68
Nazorat topshiriqlari.
1. Kaysi udum insonga xurmat va e‘tiborni bildiradi?
A) Shirinsuzlik,
B) Birga ovkatlanish,
V) Yaxshi kiyinish,
G) Salomlashish
13-MAVZU: QUR'ONI KARIM SURALARI VA HADISLARNING TARBIYAVIY AHAMIYATI
Asosiy savollar.
1. Islom dini g‘oyalarining ta‘lim-tarbiyaga ta‘siri
2. Musulmon maktablarida ta‘lim-tarbiyaning mazmuni
3. Xadis ilmining paydo bo‘lishi. Imom Ismoil al-Buxoriy va Imom at-
Termiziylarning xadis ilmi rivojidagi tutgan o‘rni.
Tayanch iboralar: «Qur‘on» tenglik totuvlik sura insonparvarlik targ‘iboti
ruhiy ma‘naviy poklik etuklik, islom aqidalari, ahloqiy-huquqiy tamoyillar, e‘tiqod,
ehtirom, etika, namoz, zaqiyot, ramozon, haj qilish. Ma‘naviy ehtiyoj, borliqni
mafkuraviy idrok etish, xadis, sunna, rivoyat ijodiy meros.
1-asosiy savolning bayoni:
Maqsad: Islom dini g‘oyalarining ta‘lim-tarbiyaga ta‘sirining mohiyatini
talabalarga tushuntiriladi, islom dini g‘oyalarini to‘g‘ri talqin etish va uni
mukammal o‘rganishga qiziqish uyg‘otiladi.
Indentiv o’quv maqsadlar:
1. Islom dini g‘oyalarining mohiyatini tushuntirib berishadi;
2. Islom dini g‘oyalarining ta‘lim-tarbiya ta‘sirini belgilab berishadi;
3. Islom dini g‘oyalarining ta‘lim-tarbiya ta‘sirini asoslab berishadi;
4. Islom dini g‘oyalarining ta‘lim-tarbiya ta‘sirini tahlil qiladi;
VII asr boshlarida islom g‘oyasiga asoslangan arab xalifaligi tashkil topildi.
Bu davlat o‘z mavqeini mustahkamlash uchun. U III Asr o‘rtalariga kelib
mavoraunnaxrni zabt etishga to‘la erishdilar. Islom Arabiston yarim orolida uning
ko‘p asrlik tarixida o‘sib chiqqan yaxlit diniy siyosiy oqim sifatida vujudga keldi.
Islom dinining asoschisi va targ‘ibotchisi Muhammad ibn Abdulloh 570 yilda
Makkada Qurayish qabilasiga mansub Hoshimiylar xonadonida tug‘iladi.
«Qur‘on» - dunyo madaniyatining ulkan boyligi, barcha musulmonlarning
muqaddas kitobi bo‘lib arab tilida «qirot» ma‘nosini anglatadi. U 114 suradan
iborat. «Qur‘on» -kishilarni tenglikka, birodarlikka, tinch totuv yashashga,
ezgulikka undaydi. Shunga ko‘ra, u katta axloqiy ahamiyatga ega. «Qur‘onning»
axloqiy qimmati xaqida fikr yuritilar ekan, insonning ma‘naviy kamolotga etishida
qay darajada muhim o‘ringa ega ekanligiga amin bo‘lamiz. Shuning uchun u mana
necha asrlardan berishi insoniyatning eng ulug‘ qadriyati sifatida e‘zozlanib
71
mujassamlangan «Qur‘oni karim» da insonni ham aqliy ham axloqiy, ham jismoniy
, bir so‘z bilan aytganda komil insonni tarbiyalashda muhim manba ekanligi
namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: