usti suvlarini er osti suvlari to‘yinishida ahamiyati bor. 
3. Janubi-sharqiy rayonga Aravon-Oqbo‘ra daryolari havzasi kirib, bu daryolar tog‘ oldi va 
adirlar hududini kesib o‘tib, konus yoyilmalarini hosil qiladi. Ularning quyi qismlari esa 
Qoradaryoning yuqori 3-terassasiga ulanib ketadi. 
4. SHimoli-sharqiy rayonga Qoradaryo va Norin daryosi oralig‘idagi hududlar kirib, 
gidrogeologik rejimini begilashda har ikkala daryoning ham ahamiyati kattadir. Bu daryolar 
ayniqsa, sizot suvlarning rejimini boshqarib turadi. 
5. SHimoliy gidrogeologik rayon bir qancha o‘rtacha darajadagi daryolarning konus 
yoyilmalari hududini egallaydi. Bu erda Podshootasoy, Kosonsoy, G‘ovasoy, CHodaksoy 
daryolari 2 tadan konus yoyilmalariga ega bo‘lib, birinchisi adir orti cho‘kmalarida, ikkinchisi 
esa vodiyning markaziy qismiga Sirdaryo tomonga yaqin joylashgan. Konus yoilmalarining quyi 
qismlarini Sirdaryo kesib o‘tadi, o‘ng sohil tikroq bo‘lgani uchun er osti suvlari ko‘p joylarda 
buloq tarzida chiqib turadi. 
6. Markaziy gidrogeologik rayon Farg‘ona vodiysining eng pasaygan markaziy qismini 
egallaydi. Bu rayonda tabiiy suv manbalarining doimiy oqimi yo‘q. Tabiiy drenaj holati og‘ir va 
sizot suvlarining yuqorilama harakati kuchli. SHunga ko‘ra botqoqlanish, sho‘rlanish jarayonlari 
kuchli, gidrogeologik rejimga sug‘orma suvlar ham ta’sir ko‘rsatadi. 


36 
Farg‘ona vodiysida er osti suvlari er sathiga juda yaqin bo‘lgan (1-5 m) sizot suvlar 
qatlamini uning ostida esa uchlamchi davr, bo‘r va paleogen qatlamlarining oralig‘ida joylashgan 
bosimli suvlarni tashkil etadi. Uchlamchi va Bo‘r davri qatlamlaridagi er osti suvlari neft va gaz 
konlarini qidirish jarayonida topilgan. Bo‘r davri qatlamlari orasida 10 ta uchlamchi davr 
qatlamlari orasidan esa 13 ta suvli strukturalar aniqlangan. Uchlamchi davr qatlamlaridagi er osti 
suvlari CHo‘ng‘ora, YOrqo‘ton, Oqsaroy, Moylisuv antklinal strukturalaridan topilgan. O‘rtacha 
minerallashgan uchlamchi davr suvlari Izboskan, Andijon, Polvontosh antklinal strukturalaridan 
topilgan. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin