Pedagoglarda kreativ faoliyatni tashkil etishga imkon beradigan malakalar guruhlari: 1) bilishga oid (gnostik) malakalar;
2) loyihalash malakalari;
3) ijodiy-amaliy (konstruktiv) malakalar;tadqiqotchilik malakalari;
4) muloqotga kiruvchanlik (kommunikativ) malakalari;
5) tashkilotchilik malakalari;
6) izchillikni ta‟minlovchi (protsesssual) malakalar;
7) texnik-texnologik malakalar
Quyida ushbu malakalar guruhlarining mohiyati yoritiladi:
Bilishga oid (gnostik) malakalar: - Bo’lajak pedagoglarning yosh va individual xususiyatlari, jamoaning ijtimoiy- psixologik o’ziga xosligini inobatga olgan holda o’quv-tarbiyaviy vazifalarni aniq belgilash;
- zamonaviy ta‟lim talablaridan kelib chiqqan holda o’quv-tarbiya jarayonini didaktik, psixologik va metodik jihatdan rejalashtirish va tahlil qilish;
- ta‟lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishning samarali shakl, metod va vositalarni asosli ravishda tanlay olish;
- bo/lajak pedagoglar tomonidan o’quv dasturi talablaridan kelib chiqqan holda materiallarni o’zlashtirganlik natijalarini, o’quvchilarning tarbiyalanganlik va rivojlanganlik darajasini aniqlay bilish;
- bo’lajak pedagoglarning bilishga bo’lgan qiziqish, ehtiyoj va faolliklarini rivojlantirish bo’yicha turli ko’rinishdagi ishlarni olib borish;
- darsda, darsdan tashqari sharoitlarda, kuni uzaytirilgan guruhlarda, to’garak, klub yoki jamiyatlarda turli tarbiyaviy ishlarni olib borish;
- bo’lajak pedagoglar, ularning ota-onalari bilan individual ishlarni amalga oshirish;
- bo’lajak pedagoglarda sog’lom turmush kechirishga bo’lgan ehtiyojni shaxsiy va umumiy gigienaga amal qilish ko’nikmalarini, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish malakalarini shakllantirish;
- ta‟lim jarayonida turli ko’rsatmali qurollar, zamonaviy texnik vositalar,axborot va ilg’or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish;
- didaktik material va ko’rsatmali qurollarni ishlab chiqish;
- ota-onalarni pedagogik bilimlar asoslari, bolalarning asosiy yosh xususiyatlari, psixologik o’ziga xosliklari, turli yosh bosqichlarida farzandlar bilan ota-onalar o’rtasida kechadigan munosabatlar mohiyatidan xabardor qilish;
-o’z-o’zini tahlil qilish, o’z-o’zini baholash va shaxsiy faoliyatda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni tuzatish