I. pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish yollari II
E.P.Torrensning shaxsa kreativ sifatlarini namoyon bOlishini aniqlovchi testlarning turlari Bo’lajak pedagoglarda kreativ fikrlash ko’nikmasini shakllantirishdan oldin sinfda qulay muhitni yaratish lozim. Kreativ muhitda ta‟lim olayotgan bo’lajak pedagoglarda asta-sekin kreativ vazifalarni bajarishga nisbatan qiziqish ortadi shuningdek, kreativ tafakkurga ega o’qituvchini kuzatish natijasida kreativ fikrlashga moyil bo’ladi (Sternberg & Williams, 1996). Kreativlik xarakteridagi o’quv-bilish muhiti bo’lajak pedagoglarda ta‟lim jarayonida katta ahamiyatga ega bo’lgan tanqidiy va kretiv fikrlash ko’nikmasining rivojlanishiga olib keladi (Boykin & Noguera, 2011, 2012; Marks, 2000, as cited in Jensen, 2013).
Bo’lajak pedagoglarning kreativ tafakkurga ega bo’lishlari ularda ijodiy muhitning qanchalik tarkib toptirilganligiga bog’liq. “To’laqonli kreativlikxarakteriga ega ta‟lim muhitini yaratish puxta o’ylangan rejaga tayanadi. O’qituvchilar agarda o’zlarining kreativ o’qitish metod va strategiyalarini qo’llash turlari Shaxsning hayotiy tajribasi va shaxsiy sifatlarini aniqlovchi testlar. Ijodiy tafakkur va uning natijalari (tezkorlk, samaradorlik, mahsuldorlik va aniqlovchi testlar (ya‟ni keng ko’lamda o’ylash va kreativ fikrlash jarayonini tashkil etish)da katta samaradorlikka erishishni istasalar, buni bo’lajak pedagoglar ongiga singdirishlari va o’z vazifalarini sidqidildan bajarishlari lozim (Higgins, Hall, Baumfield, & Moseley, 2005)”. Qolaversa, “kreativ xarakterga ega muhitdagina bo’lajak pedagoglar o’rganayotgan mavzuning mazmuni, o’quv axborotlar o’rtasidagi o’zaro aloqani tushunish imkoniyatiga ega bo’ladi va bu haqida fikrlash boshlashadi (Anderson et al., 2000)”.Ta‟lim amaliyotining kreativ xarakter kasb eta olmayotganligi bir qator tadqiqotchilar tomonidan o’rganilgan. M: xorijiy mamlakatlarda Begetto, Kaufman, Kirshner (2010), Sveller, Klark (2006) kabi tadqiqotchi-pedagoglar buning sabablari hamda ularni bartaraf etish shartlarini quyidagilar bilan izohlaydilar: “Ko’p hollarda, o’qituvchilar fanning faqat mazmuni bilan tanishadilar, biroq fikrlash jarayoniga katta ahamiyat va e‟tibor va talablar qanday rivojlanishlari mumkinligi haqida hech qanday ma‟lumot bermaydilar.
O’qituvchining palapartish yo’riqlar berish yondashuvining samaradorligi bo’lajak pedagoglar o’quv faoliyatini oshirishga yo’naltirilgan metod va strategiyalardan sezilarni darajada past (Beghetto, Kaufman, 2010; Kirschner, Sweller, Clark, 2006). Vaholanki, talablarda fikrlash ko’nikmasi bo’yicha yo’riqlarni aniq va tushunarli etkazib berish uchun o’qituvchi (tanqidiy, kreativ) fikrlash usullari, ko’nikmalarni samarali shakllantitrish yo’llari bilan bo’lajak pedagoglarni tanishtirish, orqali bo’lajak pedagoglar o’quv faoliyatini nazorat qilish va uni yo’naltirishi lozim”. Mualliflar tomonidan bildirilgan fikrlarning misollar yordamida yoritilganligi o’qituvchi va bo’lajak pedagoglarning kreativ fikrlash jarayonini tashkil etish to’g’risidagi fikrlarini oyinlashtirishga yordam beradi. “M: bo’lajak pedagoglar “Immigratsiya hodisasining mohiyatini “Aqliy hujum” strategiyasi asosida o’rganish jarayonda, eng avvalo, strategiyaning o’zi nimaligini, uni qanday qo’llash zarurligi haqidagi tushunchalarga ega bo’lishlari lozim”.Shaxs kreativligini rivojlantirish jarayonida “tabaqalashtirish”,“davrlashtirish” tushunchalarining muhim ahamiyat kasb etishi e‟tiborni tortadi.Xo’sh, bu ikki tushuncha qanday mazmunni ifodalaydi?