41
ahamiyatga egadir. Haroratni tebranishi kuchli va ayniqsa, sutkalik o‘zgarishi katta bo‘lib, 500-
800 m balandliklarda vegetatsiya davridagi faol haroratlar yig‘indisi 4300° bo‘lsa, 800 m
balandliklarda 4000° ga teng.
Farg‘ona vodiysida tog‘ oldi hududlari gidrografik jihatdan birmuncha zich hudud
hisoblanadi. Daryo va soyliklar ushbu hududlarni kesib o‘tib, chuqur vodiylarni hosil qiladi,
shuning bilan birga delyuvial va allyuvial jinslar daryolar oqizib
tushgan onalik jinslar
hisoblanadi. Ularning katta qismlari esa konus yoyilmalarining yuqori qismlarini egallab, tuproq
hosil bo‘lish sharoiti juda murakkabdir. Bu avvalo jinslarning keltirilishi va yotqizilishi bilan
birga nurash jarayonlariga ham bog‘liqdir. Konus yoyilmalarining yuqori va o‘rta qismlari ham
sug‘orishga tortilgan va sug‘oriladigan bo‘z tuproqlar mintaqasini hosil qiladi. Ularning litologik
tarkibi elyuvial yotqiziqlardan iborat. Konus yoyilmalarining yuqori qismida dag‘al skeletli,
o‘rta va quyi qismlarida mayin donali, loyli, qumoq va qumloq jinslar gidrologik jarayonlarni
hosilasi sifatida tuproqlar hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Konus yoyilmalarining quyi va periferik
qismlarida tuproqlarni hosil bo‘lishi va o‘zgarishida gidrogeologik omil etakchi hisoblanadi.
Farg‘ona vodiysi tog‘li hududlarining tuproqlarini hosil bo‘lishi va
hududiy joylanishida
ularning geologik tuzilishi relefi bilan birga iqlimiy xususiyatlari, suv ob’ektlarining ahamiyati
kattadir. Turkiston-Oloy, CHotqol-Qurama, Oto‘ynoq-Farg‘ona tizmalari
orografik jihatdan bir
xil bo‘lsa-da, tog‘ tizmalarining joylanishi, ekspozitsiya, ularda yog‘in-sochin va haroratning
ma’lum farqlari yuzaga keladi. Bu hududlarda Farg‘ona vodiysining asosiy suv manbalari hosil
bo‘ladi va vodiy markazi qismiga yo‘naladi. Ayniqsa, suv oqimlari bilan bog‘liq yonbag‘ir
jarayonlari surilma, o‘pirilma, jarlanish, karst, suffoziya kabi holatlarni keltirib chiqaradi.
Buning natijasida
tuproqlarning emirilishi, yuvilishi tufayli millionlab tonna jinslar tekislik
qismiga olib ketiladi. Bunday jarayonlar bevosita atmosfera yog‘inlari, daryo va soylarning suv
oqimi bilan bog‘liq bo‘lib V.L.SHulsning ma’lumotlariga ko‘ra Farg‘ona vodiysining shimoliy
hududlaridagi tog‘liklar yonbag‘irlaridan 210 t/km
2
yilni, janubiy yonbag‘irlardan esa 900 t/km
2
yilni tashkil etadi. Bunday intensiv yuvilish jarayonlari albatta, tog‘ jinslarining litologik tarkibi,
o‘simlik qoplamining qalinlik darajasi, qiyalik farqi va nihoyat atmosfera yog‘inlarining
intensivligiga bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: