14
“Tog‘ zinasi” shaklini o‘zida aks ettirib bir joyda birmuncha oddiy, ikkinchi joyda esa murakkab
rel’ef ko‘rinishlarini hosil qildi. Ularni hosil bo‘lishi bir qancha denudatsion yuzalarni
qatnashuvi bilan yuzaga keldi. Murakkab relef formalarining ikkinchi tipi esa ijobiy relef
formalari ta’sirida yuzaga keldi.
Bu holatni P.P.Vasilkovskiy va V.N.Ognevlar tramplin relef deb ataydilar.
SHuningdek,
zinapoyasimon relef shakllari adirlar hududi uchun ham xosdir. Bu esa adirlar hududida tektonik
harakatlarining ritmikligi bilan bog‘liqdir. Adirlar hududi relefining pog‘onali bo‘lishiga
sabablardan biri ular orqali oqib o‘tgan daryo va soyliklar bo‘lib, adirlar hududini bo‘lib
yuborgan va ularni ajratib turuvchi chegaralar hisoblanadi. Bunday zinapoyasimon denudatsion
relef Farg‘ona vodiysining adirlar qismi uchungina xos bo‘lmay, balki tog‘ burmalarining
vodiyga qaragan yonbag‘irlarida ham uchraydi. O‘zgan vodiysining sharqiy qismida YAssi, Tor,
Qorakulja vodiylarining yuqori yonbag‘ir qismlarida ham qator denudatsion relef ko‘rinishlari
joylashgan. Farg‘ona vodiysining aynan shu qismida turli yoshdagi qatlamlar uchraydi. Bu
qatlamlar to‘rtlamchi davrdan tortib to birmuncha qadimgi davrlarni o‘z ichiga oladi. Farg‘ona
tizmasi tomon shunday zinapoyasimon denudatsion relef shakllari hosil bo‘lgan. SHuningdek,
Kichik Oloy tizmasining shimoliy yonbag‘irlarida ham shunday relef shakllari mujassamlashgan.
Qoratog‘-Qorachatir antiklinal strukturasida denudatsion yuza 12 taga etadi.
Bu antiklinal
zonada do‘ngliklar yuzasi va ularning balandligi Farg‘ona tizmasi tomonga ko‘tarilib boradi.
Denudatsion yuzani eng qadimgisi So‘x yotqiziqlariga to‘g‘ri keladi. Bu shu holatni
ko‘rsatadiki, denudatsion relefni bu erda hosil bo‘lishi Toshkent denudatsion bosqichiga to‘g‘ri
keladi.
Dostları ilə paylaş: