I nazariy materiallar


-jadval  Farg‘ona vodiysida 15 m/sek va undan kuchli bo‘lgan shamollarning takrorlanishi



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43
Maruza matn (1)

4-jadval 
Farg‘ona vodiysida 15 m/sek va undan kuchli bo‘lgan shamollarning takrorlanishi 
Oylar 
Beshariq 
Qo‘qon 
Farg‘ona 
Fedchenko 
Andijon






II 





III 





IV 







28 






VI 





VII 





VIII 





IX 











XI 





XII 





Y-k 
42 
39 
23 


 
Farg‘ona vodiysining agroiqlimiy xususiyatlari 
Hududni agroiqlimiy rayonlashtirish sxemasida iqlim ko‘rsatkichlari birmuncha 
mukammal tasvirlab berilgan (1974). 
Farg‘ona vodiysining iqlimiy xususiyatlaridan kelib chiqib 0º dan yuqori va barqaror 
bo‘lgan haroratlar va vegetatsiyaning boshlanishi fevral oyining ikkinchi dekadasiga to‘g‘ri 
keladi. Kuzgi 0º haroratdan pastga qarab sovub borishi esa dekabr oyining 2-3 dekadasiga to‘g‘ri 
keladi. Havo haroratining yil davomida 0º dan yuqori bo‘lgan davri bir yilda o‘rtacha 280-310 
kunni tashkil etadi. 
Em-hashak ekinlari beda, mevali ekinlar va doimiy ekinlarning vegetatsiya davri, ya’ni 
ularning o‘sib rivojlanishini dastlabki bosqichi havo haroratining 5º li ko‘rsatkichga o‘tishi bilan 
boshlanadi. Bu bosqich Farg‘ona vodiysidagi barcha agroiqlimiy rayonlarda mart oyining 
birinchi dekadasiga to‘g‘ri keladi. Yil davomida 5º dan yuqori bo‘lgan haroratlar yig‘indisi 
Farg‘ona vodiysida 235 kundan (SHohimardon qishlog‘i) va 265 kungacha (Pop) ko‘rsatkichni 
tashkil etadi. Lekin asosiy ekinlar, jumladan madaniy ekinlarning haqiqiy vegetatsiya davri 10º 
dan yuqori haroratli kunlar boshlanishiga to‘g‘ri keladi. Ayni shu vaqt issiqsevar ekinlar 
jumladan, paxta, makkajo‘xori kabi ekinlarni ekib o‘stirish imkoniyatini beradi. 
Farg‘ona vodiysida 10º li haroratlarga o‘tishning bahorgi bosqichi SHohimardon qishlog‘i 
hududini hisobga olmaganda, mart oyining uchinchi dekadasiga to‘g‘ri keladi. Butun vodiy 
bo‘yicha harorati 10º dan yuqori bo‘lgan kunlar miqdori o‘rtacha 200-220 kunga teng. 
SHohimardon qishlog‘ida bahorgi 10º li haroratlarga o‘tish muddati aprel oyining 2-dekadasiga 
to‘g‘ri keladi va ayni shu hududda mazkur haroratli kunlarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 190 kunga 
tengdir. 
Farg‘ona vodiysining katta qismida havo haroratining 10º dan yuqori bo‘lgan termik 
resurslari aktiv haroratlar ko‘rsatkichining birmuncha kattaligi bilan ajralib turadi. Uning 
miqdori Kampirovotda – 4000º dan 4600º gacha Namangan shahridagi ko‘rsatkichni tashkil 
etadi. SHohimardon qishlog‘ida eng kam bo‘lib 3300º ni tashkil etadi. 
Farg‘ona vodiysidagi agroiqlimiy rayonlarda o‘ziga xos geografik joylashuv, hududning 
orografik tuzilishi, tog‘ tizmalari bilan o‘ralganligi va ularning ekspozitsiyasidagi tafovutlar 
havo oqimlarini kirib kelishida va atmosfera yog‘inlarini hosil bo‘lishida muhim omil 
hisoblanadi va shu omillar agroiqlimiy rayonlarning vegetatsiya davridagi namlik bilan 
ta’minlanishiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. 
Farg‘ona vodiysi uchun yog‘adigan ko‘p yillik yog‘inlarning o‘rtacha miqdori cho‘l 
hududlari uchun xos hisoblanadi. Uning o‘rtacha ko‘rsatkichi o‘rtacha 85-120 mm ga teng. 
SHuning bilan birga yoz oylaridagi yuqori haroratli kunlarning uzoq davom etishi tufayli 
agroiqlimiy rayonlarining namlik bilan tog‘ ta’minlanishi ko‘rsatkichi ham pasayib ketadi. 
Farg‘ona vodiysida yog‘in-sochin miqdorining g‘arbdan sharqqa qarab ortib borishi 
vodiyning orografik imkoniyatlaridan kelib chiqadi. YA’ni Farg‘ona tizmasining havo 
oqimlariga ro‘para kelishi natijasida yog‘in miqdori keskin ortadi va 800 m balandliklarda 
yog‘in miqdori 500 mm ga etadi. Yilning yog‘in-sochin miqdorining umumiy ko‘rsatkichiga 
nisbatan vegetatsiya davridagi miqdori uncha katta emas. Masalan, bahorgi va kuzning 
boshlaridagi yog‘in miqdori yilning yog‘inning 10-15 % ni tashkil etadi xolos. Kuzgi, qishki, 
bahorgi yog‘inlar esa yillik yog‘inning 85-90 % ni tashkil etadi. SHunga ko‘ra qishloq xo‘jaligi 


29 
rayonlarining tuproqlari vegetatsiya davri uchun zarur bo‘lgan namlikni to‘playdi. Lekin bu 
namlikning katta qismi bug‘lanishga sarflanadi. Vegetatsiya davridagi yog‘inlar miqdori yillik 
yog‘inning 40 % ni yoki 186 mm ni tashkil etadi. 
Agroiqlimiy rayonlarga tushgan yog‘inlar ko‘rsatkichi hudud bo‘yicha namlikning kirimini 
tashkil etadi va shunday holatda ham namlik bilan ta’minlanishda to‘liq asos bo‘la olmaydi. 
CHunki, namlikning kirim qismi bilan birga chiqim qismi ham bo‘lib, uni bug‘lanish va harorat 
va shamollar ko‘rsatkichi bilan ham qiyosiy baholanadi. 
SHunga ko‘ra Farg‘ona vodiysining katta hududlarida yozgi mavsum davomida havo 
namligining etishmasligida katta farqlar yuzaga keladi. Ayni shu vaqtda haroratning yuqoriligi 
tufayli tuproq yuzasini bug‘lanishi butun vegetatsiya davrida 1100-1400 mm ni tashkil etadi. 
SHunga ko‘ra butun hududda vegetatsiya davridagi bug‘lanish miqdori yog‘adigan yog‘inlar 
miqdoriga nisbatan ancha ortadi. Qo‘qon va Beshariqda bu ko‘rsatkich 25-30 marotaba ortadi. 
O‘rtacha olganda esa butun hududda bug‘lanish ko‘rsatkichi yog‘inlarga nisbatan 15-20 
marotaba ortadi. Ayni bug‘lanish ko‘rsatkichi yuqori hududlarda bug‘lanishga harorat bilan 
birgalikda shamollar ham ta’sir ko‘rsatadi. 
Agroiqlimiy rayonlarda namlik ko‘rsatkichini tahlil etishda bug‘lanish va yog‘inlar 
miqdorini qiyosiy tahliliga asoslangan qator tadqiqotlar mavjud. SHunday tadqiqotlardan biri 
hududni namlanish koeffitsenti hisoblanadi. Bunda yillik yog‘in miqdoriga nisbatan shu 
vaqtdagi namlik defitsiti hisobga olinadi. 
Agroiqlimiy hududlarning namlanish koeffitsentini aniqlashda Selyaninovning gidrotermin 
koeffitsenti (GTK) ham qo‘llaniladi. Bunda yillik yog‘in miqdorini ijobiy haroratlar yig‘indisiga 
nisbatan butun vegetatsiya davri uchun 10 marotaba kichraytirib olinadi. 
L.N.Babushkin klassifikatsiyasi bo‘yicha Farg‘ona vodiysi hududi (tekislik qismi) mutlaqo 
quruq va juda quruq zonaga ajratiladi. GTK bu erda 0,08-0,2 gacha, namlanish koeffitsenti esa 
0,02 dan 0,05 gachani tashkil etadi. Bu erda shunga ko‘ra tabiiy namlik etarli emas. SHuning 
uchun dehqonchilik faqat sug‘orish asosida tashkil etiladi.
Farg‘ona vodiysining tog‘oldi va adirlar hududi lalmikorlik asosida boshoqli ekinlarni ekib 
o‘stirish imkoniyatiga ega hisoblanadi. Bu jihatdan ancha yaxshi bo‘lgan sharoitga Farg‘ona 
tizmasining tog‘oldi hududlari kiradi va bu erda 600-800 m balandlikda tabiiy namlik bilan 
ta’minlanish 75-90 % ni tashkil etadi. 
Farg‘ona vodiysidagi agroiqlimiy rayonlar umumiy jihatlari bir xil bo‘lsa-da, o‘ziga xos 
xususiyatlarga ham egadirlar. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin