I. neft-gazli qatlamlarning energetik xususiyatlari I qatlamning bosimlarini o’lchash


-rasm. Izobaralar xaritasini tuzish sanasiga bosimlarni grafik usulda keltirish sxemasi



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə2/2
tarix22.06.2020
ölçüsü0,78 Mb.
#32094
1   2

2.-rasm. Izobaralar xaritasini tuzish sanasiga bosimlarni grafik usulda keltirish sxemasi

1 – quduqlardagi bosim; 2 – bosim pasayi-shining o’rtasha (xrono-logik) egri shizig’i; 3 – №1 va №2 quduqlarda hisoblangan bosimlar nuqtalari; 4 – №1 va №2 quduqlarda aniqlanadigan bosimlar

Qatlam bosimining turli sanalardagi o’lchov natijalari grafikda nuqtalarda belgilanadi. Hosil bo’lgan nuqtalardan («pashsha» nuqtalar diagrammasi) bosimning o’rtacha (xronologik) pasayish egri chizig’i tuziladi. So’ngra bu egri chiziq bosimning pasayish sur’atini butun uyum uchun tavsiflaydi, degan faraz bilan, zarur sanada har qanday quduq uchun taqribiy bosim qiymatini aniqlash mumkin. Masalan, izobaralar xaritasi tuzish kuniga (joriy yilning yanvar oyi uchun) 1 va 2 quduqdagi bosimni aniqlash talab etiladi. Bunday holatda quduqlar bosimiga mos keluvchi nuqta orqali bosimning o’rtacha pasayish egri chizig’iga parallel chiziq o’tkaziladi va talab qilingan bosim aniqlanadi.

Ravshanki, tavsiya etilgan usul taqribiydir. Shuning uchun bosimni izobaralar xaritasini tuzish sanasiga keltirish maqsadida bir-biriga yaqin bo’lgan quduqlar ma’lumotidan foydalanish kerak. Agar ma’lumotlar xarita tuzish sanasidan ancha avval (mas.,6 oy oldin) olingan bo’lsa, ulardan foydalanilmagani ma’qul. Quduqlarda qatlam bosimi notekis o’lchangan va to’plangan dalillarga asoslangan ma’lumotlar qatlamning alohida mahalliy uchastkalariga tegishli bo’lsa, u holda bosimni bir sanaga keltirishda ijobiy natijaga erishish uchun har bir quduqda o’lchangan qatlam bosimining o’zgarish egri chizig’idan foydalaniladi. Ayrim quduqlarning egri chiziqlari bo’yicha bosimni aniqlanayotgan sanaga keltirish usuli yuqorida keltirilgan usulga o’xshash.

Ayrim quduqlarda bosimning notekis o’zgarishini ma’lum sanaga keltirish uchun qatlam bosimini o’rtacha pasayish egri chizig’idan foydalanish noto’g’ri natijaga olib kelishi mumkin. Chunki quduqlardan suyuqlikning bir maromda chiqarib olinmasligi va kollektorlarning litologik-fizik xususiyatlari (asosan uning o’tkazuvchanligi)ning har xilligi ayrim quduqlarda bosimning pasayish sur’atining turlicha bo’lishiga sabab bo’ladi.

Qatlamning yotish chuqurligi (tog’ jinsining qiyalik burchagi) quduq tubi bosimiga ta’sir etadi. Bundan ko’rinib turibdiki, pezometrik yuza gorizontal holatda bo’lsa ham, ayrim quduqlar tubidagi bosim qiymati tog’ jinslarining qiyalik burchagi ta’sirida turlicha bo’ladi. Bosimning taqsimlanish tafsilotini aniqlash uchun uni shartli yuza sifatida qabul qilingan dengiz sathiga keltiramiz. Bunday holatda pezometrik yuza gorizontal bo’lsa, barcha quduqlardagi keltirilgan bosim qiymatiga teng bo’ladi va keltirilgan bosimdagi har qanday,



hattoki juda oz miqdordagi nome’yorlikni ham oson aniqlash mumkin.



3-rasm. Qatlamning yotish shuqurligini quduq tubi bosimiga ta’siri.



4-rasm. Keltirilgan izobaralarni hisoblash sxemasi

P.s–sath Tog’ jinslarining yotish qiyaligi ta’siri natijasida bosimlarning o’zgarishi izobaralar xaritasi tuzishda qabul qilingan aniqlikdan (0,05 MPa va undan kam) ortib ketgan barcha holatlarda bosimni dengiz sathiga keltirish lozim.

Dengiz sathiga keltirilgan bosimni kelgusida keltirilgan izobaralar deb ataymiz. Keltirilgan izobaralarni quyidagi sxema bo’yicha hisoblash mumkin. Aytaylik, quduqda o’lchangan statik qatlam bosimi r ga teng bo’lsin.






5-rasm. Qatlamning ustki qismining turli holatlari ushun keltirilgan (l ) va xaqiqiy (h) izobaralarni aniqlash sxemasi
(1.6)

bunda   neft (yoki suv) zichligi.

Dengiz sathidan pastda joylashgan izobara «manfiy», yuqoridagisi «musbat» ishora bilan yoziladi. Keltirilgan izobara tegishli ishora bilan quyidagi formula yordamida aniqlanadi:



, (1.7)

bunda h  quduq tubi bosimiga teng bo’lgan suyuqlik ustuni (qatlamning ustki qismigacha), m; L  quduq og’zidan qatlamning ustki qismigacha bo’lgan masofa, m; N  quduq og’zining mutlaq balandligi, m;  keltirilgan izobara (tegishli ishora bilan), m.



qatlamning ustki qismini mutlaq balandligi turlicha bo’lgan holatlar (hsh.i  qatlamning ustki qismi izogipsi) uchun yuqorida ko’rsatilgan formula yordamida keltirilgan izobaralarni hisoblash



6-rasm. Braxiantiklinal burma ushun keltirilgan izobaralar xaritasi 1-qatlamning ustki qismini izogipslari, m; 2 – keltirilgan izobaralar, m; bosim zonalari: 3 – yuqori, 4 – past; 5 – neftlilikning tashqi chegarasi; nuqtalar bilan quduqlarning joylashgan joyi ko’rsatilgan ko’rsatilgan.




7-rasm. Keltirilgan izobara xaritasi ma’lumotlariga asoslanib izoxor xaritalarini tuzish metodi bo’yisha xaqiqiy izobaralar xaritasini tuzish sxemasi: 1 – izogipslar, m; 2 – keltirilgan izobara, m; 3 – xaqiqiy izobaralar xaritasi tuzish nuqtalari
Hisoblab topilgan keltirilgan izobaralardan keltirilgan izobaralar xaritasini tuzishda foydalaniladi. Buning uchun keltirilgan izobaralarni reja bo’yicha joylashtirilgan quduqlar yoniga yozib chiqiladi. Xaritada qatlamni notekis ishlatish oqibatida yuzaga kelgan depressiya zonasining va yuqori bosimli zonalarning keskin tabaqalanishi aniq ko’rinib turibdi. Qatlamni ishlatishni tahlil qilishda keltirilgan izobaralar xaritasining afzalligi ana shundan iborat.

Haqiqiy izobaralar xaritasi jinslarning qiyaligi burchagi yuqori bo’lganda qatlamni ishlatishni samarali tahlil qilishga imkon bermaydi, lekin qator geologik-kon muammolarini hal etish uchun ularni tuzish foydali. Keltirilgan izobaralar xaritasining mavjudligi keyinroq bunday xaritalar tuzishni ancha engillashtiradi. Buning uchun keltirilgan izobara xaritasini struktura xaritasi ustiga qo’yiladi va o’xshashlik metodidan foydalanib, keltirilgan izobaralar va yer osti relefi izogipslari kesishgan nuqtalarida haqiqiy izobaralar qiymatlarini


8-rasm. Xaqiqiy izobaralar xaritasi
(7-rasm) quyidagicha hisoblash mumkin bo’ladi:

(1.8)

bunda hsh.i. – qatlamning ustki qismi izogipsi, m; h  haqiqiy izobara, m.

Shu usulda hisoblangan qiymatlar bo’yicha haqiqiy izobaralar xaritasi tuziladi. Uni struktura xaritasi (ushbu misolda braxiantiklinal burma xaritasi) bilan taqqoslaganda yer osti relefi izogipslarini ma’lum darajada takrorlashini ko’rish mumkin, lekin u yuqorida qayd qilinganidek, depressiya zonalarini va yuqori bosimli zonalarni aniq ochib beraolmaydi.

Jinslarning yotish burchagi 1-20 dan oshmaydigan qiya strukturalar uchun bevosita haqiqiy izobaralar xaritasi tuziladi, boshqa hollarda esa qatlamni ishlatishning tahlili uchun keltirilgan izobaralar xaritasi tuziladi. Lekin keltirilgan izobaralar xaritasi mavjudligida, haqiqiy izobaralar xaritasini ham tuzish foydali; bu xarita uni tuzish sanasiga o’rtacha qatlam bosimini aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Turli sanalar uchun o’rtacha qatlam bosimini taqqoslash qatlamni ishlatish jarayonida yer ostida yuz beradigan turli hodisalar haqida mulohaza yuritish hamda neft qazib olishni jadallashtirish va neft beraolishlik koeffisientini oshirish uchun tegishli tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi.

Haqiqiy izobaralar xaritasida neft ustunining qiymatini metrlarda (h) emas, balki quyidagi nisbat bo’yicha megapaskallarda ifodalash qulayroqdir:



,

bunda   neft zichligi.

Qandaydir ajratilgan qatlam hajmidagi o’rtacha qatlam bosimi deb, ushbu hajmni atrof muhitdan bir lahzada ajratilishi natijasida bosimning butunlay qayta taqsimlanishi va tekislanishidan so’ng unda hosil bo’lgan bosimga aytiladi.

Qatlam bosimining o’rtacha arifmetik qiymati maydon yoki hajm bo’yicha haqiqiy izobaralar xaritasidan foydalanib, quyidagi formula orqali hisoblanadi:

, (1.9)

bunda ro’r.  izobaralar xaritasini tuzish sanasidagi qatlam bosimining o’rtacha qiymati, MPa; f1, f2, ... fn  qo’shni izobaralar bilan chegaralangan ayrim uchastkalar maydoni, m2; ; h1, h2, ... hn  tegishli qo’shni izobaralar orasidagi qatlamning g’ovakli qismining o’rtacha qalinligi, m; r1, r2, ... rn  ikki qo’shni chekka izobara chiziqlari oralig’idagi o’rtacha arifmetik qiymat sifatida aniqlanadigan tegishli uchastkalardagi o’rtacha bosim, MPa.

Qatlam qalinligi o’zgarmagan yoki deyarli o’zgarmagan hollarda qatlam bosimining o’rtacha qiymati maydon bo’yicha chamalab, qalinlik keskin o’zgarishga uchraganda esa hajmi bo’yicha chamalab aniqlanadi.

Maydon va hajm bo’yicha chamalab aniqlangan qatlam bosimining o’rtacha qiymatidagi farq odatda 5-6% dan oshmaydi (ayrim hollardagina 10% ga etishi mumkin); qiymatlardagi bu farq qatlam qalinligining o’zgarish xususiyatiga va izobara xaritalari turiga bog’liq.

Hajm bo’yicha chamalab aniqlangan qatlam bosimining o’rtacha qiymatidan foydalanib izobara xaritalarini tuzish quyidagi tartibda bo’ladi:


  • haqiqiy izobara xaritasi tuziladi;

  • teng foydali qalinlik xaritasi tuziladi;

  • birinchi xarita ikkinchisi ustiga qo’yiladi va xaritalardagi izochiziqlar kesishgan nuqtadan rh ko’paytmasi olinadi;

  • izochiziqlar kesishgan nuqtalar bo’yicha (rh qiymati bo’yicha) hisoblangan rh ning teng qiymatlarining yangi xaritasi tuziladi;

  • yangi tuzilgan xaritadan foydalanib qatlam bosimining o’rtacha qiymati (1.9) formula orqali, hajm bo’yicha chamalab aniqlangan qiymat sifatida hisoblanadi.

O’lchangan bosimni quduqlar oralig’ida to’g’ri interpolyatsiya qilish uchun ushbu yo’nalish bo’yicha bosimning o’zgarish qonuniyatlarini bilish zarur. Bu qonuniyatlar qatlamning xususiyatlari, uning fatsial o’zgaruvchanligi, quduqlarning joylashish tizimi va boshqa ma’lum omillar bilan aniqlanadi. SHuning uchun odatdagidek interpolyatsiya uchburchak usulida bajariladi. Interpolyatsiya yordamida quduqlar oralig’idagi bosimlar qiymati topiladi va aniqlangan bir xil qiymatli nuqtalar o’zaro tutashtiriladi, ya’ni mos ravishda izobaralar (izochiziqlar) o’tkaziladi.

Ayrim olimlar haqiqiy izobara xaritasini tuzishda qo’shni quduqlar orasidagi interpolyatsiyani logorifmik qonun bo’yicha o’tkazishni to’g’riroq, deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, ishlatish jarayonida qatlamda statik muvozanat buziladi va quduqlarda kuzatilayotgan depressiya voronkalari logarifmik egri chiziq shakliga ega bo’ladi. Lekin bunday fikrlash noto’g’ri, chunki ishlayotgan ikkita qo’shni quduqning har qaysisida depressiya voronkasi mavjud bo’lib, bosimning bir quduqdan ikkinchisigacha o’zgarishi ular orasidagi qandaydir topilishi qiyinroq bo’lgan interval nuqtadagina (neytral nuqta) sodir bo’lishi mumkin. SHu boisdan logarifmik qonun bo’yicha quduqlar orasida shunchaki rasmiy interpolyatsiya o’tkaziladi. Logarifmik qonun bo’yicha bosimlarni interpolyatsiya qilish amalda nihoyatda ko’p mehnat talab qiladigan tadbir bo’lib, amaliyotda kam qo’llaniladi.

Yuqorida ko’rsatilganidek, izobaralar xaritasi qatlam bosimining o’rtacha qiymatini aniqlash va qatlam bosimining taqsimlanishini o’rganish asosida qatlamni ishlatish jarayonini tahlil qilish uchun keng qo’llaniladi.

Odatda konlarda izobaralar xaritasi har chorakda va quyidagi maydonlar uchun alohida tuziladi: 1) suyuqlik olish zonasi uchun, ya’ni ishlatish quduqlari joylashgan maydonlar uchun; 2) haydash va ishlatish quduqlari orasidagi halqa zonalar uchun; 3) umuman haydash va ishlatish quduqlari egallagan barcha maydonlar uchun.

Qatlamni ishlatish jarayonini tahlil qilish uchun ko’pincha quduqlarda o’lchangan bosim formulalar yordamida suv-neft yoki gaz-neft tutash yuzasining boshlang’ich holatiga keltiriladi. Shuningdek, izobara xaritalaridan qo’shimcha ravishda boshqa masalalarni hal qilish uchun ham foydalanilish mumkin:


  • ayrim uchastkalarda neftlilik chegarasining siljish tezligini aniqlash, va uning bir tekis siljishini ta’minlash bilan bog’liq masalalarni echishda;

  • qatlam o’tkazuvchanligini taqribiy aniqlashda;

  • uyum ichidan suyuqlik olinishi sababli bosimning o’zgarish tafsilotlarini o’rganish orqali uyumning tashqi qismini taqribiy baholashda;

  • suv-neft tutash yuzasi holatini taqribiy aniqlashda.

Qatlam bosimining taqsimlanishini izobara xaritalari bo’yicha o’rganishda ayrim uchastkalardagi izobaralarning quyuqlashuvi, ulardan suyuqlik olinishi ko’payganidan, qatlamga suv haydash yoki qatlamning kollektorlik xususiyatlarining qo’shni uchastkalardagiga nisbatan yomonlashganidan darak beradi.

Izobara xaritalari bo’yicha bosimni hisoblab, butun uyum uchun o’rtacha qatlam bosimidan tashqari, qatlamning turli zonalar: suyuqlik chiqarish zonasi, haydash zonasi va boshqa zonalar uchun o’rtacha bosimni hisoblash foydali hisoblanadi.

Izobara xaritalarini tuzish aniqligi, quduqlardagi bosimni o’lchash aniqligiga va shuningdek, manometr konstruktsiyasi va uning texnik holatiga bog’liq. Konlarda qo’llaniladigan chuqurlik monometrlari odatda 0,5 dan 1 gacha aniqlik sinfiga ega. Agar ushbu asboblar bilan barcha o’lchashlarda bir xil ishorali va qiymatli xatolikka yo’l qo’yilsa, bosimlarni o’lchashda bunday aniqlikni etarli deb hisoblasa bo’ladi.

Asboblarning texnik holati qoniqarli bo’lmasa, bosimni o’lchashdagi xatolik qiymati aniqlik sinfi bilan o’lchanganidan yuzaga kelgan xatolikdan anchagina yuqori bo’lishi mumkin. Izobara xaritalarini tuzishda bunday o’lchash ma’lumotlaridan foydalanish ayrim hollarda katta xatolikka olib kelishi mumkin (ayniqsa izobara xaritalari bo’yicha aniqlanadigan bosim gradientlarida).

Qo’llanilayotgan asboblarni iloji boricha tez-tez va puxtalik bilan darajalash kerak. Ishlatilayotgan bir ob’ektdagi quduqlarda bosimni o’lchashda imkoni boricha o’lchashning barcha davrlari mobaynida bitta asbobni ishlatish kerak. Agar quduq tubi bosimini o’lchashda Ufa ilmiy-tekshirish institutining (M.M. Ivanov ishlab chiqqan) differentsial chuqurlik bosimo’lchagich (manometr)laridan foydalanilsa yaxshi natijalarga erishish mumkin. Bu holda o’lchash aniqligi differentsial manometrlarni zaryadlash uchun qo’llaniladigan namunaviy manometrlar aniqlik sinfi bilan aniqlanadi. Namunaviy manometrlar esa, odatda 0,35 aniqlik sinfiga ega.

Chuqurlik manometrlarining yangi konstruktsiyasini ishlab chiqishda bosimlarni o’lchash asboblarining mutlaq aniqligi muhim bo’libgina qolmay, balki turli quduqlarda bitta asbob bilan olingan o’lchovlarning nisbiy aniqligi ahamiyatlidir. Boshqacha qilib aytganda, asbob konstruktsiyasi shunday ishlanishi kerakki, temperatura va bosimning o’zgarishi kichik intervallarda bo’lishini (1-4 MPa) va o’lchashlardagi xatoliklar ishorasi va qiymati taxminan bir xil bo’lishini ta’minlashi kerak.

Quduqda bosimning tiklanish metodi bilan tadqiqotlar bajarilganda bosim quduq tubi bosimidan kamida 1,5-2 MPa ga yuqorida barqarorlashadigan bo’lsa, u holda o’lchashning yuqori aniqligini ta’minlovchi differentsial chuqurlik manometrlaridan foydalanish kerak.

Kam mahsulli qatlamlar ochilgan quduqlarda hosil qilingan depressiyadan so’ng bosim o’nlab atmosferalarga tiklanadigan bo’lsa, bosimning tiklanish egri chizig’ini chizish uchun ma’lumotlar to’plashda chuqurlik manometrlaridan foydalanish mumkin.



BOSIMNING TIKLANISHI BO’YICHA O’TKAZUVCHANLIKNI ANIQLASH
Ishlatish quduqlari to’xtatilganda undagi bosim tiklana boshlaydi. Bosimning bunday o’zgarishi quyidagi tenglik yordamida katta aniqlikda hisoblanishi mumkin

(1)

bunda -bosimning o’zgarishi, MPa; q-quduq debiti, sm3/s; K-o’tkazuvchanlik koeffisienti, m2/s; h- qatlam qalinligi, sm; t - vaqt, s; r - quduq radiusi, sm; H - Peyzoo’tkazuvchanlik koeffisienti.

Peyzoo’tkazuvchanlik koeffisienti quyidagi tenglik bilan aniqlanadi

, (2)

bunda - suyuqlikning qovushqoqligi; m-g’ovaklilik koeffisienti; - suyuqlikning siqiluvchanlik koeffisienti; - jinsning siqiluvchanlik koeffisienti.

(1) tenglamani quyidagi ko’rinishda yozish mumkin:

. (3)

6.3 tenglama tekislikdagi to’g’ri chiziqlar to’plamini bildiradi, ya’ni



, (4)

bunda - abstsissa o’qi bilan to’g’ri chiziq hosil qilgan burchak; . (5)

B kattalik to’g’ri chiziqning ordinata o’qini kesishidan hosil bo’lgan bo’lakka mos keladi.

Quduqda bosimning tiklanishi chuqurlik monometri bilan aniqlanadi, tadqiqotlar natijasi esa grafikka qo’yiladi, bunda ordinata o’qiga miqdor, abstsissa o’qiga yoziladi.






9 rasm. Jirnovskiy konidagi № 54 quduq tubi bosimining tiklanish egri shizig’i
9- rasmda Jirnovskiy konidagi №54 quduqda olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari bo’yicha tuzilgan grafik berilgan. Grafikdagi egri chiziqning bosh qismi kuchli qiyshaygan, buning asosiy sababi quduq og’zidagi jo’mrak berkitilganda yuzaga keladigan qo’shimcha jarayonlar ta’sirida bosim vaqt davomida o’zgaradi. Shu sababli hisoblashlarda grafikdagi to’g’ri chiziqli uchastka olinadi, egri chiziqning bosh qismi punktr to’g’ri chizig’i ko’rinishida ordinata o’qigacha davom ettiriladi.

№3 quduqdan olingan boshlang’ich ma’lumotlar quyidagicha: qatlam qalinligi h=13 m, debit q=109 m3/sutka, qatlam nefti qovushqoqligi =4,5 santipuaz, qatlam g’ovakliligi m=0,2, siqilish koeffisientlari



va .

Grafikdan (6.14-rasm) A va V topiladi: A=0,25 va V=0,3. Quduq debiti m3/sutkada berilgan, uni sm3/s ga o’tkazamiz:

q= sm3/s.

Qatlam qalinligi n=13 m, yoki h=1300 sm. O’tkazuvchanlik koeffisienti quyidagi ifodadan aniqlanadi (6.4):



darsi

Peyzoo’tkazuvchanlik koeffisienti (6.2) tenglikdan hisoblanadi:

H=

(6.5) ifodadan





;

quduqning nomukammalligini hisobga olgan holda uning radiusi



sm

Shuni ham qayd qilish lozimki, yuqorida keltirilgan metod yordamida qatlamning o’tkazuvchanligini va quduqning nomukammalligini bosimning tiklanish egri chizig’i yordamida aniqlash hamma vaqt ham ijobiy natijalar bera olmaydi



XULOSA

Respublikamiz sanoatning keskin sur'atlarda rivojlanishi va neft mahsulotlariga bo'lgan ehtiyoj ortib borayotgan bir davrda Respublika iste'molchilari ehtiyojini keng assortimentda va etarli miqdorlarda, sifatli neft mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida yangi neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlari samaradorligini oshirish, uglerod xom ashyosining qidirib topiladigan zahira hajmlarini ko'paytirish neft va gaz tarmog'ida amaliy ko'rilayotgan tadbirlardir. So'rg'il koni negizida bunyod etilayotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi O'zbekiston va Janubiy Koreya hamkorligining yuksak namunasidir.

Xozirgi kunda dunyoda va mamlakatmizda neft va gazni qazib olish bo’yicha yangi metodlardan foydalanilmoqda. Shunday bo’lsada qatlamlardan neft va gaz mahsulotlari ko’tilgan darajada qazib olish imkoniyati yo’q.

Shu sababli neft va gaz qazib olishda qatlamlarning tabiiy energetik xususiyatlarni chuqur o’rganib, shu energiyalar asosida yuqori mahsulot beraolishlilik koeffisientiga erish mumkin.



FOYDALANILANILADIGAN ADABIYOTLAR

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezdenti Islom Karimovning 2011-yil asosiy yakunlari va 2012-yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy revojlantirishning ustuvor yo’nashlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.

2. Y. Irgashev, G’S. Abdullaev . Neft va gaz konlari geologiyasi. T. ”Sharq”, 2008y., 480b.

3. Oil and gas production handbook an introduction to oil and gas production, transport, refining and petrochemical industry



Edition 3.0 Oslo, August 2013 Håvard Devold

  1. Exploring Oil and Gas. Printed on Recycled Paper .2015

Elektron ta'lim resurslari:

  1. http://www.worldenergy.com

  2. http://www.oil and gaz.com

  3. http://library.ru

  4. http://bimm.uz

  5. http://ziyonet.uz

  6. www.energyefficiencyasia.org



siqilish koeffisienti hisobga olinmagan.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin