I nazariy materiallar


Sulukta – Qatrontog‘ antiklinal zonasi



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Maruza matn (1)

Sulukta – Qatrontog‘ antiklinal zonasi.
Bu zona Farg‘ona depressiyasining janub 
tomonida murakkab struktura hosil qilib joylashgan. Har ikkala struktura bitta tektonik chiziqda 
joylashgan bo‘lib ularning litologik tarkibini mezozoy va uchlamchi davrning yotqiziqlari tashkil 
etadi. Lekin Haydarkon shahri meridiani yaqinida birmuncha qadimgi jinslar ya’ni, paleozoy 
jinslari antiklinal strukturalarning asosiy qismini tashkil etadi. Bu erdagi Sulukta strukturasi 
Qayraqtosh strukturasidan murakkab bo‘lib, uning tarkibini paleozoydan tashqari mezozoy (bor, 
yura) jinslari ham tashkil etadi. 
Sulukta antiklinal strukturasi janubda Laylak sinklinal tektonik strukturasi bilan 
to‘qnashadi. 


11 
Qoratog‘ – Qorachatir antiklinal zonasi.
Bu antiklinal struktura deyarli kenglik 
yo‘nalishi bo‘yicha joylashgan bo‘lib 2 ta murakkab tuzilishdagi antiklinal strukturalardan 
iborat. Qoratog‘ va G‘o‘zon antiklinoriysidan tuzilgan, ularni yadro qismini paleozoy 
strukturalari egallaydi. Undan sharqroqda So‘x – CHimyon antiklinal strukturalari joylashgan. 
Mazkur tektonik zona o‘zining tektonik rivojlanishida murakkab yo‘lni boshdan kechirgan. Buni 
uning tarkibidagi qatlamlarning betartib joylashganligidan ko‘rish mumkin. Qoratog‘ – 
Qorachatir antiklinal zonasi bir qancha tarmoqdan iborat va ular quyidagilardan iborat: 
G‘arbiy tarmoq. 
Mazkur tektonik tarmoqni tektonik xususiyatlarini juda ko‘p tadqiqotchilar o‘rganib, 
tegishli 
xulosalarni 
qilganlar. 
Jumladan, 
K.P.Kalinskiy, 
V.N.Veber 
(1934, 
1937); 
N.P.Vasilkovskiy 1939, S.S.SHuls 1948, R.I.Grachyov 1946, O.A.Rijkov (1947)lar va bevosita 
burmalash ishlarini amalga oshirgan B.B.Tal – Virskiy, I.S.Vasilkovskiy (1955, 1956), Tal-
Virskiy (1947)larning ma’lumotlari ayniqsa muhimdir. 
G‘arbiy tarmoqni tashkil qilgan Qoratog‘ – Qorachatir antiklinal zonasining Qayroqtog‘ 
ko‘tarilmasi Konibodom shahridan janubi-g‘arbda joylashgan bo‘lib, uning paleozoy yadrosi 
uzunligi 35 km ni tashkil qiladi. 
SHarqiy qismida antiklinal struktura ikki qismga tarmoqlanadi. Har ikkalasini yadrosi 
paleozoy jinslari yotadi. G‘o‘zon antiklinal strukturasini tarkibi Qoratog‘ antiklinal zonasi 
strukturasiga o‘xshaydi. G‘o‘zon antiklinali ham 2 ta ko‘tarilmadan iborat: G‘arbiy qismi Isfara, 
sharqiy qismi G‘o‘zon antiklinali deb nomlanadi. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin