I oliy va o`rta



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/51
tarix16.12.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#75531
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51
 
 
 
 


68 
Nazorat topshiriqlari. 
1. Kaysi udum insonga xurmat va e‘tiborni bildiradi? 
A) Shirinsuzlik, 
B) Birga ovkatlanish
V) Yaxshi kiyinish, 
G) Salomlashish 
13-MAVZU: QUR'ONI KARIM SURALARI VA HADISLARNING TARBIYAVIY AHAMIYATI 
 
Asosiy savollar. 

1. Islom dini g‘oyalarining ta‘lim-tarbiyaga ta‘siri


2. Musulmon maktablarida ta‘lim-tarbiyaning mazmuni 
3. Xadis ilmining paydo bo‘lishi. Imom Ismoil al-Buxoriy va Imom at-
Termiziylarning xadis ilmi rivojidagi tutgan o‘rni. 
Tayanch iboralar: «Qur‘on» tenglik totuvlik sura insonparvarlik targ‘iboti 
ruhiy ma‘naviy poklik etuklik, islom aqidalari, ahloqiy-huquqiy tamoyillar, e‘tiqod, 
ehtirom, etika, namoz, zaqiyot, ramozon, haj qilish. Ma‘naviy ehtiyoj, borliqni 
mafkuraviy idrok etish, xadis, sunna, rivoyat ijodiy meros. 
1-asosiy savolning bayoni: 
Maqsad: Islom dini g‘oyalarining ta‘lim-tarbiyaga ta‘sirining mohiyatini 
talabalarga tushuntiriladi, islom dini g‘oyalarini to‘g‘ri talqin etish va uni 
mukammal o‘rganishga qiziqish uyg‘otiladi. 
Indentiv o’quv maqsadlar: 
1. Islom dini g‘oyalarining mohiyatini tushuntirib berishadi; 
2. Islom dini g‘oyalarining ta‘lim-tarbiya ta‘sirini belgilab berishadi; 
3. Islom dini g‘oyalarining ta‘lim-tarbiya ta‘sirini asoslab berishadi; 
4. Islom dini g‘oyalarining ta‘lim-tarbiya ta‘sirini tahlil qiladi; 
VII asr boshlarida islom g‘oyasiga asoslangan arab xalifaligi tashkil topildi. 
Bu davlat o‘z mavqeini mustahkamlash uchun. U III Asr o‘rtalariga kelib 
mavoraunnaxrni zabt etishga to‘la erishdilar. Islom Arabiston yarim orolida uning 
ko‘p asrlik tarixida o‘sib chiqqan yaxlit diniy siyosiy oqim sifatida vujudga keldi. 
Islom dinining asoschisi va targ‘ibotchisi Muhammad ibn Abdulloh 570 yilda 
Makkada Qurayish qabilasiga mansub Hoshimiylar xonadonida tug‘iladi. 
«Qur‘on» - dunyo madaniyatining ulkan boyligi, barcha musulmonlarning 
muqaddas kitobi bo‘lib arab tilida «qirot» ma‘nosini anglatadi. U 114 suradan 
iborat. «Qur‘on» -kishilarni tenglikka, birodarlikka, tinch totuv yashashga
ezgulikka undaydi. Shunga ko‘ra, u katta axloqiy ahamiyatga ega. «Qur‘onning» 
axloqiy qimmati xaqida fikr yuritilar ekan, insonning ma‘naviy kamolotga etishida 
qay darajada muhim o‘ringa ega ekanligiga amin bo‘lamiz. Shuning uchun u mana 
necha asrlardan berishi insoniyatning eng ulug‘ qadriyati sifatida e‘zozlanib 


69 
kelmoqda. Islom odamlarni yaxshilika da‘vat etadi, yomonlikdan qaytaradi.. 
Insonparvarlikni targ‘ib etib, razolatni qoralaydi, odob-axloq -ma‘naviy poklik va 
etuklikka va mehnat qilishga hamda er yuzini obod etishga undaydi. U adolat, 
tenglik, tinchlik, erkni tarannum etadi. Buni biz «Qur‘on» ning insonni kamolotga 
erishishda qay darajada o‘rin egallashlarini, uning insonga butun borliqqa 
munosabati, turmush tarzi va xulq odobi me‘yorlarini tarkib toptirishda ulkan 
ahamiyatdan ham bilsak bo‘ladi. 
Ma‘lumki, etuk inson, avvalo o‘zining ilmliligi bilan namoyon bo‘ladi. Islom 
musulmonlarni taraqqiyot sari undagan. Chunki inson shaxsi, jamiyat, ilm bilan 
kamolotga etadi, taraqqiy etadi. Kishilarni ilmga qiziqtirish uchun
« Ku‘on» ning « Zumar» surasi 9- oyatida shunday deyiladi. 
Ayting: biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo‘lurmiq» Darxaqiqat, 
faqat aql egalarigina pand- nasixat olurlar. Islomda insoning aqliy kamoloti va 
tafakkuriga katta e‘tibor beriladi. Bular ilm va xaqiqatni dallilar bilan isbotlashda: 
islomning aniqlik dini, uning taqlid dushmani ekanligida namoyon bo‘ladi. Har bir 
narsani Har tomonlama o‘rganib chiqib to‘g‘risini tanlab olishga: « Mening 
badanlarimga- so‘z quloq tutib uning eng go‘zaliga 
ergashadigan zotlarga xushxabar bering! Ana shular Allox xidoyat qilgan zotlar va 
ana shulargina aql egalaridir (« Zumar» surasi 18 oyat). Har bir fikrni o‘ylab 
tushunib, keyin unga rioya etganlar Allox xidoyat etgan kishilar haqiqiy aql egalari 
deb ataladi. Albatta ilm aql yordamida amalga oshadi. Shunga ko‘ra, «Qur‘on»da 
insonni aql ishlatishga chaqiriladi. Unda aql insonga berilgan buyuk ne‘mat deb 
ta‘riflanadi. Aqlni ishlatmaslikning yomon oqibatlari xususida so‘z yuritiladi. 
Islomda bilim, aql inson kamolotining me‘zoni hisoblanib, inson ko‘rish, eshitish, 
aqlni ishlatish vositasida bilish qobiliyatiga ega bo‘ladi degan. 
Ilm fan taraqqiyoti insonning axloqiy kamolga etishida katta axamiyatga ega 
shunga ko‘ra, xulq odob qoidalarini tarkib toptirishga «Qur‘on»da e‘tibor beriladi. 
Har bir shaxsning jamiyatning ravnaq topishida axloqning asosiy roli tasvirlanadi. 
«Qur‘on»da har bir mo‘min musulmon bajarishi zarur bo‘lgan yaxshi xulqlar 
insonni haqiqiy kamolotga undovchi insoniy fazilatlaridir deb tushintiriladi. Chunki 
islom dinining asosiy maqsadi ham yomonlikning oldini olish kishilarga 
yomonlikning hunik oqibatlarini tushuntirish hamda ularni doimo to‘g‘ri yo‘lga 
chaqirishdan iboratdir. «Qur‘on»da insonni imonning o‘ziga xos me‘zoni sanalgan 
saxovat mehmonnavozlik, jasorat, sabr va qanoat, to‘g‘rilik, vafodorlik va 
sodiqlikka katta e‘tibor berilgan. Insondagi axloqiy sifatlardan eng muhimi hayr-
ehsonlarda haqida alohida fikryuritiladi. 
Qur«‗oni karim»da ehsonga loyiq kishilarga birinchi navbatda ota-onalar 
kiritilgan va ota-ona haqqi belgilab beriladi. «Al-Isro» surasining 23-24 oyadlarida 
ota-onaga yaxshilik Allox taologa ibodat qilishdan keyin 2 vazifa sifatida 
ta‘kidlanadi. Mazkur oyadlarida eng oliy insoniy muammoli qoidalari sifatida 
quyidagilar belgilangan: 
ota-ona xatti-harakattaining farzandga malol kelmasligi; 
ota-ona bilan gaplashganda ularga og‘ir botadigan so‘z aytmaslik; 
ota-onaga ehtirom bajo keltirish
ota-onaga rahim shavqat qilish; 
ularning haqiga duo qilish; 


70 
«Qur‘on»da kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yaxshilash to‘g‘risida 
ham gap boradi va bu oliy darajadagi insoniy xislat bo‘lib, pok qalbli kishilargina
bunga erisha oladi. 
«Xujurot» surasining 10-oyatida: «Mo‘minlar hech shak- shubhasiz og‘ainilardir. 
Bas, sizlar ikki og‘a-iningiz o‘rtasini o‘nglab qo‘yinglar», -deyiladi. «Qur‘on»da 
insondagi zarur xislatlardan sanalgan oliy- janoblik haqida ham fikr yuritiladi. 
«Xashr» surasining 9-oyatida « garchi o‘zlarida ehtiyoj bo‘lsada o‘zlarini kuyib 
oysor –ixtiyor qilurlar . Kimki o‘z nafsining baxilligidan saqlana olsa bas, ana 
o‘shalar najot topguvchi zotlardir». «Qur‘on» ning ma‘lum oyatlari shirinsuxanlika 
bag‘ishlanadi. To‘g‘ri so‘z va muomala madaniyatiga rioya qilish qonun- qoidalari 
Islomgacha ham bo‘lgan. «Qur‘on» da insonni ahloqiy kamolga etkazishda yaxshi 
kishilar bilan hamsuhbat bo‘lish ham katta ahamiyatga ega, deb ko‘rsatiladi. 
Islomda salomga alik olish xususida «Niso» surasining 86 oyatida «qachon sizlarga 
biron ibora bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olinglar yoki 
o‘sha iborani qaytaringlar» , - deyiladi. «Qur‘on» da insonni ma‘naviy pok bo‘lish, 
havoyi nafsdan saqlanish masalalariga ham e‘tibor beriladi. Havoyi nafsga 
berilishning asosiy sababi sifatida kishi irodasining zaifligi va ilmsizligi yoki 
ilmning kamligi ko‘rsatiladi. Chunki inson bilimsizligi tufayli xavoyi nafsga 
mahkum etiladi, shunga ko‘ra aqlni ishlatib hayotda to‘g‘ri yo‘l tutishga da‘vat 
etiladi. Masalan, «an‘om» surasining 119 oyatida «Shubhasiz , ko‘p kishilar o‘z 
xoyu-xavaslari bilan bilmagan hollarida o‘zlarini yo‘ldan ozdururlar». «Rum» 
surasining 29- oyatida «Zolim kimsalar biron bilim- hujjatsiz xavoyi nafslariga 
ergashib Allohga shirk keltiradilar » kabi fikrlar buning dalilidir. «Qur‘on» da 
insonni axloqiy kamolga etkazishda zid xususiyatlar: man- manlik, va aroqho‘rlik 
va qimorbozlik ,talonchilik, boshqalarni kamsitish, badgumonlik, chaqimchilik, 
g‘iybatchilik, maishiy buzuqlik, xasadgo‘ylik, ochko‘zlik kabilar xususida ham 
ibratli fikrlar bildirilgan. «Qur‘on » da xaqiqiy inson bir-birini kamsitmasligi, 
boshqalarni hurmat qilishi, shu bilan kishilar o‘rtasida totuvlikni mustahkamlashi 
mumkin ekanligi kabi g‘oyalar ham mavjud. Islomda xasad ham eng qabix xislat 
sifatida qoralanadi. 
«Qur‘on» da insonning axloqan kamol topishida bekorchi gap so‘zlardan 
yiroq yurish, mayda va behuda gaplarga vaqt ketgazmasliklardan o‘zini chetga olish 
kabilarga ham e‘tibor berilgan. Insonning ma‘naviy kamol topishida me‘yorni 
saqlash katta ahamiyat kasb etadi. 
«Qur‘on» da ta‘lim berilishicha mol-dunyo insonni sinash uchun beriladi. 
Mol dunyoga erishgan har bir inson uni to‘g‘ri yo‘lda sarflash kerak, deyiladi. 
(«Anfol» surasi,28-oyat ). 
«Qur‘on» da ta‘lim berilishicha boylik abadiy emas, xaqiqat va yaxshilik abadiydir. 
Islom ta‘limotida ilgari surilgan muhim g‘oyalardan yana biri va uning eng muhim 
tarkibiy qismi poklik va tozalikka rioya qilishdir. 
Islom uzoq vaqt sho‘ro mafkurasida uning halqlar o‘rtasida dushmanlik 
ruxini singdiruvchi, insonning qadr-qimmatini kamsituvchi, bilish va 
qobiliyatlarini, aqlning, inson ijodiy qobiliyatlarining kuchini , inson irodasini inkor 
etuvchi din sifatida tanqid qilib kelindi. Lekin biz yuqorida ko‘rib o‘tgan masalalar 
bunday fikrlar asosi ekanligini ko‘rsatdi. Islom va uning asosiy ta‘limoti 


71 
mujassamlangan «Qur‘oni karim» da insonni ham aqliy ham axloqiy, ham jismoniy 
, bir so‘z bilan aytganda komil insonni tarbiyalashda muhim manba ekanligi 
namoyon bo‘ladi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin