Tog‘lar relefi Farg‘ona vodiysini atrofdan o‘rab olgan tog‘lar G‘arbiy Tyan-SHan tarkibidagi birinchi
tartibli alp strukturasi elementlari bo‘lib, ular megaantklinoriy va megasinklinoriylardan tashkil
topgan. Tog‘li hududlarning birlamchi relefi paleozoy erasidagi gersen orogenezida qadimgi
strukturalar sifatida shakllandi. Mezozoy erasiga kelib birlamchi relef shakllari kuchli
denudatsiya jarayonlari tufayli emirilib ketdi. Kaynozoy erasining alp orogenezi yangi tektonik
harakatlar sifatida paleogenning oxiri va neogen davrlarida sodir bo‘lib denudatsiya tufayli
emirilib ketgan tog‘li hududlar relefini qaytadan shakllantirdi. SHuning bilan birga tog‘li
hududlarning relefi daryo va soyliklarning faoliyati tufayli qayta ishlanib, chuqur erozion
vodiylar hosil bo‘ldi.
Farg‘ona vodiysini tog‘li hududlari ham o‘rta va baland tog‘larning gipsometrik jihatdan
muayli tafovutlarini hosil qiladi. Bu tafovutlar ularning orografiyasida pog‘onali xususiyatlarni
hosil qiladi (kesmaga qaralsin).
Farg‘ona vodiysini janubdan va janubi-g‘arb tomondan Oloy va Turkiston tog‘lari
shimoldan va shimoli-g‘arbdan Qurama va CHotqol tizmalari, sharqdan va shimoli-sharqdan
Farg‘ona va Sumsar tizmalari o‘rab turadi. Bu tog‘lar G‘arbiy Tyan-shan tog‘lar tizimiga kirib
Farg‘ona vodiysini deyarli berk kotlovina holatini keltirib chiqaradi. Farg‘ona vodiysini o‘rab
olgan tog‘lar tarkibida uning janubiy va janubi-g‘arbiy qismida joylashgan. Oloy va Turkiston
tog‘lari mutloq balandliklari bo‘yicha baland tog‘lar o‘rtacha, balandlikdagi tog‘lar (2000-3000
m)ga ajralib turadi. SHunga ko‘ra bu erda tog‘li hududlar: baland tog‘lar, o‘rtacha balandlikdagi
tog‘lar va old tizmalar ajratiladi. Farg‘ona vodiysini janubi-g‘arbdan o‘rab olgan tog‘lar
Xo‘jabaqirgansoy daryosidan to Oqbo‘ra daryosigacha bo‘lgan hududlarni egallaydi.
Baland tog‘lar antiklinal strukturalarning baland ko‘tarilmalarini, suvayrgich qismlarini
tashkil etadi.
Ularning maksimal balandligi 4000 m dan ortadi. Bu erda daryo va muzliklar hosil qilgan
erozion-denudatsion relef ko‘rinishlari ham uchraydi va ularni gletsial, gletsial-erozion va
denudatsion yuzalar tashkil etadi. SHuningdek, baland tog‘li qismi relefida karlar, troglar,
sirklar kabi muzlik morfoskulptura shakllari uchraydi.
Litologik tarkibiga ko‘ra sillur va devon davrining ohaktoshli, qumtoshli, slanetsli,
dolomitli va konglomeratli jinslaridan tashkil topgan.