I nazariy materiallar


Farg‘ona vodiysidagi to‘lqinsimon pasayish harakatlari yura davridan boshlanib, bo‘r  davrida ham intensiv davom etdi



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Maruza matn (1)

 
2.
Farg‘ona vodiysidagi to‘lqinsimon pasayish harakatlari yura davridan boshlanib, bo‘r 
davrida ham intensiv davom etdi;
 
3.
Quyi bo‘r davri davomida Farg‘ona vodiysi hududida 2 ta cho‘kmalar Qo‘qon, O‘zgen-
YOrkend cho‘kmalari shakllandi. Ayniqsa, O‘zgen-YOrkend cho‘kmasi Farg‘ona tizmasining 
ko‘tarilishi hisobiga intensiv holatda bukildi va tipik platforma bukilmasi qiyofasini oldi;
 
4.
Senomen asrining oxiriga kelib O‘zgen-YOrkend cho‘kmasi torayib kichik bukilma 
qiyofasini oldi. Va shuning bilan birga Farg‘ona sinklizasining tarmog‘iga aylandi;
 
5.
Butun yuqori bo‘r davrida O‘zgen-YOrkend cho‘kmasi Peshqo‘rg‘on-Qo‘qon 
cho‘kmasiga nisbatan jadalroq tektonik harakatlarga tortildi;
 
6.
Butun bo‘r davri davomida Farg‘ona vodiysida sodir bo‘lgan tektonik harakatlar 
turlicha holatda, masshtabda ro‘y berdi. Ularni ichida V.E.Xain (1952, 1954) e’tirof etganiday 
to‘lqinsimon harakatlar sodir bo‘lib, goh transgressiya goh regressiyalarni yuzaga keltirdi;
 



7.
Bo‘r davri davomida Farg‘ona vodiysi hududida shimoli-sharqiy va sharqiy strukturalar 
kam faollashgan va Farg‘ona tizmalari birmuncha ko‘p faollashgan hududlardan iborat bo‘ldi;
 
8.
Umuman olganda Farg‘ona vodiysidagi butun mezozoy erasida tektonik harakatlarni 
bukilishi, cho‘kish, jinslarni yuvilishi va yotqizilishi bilan bog‘liq harakatlardan iboratligini 
ko‘rishimiz mumkin. Farg‘ona vodiysini mezozoy erasidagi tektonik rivojlanishi garchi dengiz 
ostidagi jarayonlardan iborat bo‘lsa-da mezozoy landshaftlarini yaratilishi uchun asos bo‘ldi. 
Mezozoy davri landshaftlari esa gidrogen va tektonik dandshaft komplekslarini hosil qilgan edi 
va bu landshaftlar o‘rtasidagi geopara munosabatlari ana shu omillar ta’sirida yuzaga keldi.
 
Farg‘ona vodiysining hozirgi relefi garchan to‘rtlamchi davrda shakllansa ham uning 
negizi birmuncha qadimgi jarayonlar bilan ham bog‘liqdir. Vodiy relefi turli era va davrlarda o‘z 
qiyofasini o‘zgartirib borgan. 
Uchlamchi davrlargacha bo‘lgan geologik-tektonik jarayonlar butunlay suvli muhitda sodir 
bo‘ldi, yuvilish jarayoni ayniqsa, mezozoydagi emirilish jarayonlari birlamchi relefni kuchli 
o‘zgarishga sabab bo‘ldi. Tog‘ xalqalari dengiz yuzasida orol tarzida ko‘rinib turar edi. 
Keyinchalik kuchli denudatsiya bunday holatni ham o‘zgartirdi. Peneplen jarayonlari faollashdi. 
Bu davr uchun Farg‘ona vodiysidagi muhim geologik geomorfologik jarayonlar adirlarni 
xalqa singari doira hosil qilib ko‘tarilishi va buning natijasida markaziy Farg‘ona relefining ham 
o‘zgarishi sodir bo‘ldi. Tekkislik qismini kichrayishi bilan vodiyni atrofidan markazga oqib 
tushuvchi daryo va soyliklar yangi tektonik ko‘tarilmalarni parchalab, ularni oralig‘ida adirlararo 
cho‘kmalarni hosil qildi. 
Ayni vaqtda N.V.Veber (1928) ta’rif berganidek Farg‘ona vodiysida quruq deltalarning 
migratsiyasi sodir bo‘ldi. Daryolar adirlar xalqasidan o‘tib vodiyni tekkislik qismiga etgunga 
qadar adir oldi va adir orti hududlarida tashqi konus yoyilmalarini hosil qildi. Konus yoyilmalari 
Farg‘ona vodiysida geologik geomorfologik jihatdan original hududlar hisoblanadi. Ular 
elpig‘ichsimon tuzilishga ega bo‘lib, quruq o‘zanlar bo‘ylab shag‘alli, qumli, loyli yotqiziqlardan 
iborat qiya va to‘lqinsimon, quyi va chekka qismlariga pasayib boruvchi tekkisliklar qiyofasini 
olgan. 
Farg‘ona vodiysining turli hududlarida shu narsa aniq va ravshan namoyon bo‘ldiki, 
ularning relefini hosil bo‘lishida turli yoshdagi jinslar ishtirok etdi va turli yoshdagi denudatsion 
relef shakllari hosil bo‘lgan. Bu relef shakllari birmuncha yosh bo‘lib, uning o‘rnida birlamchi 
denudatsion yuza shakllanayotgan vaqtda adirlar hosil bo‘lmagan edi. Denudatsion yuzaning 
birlamchi qoplama jinslari adirlarni hosil bo‘lishiga olib keldi. Tektonik harakatlarning yangi 
bosqichida adirlar yuzasida denudatsion jarayonlar yuzaga keldi. Bunday holatda adirlarning 
qisilishi va burmalanishi, adirlararo botiqlarning shakllanishi sodir bo‘ldi. Adirlar hududida 
bunday relef formalari denudatsion yuzalarda hosil bo‘ldi va Farg‘ona vodiysidagi turli 
geomorfologik birliklar o‘ziga xos zinapoyasimon relef shakllari hosil qildi. Ularning hosil 
bo‘lishi, denudatsion yuzalarda sodir bo‘lgan tektonik harakatlar va ularni pauzalik davomliligi 
bilan bog‘liqdir. Bu strukturalar “Tog‘ zinapoyasi” shaklini o‘zida aks ettirib bir joyda 
birmuncha oddiy, ikkinchi joyda esa murakkab relef ko‘rinishlarini hosil qildi. Ularni hosil 
bo‘lishi bir qancha denudatsion yuzalarni qatnashuvi bilan bog‘liqdir. Murakkab relef 
formalarining ikkinchi tipi esa ijobiy relef formalari ta’sirida yuzaga keldi. 
Farg‘ona vodiysidagi relefning uchinchi tipi esa adirlar hududiga to‘g‘ri kelib, denudatsion 
ko‘tarilmalarni hosil qildilar. Ba’zi holatlarda Farg‘ona vodiysining relefida, ayniqsa, tog‘li 
qismlari uchun tik qoyalar, jarliklar xosdir va ular zinapoyasimon shaklda joylashgan. Bu holatni 
N.V.Vasilkovskiy va V.N.Ognevlar tramplin relef deb ataydilar. SHuningdek, zinapoyasimon 
relef shakllari adirlar hududi uchun ham xosdir. Bu esa adirlar hududida tektonik harakatlarining
ritmikligi bilan bog‘liqdir. Adirlar hududi relefning pog‘onali bo‘lishiga sabablardan biri ular 
orqali oqib o‘tgan daryo va soyliklar bo‘lib, adirlar hududini bo‘lib yuborgan va ularni ajratib 
turuvchi chegaralar hisoblanadi. Bunday zinapoyasimon denudatsion relef Farg‘ona vodiysining 
adirlar qismi uchungina xos bo‘lmay, balki tog‘ burmalarining vodiyga qaragan yonbag‘irlarida 
ham uchraydi. O‘zgen vodiysining sharqiy qismida YAssi, Tor Qorakulja daryolari vodiylarining 
yuqori yonbag‘ir qismlarida ham qator denudatsion relef ko‘rinishlari joylashgan. Farg‘ona 



vodiysining aynan shu qismida turli yoshdagi qatlamlar uchraydi. Bu qatlamlar to‘rtlamchi 
davrdan tortib to birmuncha qadimgi davrlarni o‘z ichiga oladi. Farg‘ona tizmasi tomon ham 
shunday zinapoyasimon denudatsion relef shakllari hosil bo‘lgan. SHuningdek, kichik Oloy 
tizmasining shimoliy yonbag‘irlarida ham shunday relef shakllari mujassamlashgan. Qoratog‘, 
Qorachatir antiklinal strukturasida denudatsion yuza 12 taga etadi. Bu antiklinal zonada 
do‘ngliklar yuzasi va ularning balandligi Farg‘ona tizmasi tomonga ko‘tarilib boradi. Bu erda 
denudatsion yuza eng qadimgi So‘x yotqiziqlariga to‘g‘ri keladi. Bu holat shuni ko‘rsatadiki, 
denudatsion relefni bu erda hosil bo‘lishi Toshkent denudatsion bosqichiga to‘g‘ri keladi. SHu 
narsa o‘ziga xoslikni yuzaga keltiradiki, denudatsion yuza qancha yosh bo‘lsa, ularning egilishi 
shunchalik kam bo‘lgan. SHunday qilib, B.L.Lichkovning Farg‘ona vodiysi relefining 
zinapoyasimon tuzilishi haqidagi fikrlari asosli ekanligi isbotlandi. 
Nayman – achisoy antiklinal zonasida Toshkent fazasi bilan bog‘liq 6 ta denudatsion 
pog‘ona ajratiladi. Lekin 1 ta strukturada ya’ni Mirzacho‘l va Sirdaryo denudatsion fazasidagi 
relef hosil qiluvchi jarayonlar katta maydonlarni egallamagan. SHuning uchun denudatsion relef 
shakllari ham tog‘lar tomon juda sekinlik bilan ko‘tarilib, zinapoyasimon relefni hosil qiladi. 
SHu sababli “Tog‘ zinapoyasi” aniq ko‘tarilmalar emas, balki, asta-sekin ko‘tarilib boruvchi 
yassi denudatsion yuzalardan iborat bo‘lgan. 
Farg‘ona vodiysining ayrim adirlarida “Tog‘ zinapoyasi” ko‘rinishi yaqqol ifodalanmaydi 
va bu holat denudatsion yuzalardagi tafovutlarning keskin emasligi bilan bog‘liqdir. Janubiy 
Farg‘onada esa ko‘tarilishning 6 ta bosqichi ro‘y berdi va Nayman-Achisoy antiklinal strukturasi 
zonasida baland tepaliklar yuzaga keldi. Bunday holatda unga yaqin turgan tog‘larning 
balandligi 600-800 metrga ko‘tarildi. Buning natijasida ko‘tarilish jarayonlari Farg‘ona 
vodiysining tekkislik qismini qisqarishiga olib keldi. Qoratog‘ – Qorachatir antiklinal zonasida 
esa ko‘tarilishlar intervali 1000 metrga etdi. Bu tog‘larning o‘sish sur’ati esa yiliga 0,2 mm.ni 
tashkil etgan. Bu sur’at esa Janubiy Olamushuk adirlarini ko‘tarilish sur’atiga ham mos keladi. 
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Farg‘ona vodiysida 3000 yil avval Sirdaryoning 
denudatsion sikldagi 1-terrasasi hosil bo‘ldi va shu davrdan boshlab, 2-terrasaning shakllanishi 
boshlandi. Adirlarni yuzasini ko‘tarilish tufayli ular hosil qilgan denudatsion o‘zanlar 
chuqurlashib bordi. Bu davr mobaynida Andijonsoy, Olamushuk adirlarini 14 m. chuqurlikkacha 
emirib bordi. Janubiy Olamushuk adirlari bu davr mobaynida yiliga o‘rtacha 0,4 sm ga ko‘tarilib 
bordi. Ayni vaqtda esa Farg‘ona vodiysining markaziy qismida differensiyalovchi tektonik 
harakatlar ro‘y berib, ayrim punktlarni sezilarli holatda ko‘tarilishiga olib keldi. Bu holatni 
keyingi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlar ham isbotlab berdi. Masalan, Qo‘qon shahri 14 yil 
ichida 0,016 sm ga ko‘tarildi. 
SHuni aytish joizki, Farg‘ona vodiysida antiklinal strukturalarning hosil bo‘lishi uzoq 
davom etgan va davriy bo‘lgan tektonik harakatlarning natijasidir. Bunday harakatlar Farg‘ona 
vodiysida yura davridanoq boshlangan edi. Keyingi davrlar mobaynida esa bu harakatlar 
davomli bo‘ldi. Bu bosqich davomida qatlamlar hosil bo‘lishi ikkinchi bosqichda esa ularning 
dislokatsiyasi, ya’ni burmalanishi ro‘y berdi. Bunday tektonik ritmiklik Farg‘ona vodiysida 
jinslarning dislokatsiyasini ham tartibga solib qo‘ydi, ya’ni litologik tarkibni shakllanishida ham 
azonal ritmiklik namoyon bo‘ldi. 
Farg‘ona vodiysining turli hududlarida ro‘y bergan tektonik harakatlar tufayli hosil bo‘lgan 
relef ko‘rinishi butun paleozoy, mezozoy, kaynozoy eralarida sodir bo‘ldi. Butun geologik vaqt 
davomida ro‘y bergan burmalanish harakatlari ham bir qancha tempda amalga oshdi. Birinchi 
temp sekin ro‘y bergan temp bo‘lib butun vodiydagi strukturalar intensiv jarayonlarga 
tortilmagan. Bu temp butun paleogen davrini o‘z ichiga olgan. Butun bir 25 million yil ichida 
qatlamlarni dislokatsiyasi 20 tani tashkil etgan. Ikkinchi, tezlashgan temp qatlamlarning intensiv 
yuvilishi bilan kechgan va 5 million yil davomida 1,5 ga, 0,5 million yil ichida esa 3 ga etgan. 
Bu bosqich butun neogen davrini o‘z ichiga olib So‘x denudatsiya fazasini boshidan kechirgan. 
Keyingi toifa burmalanish tempida qisqa vaqt ichida turli yoshdagi qatlamlarni intensiv 
ko‘tarilishi va shuning bilan birga yuvilishi ro‘y beradi. 


10 
Farg‘ona vodiysidagi tektonik harakatlarni va ular hosil qilgan relef strukturalarini tahlil 
qilgan holda shuni ko‘rsatib o‘tamizki, qatlamlarning tektonik harakatlarining turli 
bosqichlardagi holati ularning intensivligi, ulardagi jinslarning yotqizilish muhiti, davriyligi 
bilan bog‘liqdir. 
Burmalanish jarayonlarini intensiv bosqichida nisbatan kam qatlamli dag‘al jinslar 
yotqizilgan va ular relefda ham ifodalangan; 
Burmalanish jarayonlarini sekin borgan bosqichida esa uncha katta bo‘lmagan qalinlikdagi 
mayda donali jinslar yotqizilgan; 
Burmalanish jarayonlarini tezlashgan bosqichda konglometrli qatlamlar yotqizilmagan; 
Burmalanish harakatlarining sekinlik bilan borgan bosqichi palogen davriga, tezlashgan 
bosqichi – Baktriya, So‘x bosqichlariga, intensiv bosqichi esa Toshkent denudatsion fazasiga 
to‘g‘ri keladi; 
Tektonik harakatlar er yuzasida relefni birlamchi hosil qiluvchi azonal omillar sifatida 
yuzaga kelib, ularning harakatlantiruvchi kuchlar erning ichki energiyasi bilan bog‘liqdir. 
Tektonik harakatlar erning ichki energiyasiga bog‘liq holda global va regional jarayonlardan 
iborat bo‘lib, morfostruktura elementlarini hosil qiladi. Tektonik harakatlar geografik qobiqda 
zonal hodisa bo‘lmaganligi uchun regional jihatlarni ham yuzaga keltirish mumkin. Tektonik 
harakatlar kelib chiqishiga ko‘ra vertikal va gorizontal bo‘lib, ularni relefda aks etishi esa 
tektonik jarayonlarning intensivligiga bog‘liqdir. 
Turli darajadagi tektonik harakatlar tufayli hosil bo‘lgan quruqlikdagi burmalanish 
jarayonlari antiklinal va sinklinal strukturalarni hosil qiladi. Antiklinal va sinklinal strukturalar 
bevosita hosil bo‘lgan relef shakllari hisoblanadi. Farg‘ona vodiysini o‘rab olgan tog‘lar, 
vodiyning tekkislik qismi, adirlar zonasi antiklinal va sinklinal strukturalarining navbatlashib 
kelgan relef formalarini hosil qiladi. 
Antiklinal strukturalarning ekzogen relef shakllari sifatida hosil bo‘lishiga hududining 
geologik qatlamlar qalinligi ham ta’sir ko‘rsatadi. SHuningdek, hududning tektonik rejimi ham 
muhim ahamiyatga ega. Yirik antiklinal strukturalarga Turkiston, Oloy, Farg‘ona tizmalari, 
Qurama va CHotqol tizmalarini kiritishimiz mumkin. Yirik antiklinal strukturalar 
megaantiklinoriylar deb nomlanadi, chunki ular relefning megaformalarini hosil qiladi. 
Antiklinal strukturalar bir qancha tizmalardan iborat tog‘li o‘lkalarni hosil qiladi. 
Burmalanish harakatlari va antiklinal strukturalarning hosil bo‘lishi er po‘stining harakatli 
qismlaridagi geosiklinal oblastlarda yaqqol ifodalanadi. Buning natijasida tektonik yoriqlar 
yuzaga keladi, intruziv va effuziv magmatizm rivojlanadi. Bularning hammasi esa burmalanish 
oblastlari relefida murakkab strukturalar hosil qiladi. 
Burmalanish harakatlari ichida relefning dizyunktiv formalari ajralib turadi. Bunday 
harakatlar tog‘ jinslarining yaxlit strukturalarini buzilishiga olib keladi. Yirik yoriqlar hatto 
yuqori mantiyagacha etib boradi. Bunday yoriqlarni o‘ta chuqur tektonik yoriqlar deb nomlanadi 
va mantiya chegarasiga etib boradi. 
Farg‘ona vodiysining tektonik rivojlanishida to‘rtlamchi davrning ham o‘ziga xos o‘rni 
bor, chunki bu davrda ro‘y bergan tektonik harakatlar vodiy relefining to‘liq shakllanishiga olib 
keldi. Bunda ayniqsa, antiklinal va sinklinal strukturalarni hosil bo‘lishi relefda yaqqol 
ifodalanadi. Quyida Farg‘ona vodiysidagi antiklinal va sinklinal strukturalarni va ularni relefda 
ifodalanishini tahlil qilamiz: 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin