12
Eng chekka g‘arbiy antiklinal Nayman-Achisoy strukturasida Nayman antiklinali
joylashgan. Tolmozor antiklinal strukturasining uzunligi 17 km, eni 2-4,5 km gacha cho‘zilgan.
Tolmozor antiklinal strukturasidan janubda Nayman strukturasi joylashgan. Uning tashqi qismini
Baktriya va So‘x yotqiziqlari tashkil etadi. Uning ichki strukturasini quyi bo‘r davri yotqiziqlari
tashkil etadi.
Nayman strukturasining Janubiy qanoti bir muncha tik Karkidon
strukturasi hisoblanadi,
uning asosiy qismini So‘x yotqiziqlari tashkil qiladi.
Polvontosh antiklinal strukturasidan sharqda Andijon strukturasi, shimoliy sharqida
Andijon braxiantiklinali joylashgan. Andijon braxiantiklinal strukturasi ham juda murakkab
tuzilishga ega. Struktura markazida baktriya yotqiziqlaridan, kamroq massaget,
chekka
qismlarida so‘x yotqiziqlaridan tashkil topgan. Antiklinal strukturaning uzunligi 20 km ni, eni 6
km ni tashkil etadi.
SHaxrixon antiklinal strukturasi kenglik yo‘nalishi bo‘yicha joylashgan bo‘lib, uning quyi
qismidan yuqori qismigacha Baktriya yotqiziqlari, chekka qismlarida esa So‘x yotqiziqlari
joylashgan.
Samgar antiklinal zonasi.
Samgar antiklinal zonasi N.P.Vasilkovskiy (1935, 1941), V.N.Ognev (1937), S.S.SHuls
(1948), A.I.Suvorov (1954)lar tomonidan atroflicha o‘rganilgan.
Ushbu zona Farg‘ona depressiyasining shimoliy qismida joylashgan va janubi-g‘arbdan
shimoli-sharqqa tomon cho‘zilgan. Antiklinal zona sharqda Namangan ko‘tarilmasi va g‘arbda
Digmay ko‘tarilmasi bilan tugaydi.
Samgar antiklinal zonasi Qurama tizmalaridan SHaydon-Peshqo‘rg‘on sinklinal zonasi
orqali ajralib turadi. Janubda Qo‘qon sinklinali bilan ajralib turadi. Bu zona Farg‘ona
depressiyasining bir muncha bukilgan qismi bo‘lib, uning zaminida 8-8,5 km li qoplama
yotqiziqlari bilan birga 10 km qalinlikkacha boruvchi jinslar bilan qoplangan.
Antiklinal zona xududida qadimgi jinslar ochilib qolgan joylarda massaget jinslari er
yuzasiga chiqib yotadi. Ularni tarkibida tuzli-gipsli qatlamlar ham uchraydi.
Baktriya
yotqiziqlari ko‘proq terrigen jinslardan tashkil topgan, uning markaziy qismida so‘x yotqiziqlari
uchraydi, massaget qatlamlari bu erda 3,7 km gacha baktriya qatlamlari esa 4 km qalinlikka
etadi.
Antiklinal zonaning chekka g‘arbiy burmasi Digmay braxiantiklinali hisoblanadi. Uning
yuza qismini to‘rtlamchi davr jinslari qoplab olgan. Antiklinal zonaning yadrosida gipsli
qatlamlar bo‘lib, ularning uzunligi 30-35 km ni tashkil etadi. SHarqiy tomon yo‘nalishida Oqbel
antiklinali joylashgan bo‘lib, shimoli-sharqiy yo‘nalishni oladi. Bundan tashqari antiklinal
zonada CHust-Pop braxiantiklinali joylashgan. Braxiantiklinal strukturada So‘x, Massaget,
Baktriya qatlamlari uchraydi. Bu erdagi stratigrafik jihatdan eng qalin yotqiziq Quva qatlamlari
hisoblanadi. Bu erda eng katta maydonni (uzunligi 30 km) Baktriya yotqiziqlari tashkil etadi.
Farg‘ona vodiysida antiklinal strukturalar bilan birga monoklinal va sinklinal strukturalar
asosiy tektonik strukturalar hisoblanadi. Bulardan muhimlari 40-parallel sinklinal zonasi, Isfara,
Novqat, Qorasuv, Qo‘qon, SHaydon-Pishqo‘rg‘on, Nanay sinklinallari hisoblanadi.
Sulukta – Qoratog‘ antiklinal zonasidan janubda 40-paralellar yo‘nalishi bo‘ylab sinklinal
zona joylashgan va shuning uchun bu sinklinal zona 40-parallel sinklinal zonasi deb yuritiladi.
Mazkur zona sharqda Isfayram daryosidan boshlanadi va g‘arbga tomon
Andarak daryosigacha
etib keladi. Ushbu zona 3 ta murakkab tuzilishdagi sinklinal zonadan iborat bo‘lib, ular: Laylak –
Isfara, Xaydarkon, Tomosha – Varux sinklinoriylaridan iborat.
Sinklinal botiqlarni tashkil qilgan jinslar Baktriya – So‘x yotqiziqlaridan iborat bo‘lib,
ularni kaynazoy molasslari deb nomlanadi. Tomosha sinklinalida quyi va yuqori bo‘rning
Baktriya va So‘x yotqiziqlari joylashgan bo‘lib, ularning qalinligi uncha katta emas Varrux
sinklinali uncha katta maydonga ega emas. Uning strukturasi kaynazoy yotqiziqlari va qisman
bo‘r davri yotqiziqlaridan tashkil topgan.
Keyingi sinklinal zona V.N.Veber (1934), N.P.Vasilkovskiy (1941), O.A.Rijkov (1942,
1944, 1948, 1951) va boshqalar tomonidan o‘rganilgan. Sinklinal cho‘kmaning shimoliy
13
chegarasi Qoratog‘-Qorachatir antiklinal zonasi hisoblanadi. Janubdan sinklinal zona Sulukta-
Qayroqtog‘ strukturalar zonasi bilan chegaralanadi. Mazkur sinklinal zona ichida Toshrovot,
Isfara, Ko‘kjar, Novqat sinklinal zonachalari ajratiladi.
Qorasuv antiklinal zonasi Qoratog‘-Qorachatir antiklinal strukturasining
sharqiy qismi
bilan chegaralanadi. O‘sh shahridan sharqroqqa sinklinal zona 35-40 km kenglikni egallaydi.
Qorasuv sinklinal zonasining umumiy uzunlik 200-210 km ni tashkil etadi. Uning katta qismida
yuza yotqiziqlarini antropogen yotqiziqlar tashkil etadi. Uning pastki qatlamlarida yashirin
holatdagi antiklinal strukturalar joylashgan.
Dostları ilə paylaş: