Darsning maqsadi: O‘quvchilarga organik moddalarning hosilalari modda tarkibiga kirgan atomlarni bir-biri bilan birikish tartibiga ham bog‘liq ekanligini tushuntirish, ya’ni, izomeriya to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berishda izomeriyaning turlari (uglerod zanjirining tarmoqlanishi, molekula tarkibidagi qo‘shbog‘larning yoki funksional guruhlarning joylashishiga bog‘liq bo‘lgan izomeriyalar) hamda organik moddalarning nomenklaturasi (tarixiy, ratsional va xalqaro) haqida o‘quvchilar tomonidan 9-sinfda o‘zlashtirgan bilimlarni rivojlantirib borishdan iborat.
Dars rejasi: A.M.Butlerovning organik birikmalarni kimyoviy tuzilish nazariyasidagi «Moddalarning xossalari molekula tarkibiga qanday atomlar va qancha atomlar kirishigagina bog‘liq bo‘lmay, balki molekulada bu atomlarning qanday tartibda birikkanligiga, ularning o‘zaro ta’siriga ham bog‘liq bo‘ladi» degan tushuncha asosida izomeriya hodisasini tushuntirishdan boshlash maqsadga muvofiq.
Izomeriya haqida tushuncha.
Organik birikmalar son jihatidan juda ko‘p bo‘lishiga sabab, ulardagi izomeriya hodisasidir. Izomeriya (grekcha –isos-teng va meros-qism) terminini fanga shved kimyogari A.Bersellius tomonidan kiritilgan.