31
IV. Farg‘ona agroiqlimiy rayoni.
Ushbu rayonning shimoliy chegarasi katta Farg‘ona kanali hisoblanadi. SHarqiy chegarasi
esa Farg‘ona viloyati chegarasiga mos keladi. Janubiy va g‘arbiy chegaralar Qirg‘iziston va
Tojikiston respublikalari bilan chegaraga to‘g‘ri keladi. Bu chegara
tabiiy jihatdan Oloy
tog‘larining shimoliy etaklaridan o‘tadi. Termik resurslariga ko‘ra
issiq zonaga kirib faol
haroratlar yig‘indisi 4400° ga teng.
Qish juda yumshoq, mo‘‘tadil sovuqlar bo‘lib turadi. Mutloq minimum -28° -30° ga teng.
Absolyut minimumlar o‘rtacha ko‘rsatkichi 17° -19° ga teng. Qor qoplami hosil qiladigan kunlar
miqdori Qo‘qon agroiqlimiy rayoniga nisbatan ancha ko‘p va 28-30 kunga teng.
Barqaror qor
qoplami faqat mutloq balandligi 1500-200 m baland bo‘lgan hududlar uchun tegishlidir.
SHohimardon qishlog‘i shunday zonada joylashgan. Sovuqsiz kunlar miqdori 200-227
kunga
teng. Namlanish sharoiti boshqa rayonlarga nisbatan birmuncha ko‘proq. Yiliga o‘rtacha 172-
196 mm yog‘in yog‘adi. SHunga ko‘ra bu rayon quruq va qurg‘oqchil zonaga kiradi.
Selyaninovning gidrotermik koeffitsent shkalasi bo‘yicha, 0,18-0,37 koeffitsentga ega.
Agroiqlimiy jihatdan bu rayon dehqonchilik uchun juda qulay.
Paxtachilik,
donli ekinlar,
meva va sabzavotchilik, bog‘dorchilik va boshqa barcha tarmoqlar uchun qulaydir.
Dostları ilə paylaş: