Farg‘ona vodiysi iqlimidagi ayrim o‘zgarishlar Hozirgi kunga kelib dunyo bo‘yicha global muammolardan biri iqlim o‘zgarishlari
hisoblanadi. Atmosfera havosida SO
2
konsentratsiyasining ortishi bilan bog‘liq bo‘lgan mazkur
muammo respublikamiz va xususan Farg‘ona vodiysini ham chetlab o‘tgani yo‘q.
O‘tgan asrda qilingan hisob kitoblar 100 yil ichida havoning o‘rtacha harorati dunyo
bo‘yicha +0,2-0,6°S ga ko‘tarilganligi isbotlab berdi. Lekin shuni aytish joizki, o‘rganilgan
muddat davomida havo haroratining dinamik o‘zgarishi muttasil jarayonlarni tashkil qilmagan va
bir qancha iqlimiy anamaliya (tebranish) lar ro‘y bergan. Masalan, 1910-1945 yillarda iqlimning
isishi, 1946-1975 yillardagi havo haroratining biroz pasayishi, 1976 yillardan boshlab esa isib
borishi kuzatilgan.
Farg‘ona vodiysi bo‘yicha o‘rganilgan ma’lumotlarga qaraganda o‘tgan asrga nisbatan
1970-2000 yillarda iqlimiy anamaliyalar kuzatilgan. Qo‘qon va Farg‘ona meteostansiyalarida
havo haroratining ko‘tarilishi va Andijon, Quva, Namangan, Pop meteorologik stansiyalarida
mart, may, iyul, avgust, sentyabr, oktyabr oylarida o‘rtacha oylik havo haroratlarining pasayishi
kuzatilgan. Noyabr, yanvar oylarida aksincha ko‘tarilgan.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Farg‘ona vodiysida yillik o‘rtacha oylik havo
harorati biroz ko‘tarilgan.
O‘rtacha maksimal va minimal havo haroratlarida ham ayrim o‘zgarishlar sodir bo‘lgan.
O‘rtacha maksimal oylik havo harorati 1881-1980 yillarga nisbatan 1971-2000 yillarda
Qo‘qon meteorologik stansiyasida noyabr-fevraldan tashqari barcha oylarda pasaygan. Farg‘ona
meteostansiyasida oktyabr oyidan tashqari barcha oylarda ko‘tarilish kuzatilgan. Qo‘qon va
Andijon meteorologik stansiyalarida maksimal oylik havo harorati -0,1 va -1°S miqdorda
pasayish kuzatilgan. SHuningdek, Popda – 0,6, Namanganda -0,2, Quvada -0,2°S miqdorida
ko‘tarilishi kuzatilgan.
O‘rtacha minimal yillik haroratlar ko‘rsatkichlari esa barcha meteorologik stansiyalarda
ko‘tarilgan.
Global iqlim isishining Farg‘ona vodiysidagi yog‘inlar miqdoriga ta’siri uning barcha
hududlarida bir xilda bo‘lmaganligini ko‘rsatib beradi. 1891-1980 yillarga nisbatan 1971-2000
yilda yillik yog‘in miqdoridagi farq Farg‘onada -0,6, Quvada – 0,5 mm ga ortganligi holda
Andijonda 27,9, Namanganda 4,8 mm ga kamayganligi kuzatildi. Umuman Farg‘ona
vodiysining janubiy hududlari uchun yog‘in miqdorining kam o‘zgarganligi, shimoliy
hududlarda biroz kamroq va sharqiy hududlarida sezilarli darajada kamayganligi qayd etilgan.
YUqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Farg‘ona vodiysida global isish
davrida sodir bo‘ladigan iqlimiy o‘zgarishlar regional qonuniyatlarga nisbatan mahalliy
omillarga qarab rivojlanib boradi.