I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə12/61
tarix12.02.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#84021
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61
10metqul

Izomerlar soni


6
8
10
20
30

5
18
75
336319
4111846763

O‘quvchilardagi izomeriya haqidagi bilimlar umumlashtirilib, rivojlantiriladi.


Organik birikmalarni nomlanishida tarixiy nomlanishdan boshlab, ratsional nomlash va 1882 yilda qabul qilingan Jeneva nomenklaturasi, 1960 yilda qabul qilingan Jeneva nomenklaturasini takomillashgan varianti bo‘lgan-IUPAC nomenklaturasi haqida tushunchalar beriladi.
IUPAC (xalqaro yoki sistematik) nomenklaturada asosiy zanjir Jeneva nomenklaturasi kabi aniqlanadi va yon zanjirlarni nomerlash agar ikki yoki undan ortiq yon zanjir asosiy zanjir uchlaridan teng uzoqlikda bo‘lsa, alfavit bo‘yicha avval aytiladigan harfdan yoki nisbatan oddiyroq yon zanjir tomondan boshlanadi.
Mavzuning asosiy qismi o‘quvchilarga ma’lum bo‘lganligi uchun darsda asosan mustaqil ishlashga ko‘proq e’tibor berish kerak.
Dars nihoyasida mashqlar bajarish va uy vazifasiga ham quyidagi tipdagi topshiriqlardan ko‘p miqdorda berish tavsiya etiladi.


Uyga vazifa:

  1. Izomeriya turlariga misollar keltiring.

  2. C6H14 va C6H12 uglevodorodlarining ochiq zanjirli barcha izomerlarini tuzilish formulasini yozing va nomlang.

  3. C6H13Cl tarkibli moddaning ochiq zanjirli izomeri soni nechta? Nomlang.

  4. C6H14OH tarkibli birikmalarning holat izomerlarini ko‘rsating va nomlang.



3-DARS. Atomlarda elektronlarni harakatlanishi. s va p-elektronlar. Organik birikmalarda kimyoviy bog‘lanish. - va -bog‘lar.


Darsning maqsadi: O‘quvchilarga atomlardagi elektronlarning yadro atrofidagi harakatlanishi, s va p-elektronlar haqida 8-sinfda o‘rgangan bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tushunchalar berish. Organik birikmalardagi kimyoviy bog‘lanishlar tabiati va - hamda -bog‘lar haqida tushunchalar bilan o‘quvchilarning 9-sinfda olgan bilimlarini mustahkamlash.

Darsning boshida o‘quvchilardan davriy jadvaldagi IV guruh asosiy guruhchasidagi elementlarni atom tuzilishini yozishlik talab qilinadi. O‘quvchilar tomonidan bajarilgan mustaqil ishi ko‘rib bo‘lingandan so‘ng dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi.



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin