23
Farg‘ona vodiysida inson xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq
relef formalarining er usti
ko‘rinishlari katta maydonlar hosil qilmaydi.
Farg‘ona vodiysida tarqalgan antropogen relef tiplarini alohida tahlil qilamiz.
1.
Meliorativ relef. Farg‘ona vodiysida erlarni meliorativ holatini yaxshilash maqsadida
olib borilgan qurilish melioratsiyasi tadbirlari er yuzasi relefini kuchli parchalab yuborgan. Ular
asosan kollektor va zovur tipidagi qurilmalar bo‘lib, chuqurligi 3-5 ba’zan 6 m gacha, kengligi 5
m dan 10-15 m gacha boradi. Farg‘ona vodiysidagi bunday zovurlarning uzunligi o‘rtacha 69,3
pogon metr gektar bo‘lib, Farg‘ona viloyatida 100 pog/m gektar, Andijon viloyatida 66,3 pog/m
gektar va Namangan viloyatida 42 pog/m gektarga teng.
Sug‘orish kanallarining kengligi o‘rtacha 12 m ga teng. Katta Farg‘ona kanali esa 15-20 m
ga teng bo‘lib, o‘rtacha chuqurligi 2,5-4 m ga etadi.
Farg‘ona vodiysida olib borilgan meliorativ sug‘orish tadbirlari demak sug‘oriladigan
maydonlarda relefning kuchli parchalanishiga va o‘ziga xos meliorativ relef ko‘rinishlarini hosil
bo‘lishiga olib keladi. Kanal va zovur chetlarida ham balandligi 5-6 m eni ham 6-8 m li
tepaliklar hosil bo‘ladi. Keyingi yillarda bunday do‘nglarni katta qismini g‘isht quyuvchilar
tomonidan o‘zlashtirib yuborilmoqda. Meliorativ tadbirlar tufayli juda katta miqdorda tuproq
grunt hosil qilinmoqda va ularning umumiy massasi 200 mln.t. dan ham ortib ketadi.
Sug‘orish tizimlari tufayli hosil bo‘lgan relef shakllari meliorativ relef ko‘rinishlari bo‘lib,
vaqtlar o‘tishi bilan bunday hududlarda ham dinamik jarayonlar sodir bo‘ladi. Zovur va tashlama
ariqlar qirg‘oqlarining o‘pirilishi, emirilishi, tashlama suvlar tufayli o‘pirilishi,
kollektor va
zovurlarni vaqt o‘tishi bilan loyqaga to‘lib qolishi kabi holatlar salbiy dinamik jarayonlarni
keltirib chiqaradi. Meliorativ relef formalari Farg‘ona vodiysining markaziy tekislik qismida
katta maydonlarni egallaydi. Ayniqsa, markaziy Farg‘onada kollektor – zovur tarmoqlarining
zich tizimi joylashgan va relefni sun’iy parchalanganlik darajasi yuqoridir.
2.
Karer relef tipi. Bunday relef tipi Farg‘ona vodiysida adirlar hududida keng tarqalgan.
Bunday joylar qurilish karerlari bo‘lib, qurilish materiali sifatida tosh shag‘al, qum va soz
tuproqni olib ketilishi tufayli hosil bo‘ladi. Ayniqsa, tosh shag‘alli
adirlar hududida, keng
soylarning o‘zanlari va qayirlarida katta-katta karerlar hosil qilinmoqda. Bunday relef tiplarini
F.N.Milkov (1973), karer otval tipdagi landshaftlar deb nomlaydi. Karer relefi keyingi yillarda
shaharlar yaqinidagi adirlar hududida ham hosil bo‘lmoqda. Masalan, Farg‘ona shahri yaqinidagi
Satkak, Oqbilol, Qo‘rg‘ontepa, Oltiariq adirlari, Qo‘chqorchi adirlari,
Namangan shahri
yaqinidagi adirlar Andijon shahri yaqinida joylashgan adirlar ham tuproq – shag‘al karerlariga
aylantirilgan va ularni rekultivatsiya qilish esa amalga oshirilgani yo‘q.
Karer relef tipi texnogen tusdagi salbiy relef turlarini hosil qiladi va uning qazilmalar turi
bilan bog‘liq bir qancha ko‘rinishlar ifodalanadi. Bunday relef tiplari lokal holatda tarqalganligi
bilan ajralib turadi.
3.
Terrasalangan relef. Bunday antropogen relef ko‘rinishlari Farg‘ona vodiysida adirlar va
tog‘ oldi hududlarida assoan o‘zlashtirish va sug‘orib dehqonchilik qilish uchun sun’iy tarzda
hosil qilingandir. Adirlar yonbag‘ri bo‘ylab yassi cho‘zilgan zinapoyasimon terrasalar hosil
qilinadi va ekinlar ekiladi. Dastlabki bunday terrasalarni 1891 yillarda So‘x daryosi vodiysidagi
xushyor massivida va SHohimardon qishlog‘i atroflarida qurilganligini Dunin Barkovskiy (1976)
ham ta’kidlab o‘tgan. Terrasalangan relefli hududlarning relefidagi keyingi o‘zgarishlar ekinlar
turiga va sug‘orish uslubiga bog‘liq bo‘ladi.
Asosan mevachilik, bog‘dorchilik xo‘jaligi tashkil
etiladi va ekinlar suvga nisbatan kam talab qilishi ko‘zda tutiladi. Bunday terrasalangan relef
ko‘rinishlarini Arsif adirlarida, Marhamat-Polvontosh adirlarida, Andijon adirlarida Bog‘ishamol
oromgohida, Namangan shahri yaqinida Mingchinor massivida, CHortoq adirlarida uchratamiz.
Terrasalangan relefli hududlarini adirlar zonasini o‘zlashtirib tashkil etish va rekratsion hududlar
yaratish tajribasi Farg‘ona vodiysida ko‘payib bormoqda. Avval, Arsif, Satkak, Bog‘ishamol,
CHimyon, CHortoq oromgohlari shunday relef ko‘rinishlari asosida yaratilgan.
Terrasalangan relefli hududlarni hosil qilish baland dovonli,
adirli va katta tepaliklar,
tog‘liklar bor bo‘lgan joylardan avtomobil yo‘llarini o‘tkazishda ham amalga oshirilmoqda.
24
Farg‘onadan to Toshkent shahriga o‘tkazilgan dovon orqali o‘tgan yo‘lning baland qismlarida
terrasalar, tunellar, sun’iy ko‘tarilmalar, ko‘priklar hosil qilinib, aylanma yo‘llar qurilgan va
bunday hududlar transport qatnovida muhim ahamiyatga ega. Agarda terrasalangan hududlardan
qurilishda sug‘orib dehqonchilik qilishda noto‘g‘ri foydalanilsa, yonbag‘ir bo‘ylab o‘pirilmalar,
surilmalar, karst, o‘pqonlar hosil bo‘lishi mumkin va bu albatta sug‘oriladigan
hududlarda
suvdan foydalanish uslublariga bog‘liq bo‘lsa, yo‘llarda esa avtomobil hosil qilgan texnogen
yuklama va tuproq gruntning zichlik xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi.
4.
Tekislangan relef. Erlarni tekislash, do‘ng qumlarni surish, relefni barqarorlashtirish
tadbirlarini rejalashtirish orqali amalga oshiriladi. Erlarni tekislash
jarayonida relefning
mikroformalari o‘zgaradi, tekislanadi va foydalanish uchun optimal holatga etkazadi. Jarlik
relefining hosil bo‘lishi o‘ta tez sodir bo‘luvchi dinamik jarayon hisoblanib, qiyalik ortishi bilan
yanada tezroq yuzaga kelishi mumkin.
Suffozion karst (o‘pqon) relefi. Bunday relef shakllarining hosil bo‘lishida ham antropogen
omillar sabab bo‘ladi. Ayniqsa, adirlar hududida o‘zlashtirilgan erlardagi sug‘oriladigan
maydonlarda engil va yuviluvchi tuzli qatlamlar sug‘orish uchun keltirilgan suvlar orqai erib,
pastga tusha boshlaydi va yuza qatlam o‘pirilib, karst hosil bo‘ladi. Karst (o‘pqon)ning diametri
1,52 m dan 5-6 m gacha, chuqurligi 1 m 4-5 m ga etadi.
5.
Qoldiq (pedament) relef shakllari. Bunday relef shakllari Farg‘ona vodiysida qadimdan
aholi yashab kelgan hududlar, arxeologik yodgorliklar,
qadimgi inshootlar xarobalar,
(tepaliklar)dan iborat bo‘lib, inson tomonadan yaratilgan relefning qoldiq ko‘rinishlari
hisoblanadi. Bunday qoldiq antropogen relef shakllari Farg‘ona vodiysida qadimgi shaharlar,
o‘rinlarida hosil bo‘lgan. Marhamatdagi (Erish) Quva, Axsikent, Mo‘nchoqtepa, Qoravultepa,
Mingtepa, Oqtepa, Zindontepa kabi qadimgi aholi manzilgohlari va ularning vayron bo‘lgan
qismlarida bunday pediment relef shakllari uchraydi. Bunday hududlar bir necha ming yillik
tarixga ega bo‘lgan madaniy qatlamlarning borligi bilan ajralib turadi.
Farg‘ona vodiysidagi relef hosil bo‘lish jarayonlarini tahlil
qilish tufayli aytish joizki,
relefning hosil bo‘lishi va o‘zgarishida antropogen faoliyat bilan tabiiy geografik jarayonlar
mutanosibligi yuzaga keladi. Bunga adirlar va tog‘oldi hududlarida sodir bo‘layotgan yonbag‘ir
dinamik jarayonlarini misol qilishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: