Tabaqalashtirish (lot. “diferentia” – “farqlanish”, “darajalanish”) –butunning turli bosqich yoki darajalarga ajratilishi.
Davrlashtirish (yunon. “peridos” – “doira bOylab aylanish”) – muayyan hodisaning qandaydir yakunlangan jarayonni qamrab olgan vaqt birliklariga ajratilishi
Kreativ jihatdan rivojlanishda har bir shaxs hayotida davr va bosqich muhim ahamiyat kasb etadi. Demak:
Kreativlikning rivojlanish davri– ma‟lum kreativlik sifatlarining rivojlanish yakuniga etgan qandaydir vaqt birligi.
Kreativlikning rivojlanish bosqichi – muayyan kreativlik sifatlarining rivojlanganlik darajasi
Shunga ko’ra ma‟lum davr va bosqichlarda pedagoglarda ham kreativlik sifatlari ijodiy faoliyat malakalari rivojlanadi. Kreativ tafakkurga ega b o’lajak pedagoglar: boshqa bo’lajak pedagoglarning xayoliga kelmagan g’oyalarni bildiradi; o’zlarini ifoda etishning o’ziga xos uslubini tanlaydi; ba‟zan mavzu aloqasi yo’q yoki g’ayrioddiy savollar beradi; echimi ochiq qolgan vazifalardan zavqlanadi; g’oyalarni aniq dalillar asosida muhokama qilishni afzal ko’radi; muammoning echimini topishda noan‟anaviy yondashuvni tanlaydi.
- Shaxsga xos kreativlik sifatlari quyidagilar sanaladi:
- Ijodiy yo’nalganlik;
- Mantiqiy fikrlash qobiliyati;
- Eruditsiya (bilag’onlik);
- Boy tasavvurga egalik;
- Ijodiy ta‟sirchanlik va tashabbuskorlik;
- O’z ijodkorligini to’la-to’kis namoyish etish;
- Refleksiya qobiliyati;
- Hissiyotga boylik;
- Tavakkal qila olish qobiliyati;
- Tafakkur tezligiga egalik;
- Ichki sezgining rivojlanganligi;
- O’ziga xos (orginal) g’oyalarni ilgari sura olish qobiliyati;
- Innovatsion qobiliyatga egalik;
- Yuksak badiiy qadriyatlarga egalik;
- Mavjud tajriba va bilimlar asosida yangi qarorlarni qabul qilish malakasi.
Pedagoglar kreativlik sifatlari bilan bir qatorda ijodiy faoliyatni tashkil etishga layoqatlilikni ifodalovchi quyidagi malakalarga ham ega bOlishlari zarur: