Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni: Fanni o’qitishdan maqsad – xalq pedagogikasi inson kamolotida muhim ekanligi, xalqimiz
qoldirgan milliy-madaniy merosni, an‘ana va umuminsoniy qadriyatlarni talabalarga yetkazish,
ularni o‗tmish avlodlarimizning ko‗p asrlar davomida ta‘lim va tarbiya sohasida orttirgan boy,
ijobiy tajribasini o‗zlashtirish asosida yosh avlodni mamlakatimizning mustaqilligini
mustahkamlash yo‗lida olib borilayotgan umumiy ishda faol ishtirok etadigan qilib kamol
topdirishdan iborat
.
Fanning vazifasi – talabalarni o‗zbek milliy ta‘lim-tarbiyasi an‘analari tarixi, halq pedagogikasi
namunalari, O‗rta Osiyo mutafakkirlarining pedagogik qarashlari, g‗oyalari bilan tanishtirish, ta'lim-tarbiya sohasida xalqimiz tomonidan to‘plangan boy tajribani bugungi kun yosh avlodni
tarbiyalashda qo‘llay olish ko‘nikmalari bilan qurollantirish. Talabalar uchun talablar - univеrsitеt o‘quv binosi va auditoriyalarida talabaga xos kiyinish madaniyatiga rioya
qilish (еngil-еlpi kiyinish, ortiqcha taqinchoqlar taqish qat'iyan man etiladi);
- o‘qituvchiga, uning faniga va guruhdoshlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
- univеrsitеt ichki tartib-intizom qoidalariga rioya qilish;
- uyali tеlеfonni o‘quv binosi va dars davomida o‘chirish;
- bеrilgan uy vazifasi va mustaqil ish topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
- ko‘chirmachilikka (plagiatlikka) yo‘l qo‘ymaslik;
- darslarga to‘liq (majburiy) qatnashish, qoldirilgan darslarni (Nizom talablariga ko‘ra)
o‘z vaqtida qayta o‘zlashtirish;
- darslarga oldindan tayyorlanib kеlish va unda faol ishtirok etish;
- darsga kеchikib kеlmaslik, o‘qituvchidan so‘ng dars xonasiga kirish mumkin emas;
- ma'ruza, sеminar, laboratoriya mashg‘ulotlari uchun alohida daftar tutish va ularda mustaqil ish
mavzulari matеriallarining mavjudligi va ularning baholangan bo‘lishi;
- rеyting jadvalida bеlgilangan (ON, JN) topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarib borish;
- rеyting ballaridan norozi bo‘lgan taqdirda, ball e'lon qilingan vaqtdan boshlab 1 kun
mobaynida apеllyatsiya komissiyasiga murojaat qilish.