I nazariy materiallar


-mavzu: Farg‘ona vodiysining iqlimi



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
Maruza matn (1)

4-mavzu: Farg‘ona vodiysining iqlimi 
 
Farg‘ona vodiysining iqlimi O‘rta Osiyo uchun xos bo‘lgan barcha xususiyatlarni namoyon 
qiladi. SHuning bilan birga hududning iqlimini zonal va azonal, mahalliy omillar belgilab beradi. 
Quyida Farg‘ona vodiysi iqlimining hosil bo‘lishidagi asosiy omillarni va iqlimiy xususiyatlarini 
tavsiflab beramiz. 
Farg‘ona vodiysi iqlimini shakllanishdagi asosiy omillar
Farg‘ona vodiysining iqlimi va uning hosil bo‘lishi juda ko‘p omillarga bog‘liqdir. Birinchi 
va muhim omil uning geografik o‘rni, orografik tuzilishi bo‘lib, unga ko‘ra cho‘l va chala cho‘l 
(dasht) zonalarining iqlimi xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Orografik jihatdan deyarli barcha 
tomonlari tog‘lar bilan o‘ralganligi uchun havo oqimlarining qarshiliksiz kirib kelish imkoniyati 
pasayadi. Baland tog‘lar havo oqimlarini vodiyga kirib kelishini kamaytirsa-da, g‘arb tomondan 
Xo‘jand darvozasi orqali Mirzacho‘l vohasidan havo oqimlarining Farg‘ona vodiysiga kirib 
kelishi sodir bo‘ladi. 
Farg‘ona vodiysiga, ayniqsa, qish oylari kirib keluvchi havo massalari tog‘ yonbag‘irlari 
bo‘ylab vodiy markazi tomon tushib kelganda yanada sovib bir qancha muddat turib qoladi va 
havo haroratining keskin pasayishi kuzatiladi. 
Farg‘ona vodiysining iqlimini hosil bo‘lishida shimoldan kirib keluvchi sovuq Akrtika 
havo oqimlari, Sibir antitsikloni ishtirok etib asosan yilning sovuq (kuz va qish) oylarida 
birmuncha faollashadi. Bunday havo oqimlari kirib kelganda bir necha kun davomida havoning 
harorati keskin sovub ketadi.
Yilning issiq oylarida esa janubdan kirib kelgan tropik havo oqimlari bilan O‘rta Osiyo 
hududi ustida shakllanadigan mo‘‘tadil kontinental havo oqimlari faoliyat ko‘rsatadi. Bunday 
holatda esa havo harorati ko‘tarilib, butun vodiy ustida barqaror issiq havo shakllanadi. Tropik 
havo oqimlari ba’zan bahor va qish oylarida ham kirib kelib, qisqa vaqt (bir necha kun) 
davomida havo haroratini ko‘tarilishiga olib keladi. 
O‘rta Osiyo va respublikamiz hududiga G‘arbdan kirib keluvchi siklonlar Farg‘ona 
vodiysiga ham nam havo oqimlarini olib keladi. siklonlar faoliyati Farg‘ona vodiysida ham 
bahor va kuz oylarida yaqqolroq, namoyon bo‘ladi va asosiy yog‘inlarni hosil qiladi.
Farg‘ona vodiysi iqlimini hosil bo‘lishida hududning orografik tuzilishi bilan bog‘liq 
mahalliy havo oqimlarining sirkulyasiyasi ham ishtirok etadi. Ayniqsa, tog‘ vodiy shamollari 
kunduzi vodiyga tomon kechasi esa tog‘ yonbag‘irlari bo‘ylab ko‘tarilib vertikal inversiyani 
yuzaga keltiradi. Tog‘ vodiy shamollari ko‘proq yilning issiq vaqtlarida faollashadi. 
Farg‘ona vodiysining radiatsion rejimi quyoshning gorizontga nisbatan balandligiga
havoning kam bulutliligiga bog‘liqdir. 
Farg‘ona vodiysida yillik yalpi radiatsiya miqdori o‘rtacha 140 k.kal.sm
2
dan ortadi.
Farg‘ona vodiysining radiatsiya rejimida yil fasllari va orografik holatning hududiy 
tafovutlari mavjud. Bulutlilik holati ham radiatsiya rejimida ishtirok etib, g‘arbdan sharqqa va 


26 
vodiy markazidan atrofga tomon ortib boradi. Bulutli kunlar vodiyning G‘arbida 60 kun, 
markazida 80 kun, Oloy, Farg‘ona va CHotqol tizmalarida 100-110 kungacha etadi. 
Farg‘ona vodiysida havo harorati va uning hududiy taqsimlanishida geomorfologik omillar 
muhim rol o‘ynaydi. Balandlik ortishi bilan havoning harorati asta-sekin pasayib boradi. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin