Maktabgacha yosh davridagi bolalarning psixologik xususiyatlari.
Ko‘rsatkichlar.
|
4-5 yosh.
|
Tafakkur
|
Ko‘rgazmali obrazli
|
Nutq
|
Faol nutqni tugashi, fikrini ifodalashga o‘rganish.
|
Bilish jarayonlarining ixtiyoriyligi
|
Diqqat va xotira ixtiyorsiz; o‘yinda ixtiyoriy yodda olib qolish rivojlana boshlaydi.
|
Fiziologik noqulaylik
|
Noqulaylikka nisbatan ta’sirchanlikni kamayishi.
|
Bilishobekti
|
Bevosita idrok qilinmaydigan predmet va hodisalar.
|
Bilish uslubi
|
Kattalarning hikoyasi, eksperiment.
|
Muvaffaqiyat sharti
|
Kattalarning dunyoqarashi va yaxshi rivojlangan nutq.
|
Muloqot shakli
|
Vaziyatdan tashqari ishchi.
|
Tengdoshlar bilan munosabat
|
Syujetli o‘yinlarda sherik sifatida qiziq.
|
Kattalar bilan munosabat
|
Axborot manbai.
|
Nizolar
|
Mavjud yemas.
|
Emotsiyalar
|
Bir muncha tekis, nazorat qilishga harakat qiladi.
|
O‘yin faoliyat
|
Tengdoshlar bilan jamoaviy; rolli dialog, o‘yinli vaziyat.
|
Olti yoshli bolaning psixik tayyorligi haqida gapirilganda ko‘pincha muayyan reja asosida, tartibli, ko‘p qirrali maqsadga yo‘naltirilgan, o‘zaro mantiqiy bog‘liq, izchil boshlang‘ich talimga zamin vazifasini o‘tovchi psixik o‘sish darajasidan tashqari, bola turmushi va faoliyatining tafovutlari, sharoitlari, o‘ziga xosligi uning sixat-salomatligi, usuliy jiaxtdan tayyorgarligi, oddiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirgani kabi omilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Yuqorida aytilganlarning hammasi bolaning maktab talimiga psixologik jixatdan tayyorligining obektiv tomonlarini ifodalaydi.
Bola maktab talimiga psixologik tayyorlanishining subektiv tomoni ham mavjuddir. Uning maktabda o‘qish xohishi, intilish, katta yoshdagi odamlar bilan muloqotga kirishish istagi mazkur tayyorgarlik bilan o‘zviy bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: |