I nazariy materiallar



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
Maruza matn (1)

Jarlik relefi
Farg‘ona vodiysida eng keng tarqalgan salbiy relef shakllaridan hisoblanib
ularning hosil bo‘lishi relefning muayyan qiyaligi, sug‘orish jarayonlari va suv manbalarining 
faoliyati bilan bog‘liqdir. 
Farg‘ona vodiysining o‘rta tog‘ qismlari, tog‘oldi qiya tekisliklar, adirlar hududi jarlanish 
jarayoniga keng tortilgan hududlar hisoblanadi. 
Jarlanish hodisasi qisqa vaqt (bir necha yil) ichida yuzaga kelib, uning intensivligi 
antropogen omillarning intensivligi bilan bog‘liqdir. Bu jarayon ko‘pincha yonbag‘irlarning 
yalpi yoki bo‘ylama holatda yuvilishi, tekisliklarda o‘zan bo‘ylab soyliklar va kollektar zovurlar 
qirg‘oqlarining o‘pirilishi, o‘zanning chuqurlashuvi bilan bog‘liqdir. Ayniqsa, adirlarning 
litologik tarkibidagi suvda tez eriydigan gipsli qatlamlar, yuvilishga moyil lyossli qatlamlarning 
bo‘lishi muntazam bo‘lmagan sug‘orish sharoitida ham jarliklarni hosil bo‘lishiga olib keladi. 
Isoqov V.YU. (2010 y) ning ma’lumotiga ko‘ra janubiy Farg‘ona adirlarining 150 ming 
gektardan ortiq maydoni jarlanish, suffoziya kabi salbiy jarayonlarga tortilgan. Jarlanish va yuza 
yuvilishi jarayonlari yonbag‘ir jarayonlari sifatida relefning qiyalik darajasiga ham ko‘p jihatdan 
bog‘liq bo‘ladi. V.L.SHuls (1969)ning ma’lumotiga ko‘ra Farg‘ona vodiysining SHimoliy 
yonbag‘irlaridan yuvilish intensivligi o‘rtacha 200 t.km.kv ni, janubiy yonbag‘irlarida esa 900 
t.km.kv ni tashkil etadi. Bu holat albatta yonbag‘irlarning ekspozitsiyasiga, yog‘in-sochin 
intensivligiga, o‘simliklar bilan qoplanganlik darajasiga va hozirgi kunda albatta sug‘orish 
rejimiga, ekinlar turiga bog‘liqdir. 
A.Qozoqov (1983)ning ma’lumotlariga ko‘ra Namangan viloyati hududida joylashgan 
baland adirlarning 60-65 % maydonlari jarlik eroziyasiga tortilgan. Jarlik relefi salbiy relef 
ko‘rinishlarini hosil qilish bilan birga qishloq xo‘jaligida, tansport yo‘llari tizimida juda katta 
iqtisodiy zarar keltirib chiqaradi. SHunga ko‘ra ularni kelib chiqishini va rivojlanish 


25 
jarayonlarini o‘rganish, jarlanish hodisasini oldini olish, ularni o‘sishdan to‘xtatish juda katta 
iqtisodiy samara keltiradi. 
Respublikamizda jarliklarning hosil bo‘lishi, ularning hududiy tarqalishi, rivojlanishi
uning salbiy oqibatlarini o‘rganish va bartaraf etishga qaratilgan qator tadqiqotlar amalga 
oshirilgan. Bularning ichida V.B.Gussak, X.M.Maqsudov (1968), T.S.Muxamedov (1973), 
A.A.Xonazarov (1983), X.M.Maxsurov (1989), A.N.Nigmatov (2005)larning olib borgan 
tadqiqotlari muhim ahamiyatga egadir. 
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra jarlanish hodisasini oldini olishda joyning relef 
xususiyatlarini, jinslarning litologik tarkibini, qiyalik darajalarini hisobga olish, sug‘orish 
uslublari va ekin turlarini to‘g‘ri tanlash orqali samarali natijalarga erishish mumkin. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin