Ta'lim tizimini boshqarish va unga rahbarlik qilishning asosiy qoidalari
2
V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar:
Auditoriyada olingan bilim va ko‘nikmalami mustahkamlash, o‘tilgan mavzu bo‘yicha mustaqil tayyorgarlik ishlarini bajarish. Ushbu maqsadlarda axborot-ta’lim resurslaridan, ta’lim muassasasida mavjud kutubxona, o‘quv zallaridan unumli foydalanish. Mazkur fanning xususiyatlaridan kelib chiqib kasbiy mahoratni rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan vazifalami maqsadli amalga oshirish.
Talaba nimalar bilan mustaqil shug‘ullanishi kerak?
Talaba Pedagogika.Psixologiya fanini mukammal o‘zlashtirish uchun adabiyotlardan foydalanib, reja tuzishni va reja asosida mavzuni mazmunini yoritishni, izlanishni, o‘z ustida ishlashni o‘rganishi zarur.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik va o‘quv qo’llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
tarqatma materiallar bo‘yicha ma'ruza qismini o‘zlashtirish;
o‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash;