16
Adir orti cho‘kmalari ham shimoliy Farg‘onadagi alyuvial prolyuvial tekisliklar tarkibiga
kirib ularning asosini tektonik bukilmalar tashkil etadi.
Asht-Bobodarxon adir orti cho‘kmasining janubiy tomonidan Supatog‘ massivi o‘rab
turadi. SHimoliy qismini esa qadimgi to‘rtlamchi davr konglomeratlaridan ibora ko‘tarilmalar
chegaralaydi. CHo‘kmaning litologik tarkibini shag‘alli jinslar, janubiy qismida esa shag‘alli
jinslar ustini lyoss va lyossimon suglinkalar qoplab olgan. Asht-Bobodarxon cho‘kmasi g‘arbiy
yo‘nalishda davom etib Oqbel tizmasi etaklarigacha bo‘lgan hududda Samgar cho‘kmasi nomini
oladi. Bu cho‘kma Qoramozor soyligining usti lyossimon suglinkalar qoplab olgan konussimon
yoyilmasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: