5. Bolalar psixologiyasining yordamchi metodlari
Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasining o‘rganishda suhbatning maqsad va vazifasi belgilanadi, uning ob’ekti va sub’ekti tanlanadi, mavzusi, o‘tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o‘tkazish rejalashtiriladi, o‘rganilayotgan narsa bilan uzviy bog‘liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o‘zgarishlarni o‘rganishdir. Suhbat orqali turli yoshdagi odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, tiyrakligi, bilim saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to‘g‘risida ma’lumotlar olinadi. Suhbat chog‘ida o‘zaro izchil savollar beriladi.
Suhbat metodining yuqorida ta’kidlangan ijobiy jihatlari bilan birga ayrim zaif tomonlari ham mavjud. Qaytariq so‘zlar, “g‘aliz” iboralari, nutqning tezligi, fikrning mavhumligi, zerikarli muvaffaqiyatsizlikka sabab bo‘ladi. Shuningdek, savol-javobning bir xil shaklda emasligi, sinaluvchida o‘ziga xos ishlar uslubi, oshkoralik yetishmasligi, iymanish, uyalish atroflicha ma’lumotlar olishni qiyinlashtiradi va shu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.
Dostları ilə paylaş: |