I. pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish yollari II
Ilmiy izlanishning maqsadi: Boo’ajak pedagoglarda kreativlikni
shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslarini o’rganish va amaliy
jihatdan tavsiflash.
I. BO’LAJAK PEDAGOGLARDA KREATIVLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI. 1.1. Pedagoglarning kreativlik imkoniyatlari va ularning tarkibiy asoslari. Hozirgi zamon pedagogikasi yuqori malakali pedagogik kadrlarga ehtiyoj sezadi.Ushbu loyihani amalga oshirish quyidagilarni amalga oshiriladi:
1. O’qituvchilarni ma‟naviy va moddiy rag’batlantirish sistemalarni tadbiq
etish;
2. Pedagogik kadrlarni attestatsiyadan o’tkazishda qo’yiladiagan talablarni
yangilash;
3. Ularning malakasini oshirish;
4. Eng yaxshi o’qituvchilarning tajribalarni keng ommalashtirish.
Yangi, hozirgi zamon standartlarini amalga tadbiq etish o’qituvchidan nafaqat yuqori malakani va doimiy kasbiy rivojlanishni, balki o’z ishiga ijodiy yondashishni talab qiladi. O’qituvchining kreativligi o’z tajribasini qayta ko’rib chiqishi va yaxshilash hammaga ma‟lum narsalarni o‘zgartira olishi va ijodiy foydalana bilish, sifat jihatdan yangiliklarni yaratish juda katta ahamiyatga ega bo’lib bormoqda.
Kreativlik tushunchasi (lot., ing. “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) ingliz tilidan tarjima qilganda ijod ma‟nosini anglatadi. Haqiqattan esa yangi, original (Oziga xos) yanada sayqallangan moddiy va ma‟naviy bog’liqliklarni yaratishdir. Kreativlikni: ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, O’ziga doimiy tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkin. Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika lug’atlariga asoslanib O’qituvchining kreativligi deb uning fikrlaridagi sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish
darajasi deb ta‟riflash mumkin.
O’qituvchining kreativligi, bu uning qat‟iy, chegaralangan yoki sust chegaralangan sharoitlarda har xil original g’oyalarni izlab toppish laoyiqatidir. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish quyidagi O’zaro bir-biriga bog’liq kreativlik tarkibiy komponentlarini ajratsh imkoni beradi:
1. Intellektual (aqliy);
2. Ahloqiy (o’z-o’zini boshqarish);
3. Motevatsion (maqsadiy);
4. Emotsianal (his hayajonli).
Kretiv layoqat quyudagi o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lgan qismlardan iborat bo’ladi:
1. Kreativlik maqsad;
2. Ijodiy intilish;
3. Kreativ (ustanovka) qurish,
4. Kreativ yo’nalish;
5. Kreativ ifodali akt;
6. Kreativ o’z-o’zini boshqarish;
7. Kreativ faollik;
8. Kreativ intilishlar darajasi.
O’qituvchining kreativligi uning ijodiy faoliyatida paydo bo’ladi va rivojlanadi. K.Rodgers “Ijod-o’z o’zini kuchaytirish demakdir” degan asarida ijodiy shaxs uchun eng asosiy savollardan birini beradi: “Meni meni hayot tarzim qoniqtiradimi yoki to’g’ri talqin etadimi. O’qituvchining ushbu savolga javobi uning kasbiy va ijodiy cho’qqilarga intilishi yuqori ijodoy malakali va o’zini ijodiy tomondan to’la namoish etishga intilishi kreativ shaxs bo’lishi”. Shunday qilib kreativlik o’qituvchining ijodiy faoliyatida ijodiy intilishi, ijodiy qobiliyati, kreativ maqsadi, yo’nalishi va o’zini boshqara olishida ko’rinadi va uni o’zini faolligi, o’zini-o’zi boshqara olishi bilan yetuk rivojlanayotgan, o’sayotgan shaxsga aylanayotganini bildiradi.Pedagogning kreativlik potentsiali uning umumiy xususiyati sifatida aks etadi. U ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Mazkur sifat shaxsning o’z-o’zini namoyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni ifodalaydi. Qolaversa, kreativ potentsial negizida har bir mutaxassisning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon bo’ladi.Kreativ potentsial bilish jarayoniga yo’naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas bog’liq. Pedagogning kreativ potentsiali an’anaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda quyidagilarda namoyon bo’ladi:
- tafakkurning tezkorligi va egiluvchanligi;
- yangi g’oyalarni yaratish qobiliyati;
- bir qolipda fikrlamaslik;
- o’ziga xoslik;
- tashabbuskorlik;
- noaniqlikka toqat qilish;
Pedagog kreativlik potentsialiga ega bo’lishi uchun kasbiy faoliyatida quyidagilarga e‟tiborini qaratishi zarur:
- kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish;
- yangi-yangi g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish;
- ilg’or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o’rganish;
- hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish.
Har bir pedagogning o’zini- o’zi rivojlantirishi va o’zini- o’zi namoyon eta olishi bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog’liq. Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo’lishlari pedagogic muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o’zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta’minlanadi. Pedagog o’z-o’zidan ijodkor bo’lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma‟lum vaqt ichida izchil o’qib-o’rganish, o’z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo’lgani kabi bo’lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo’lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo’yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o’zini-o’zi ijodiy faoliyatga yo’naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni echish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur.Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala echimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o’z oldiga muammoli masalalarni qo’yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo’lgan dalillar bilan to’qnash keladi. Buning natijasida o’z ustida ishlash, mustaqil o’qib o’rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi.