I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə19/61
tarix12.02.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#84021
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61
10metqul

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga to‘yingan uglevodorodning galogenli hosilalari va ularning ishlatilishi haqida ilmiy tushunchalar berish.

Dars rejasi:


  1. Тo‘yingan uglevodorodlarni galogenli hosilalari

  2. Izomeriyasi va nomenklaturasi.

  3. Galogenli hosilalarni molekulalaridagi atomlarni o‘zaro ta’siri va kimyoviy xossalari.

  4. Тo‘yingan uglevodorodlar va ularning hosilalarini ishlatilishi.

Тo‘yingan uglevodorod molekulasi tarkibidagi vodorod atomlari o‘rniga galogen almashgan birikmalar galogenli hosilalar deyiladi.


-monogaloid alkan R-X


-digaloid alkan R-X2
-trigaloid alkan R-X3
R-radikal, X-galogen F,Cl,Br,I

C6H5Cl tarkibli moddalar:


CH3-CH2-CH2-CH2-CH2-CH2Cl 1-xlorgeksan


CH3-CH2-CH2-CH2-CHCl-CH3 2-xlorgeksan
CH3-CH2-CH2-CHCl-CH2-CH3 3-xlorgeksan

Zanjirni tarmoqlanishi hisobiga radikallar soni yana ham ortib ketadi.


CH3-CH(CH3)-CH2-CH-CH2Cl


4-metil-1-xlorpentan

C3H6Br2 tarkibli moddani esa quyidagicha izomerlari mavjud.


CH3-CH2-CHBr2 1,1-dibrompropan


CH3-CHBr-CH2Br 1,2-dibrompropan
CH2Br-CH2-CH2Br 1,3-dibrompropan
CH3-CBr2-CH3 2,2-dibrompropan

Тo‘yingan uglevodorodlarning galoidli hosilalari uchun nukleofil o‘rin olish reaksiyasi xarakterlidir.


CH3BrHOHCH3OHHBr


Reaksiya qaytar bo‘lganligi uchun ishqoriy muhitda amalga oshiriladi.


CH3BrKOHCH3OHKBr


Shuningdek digaloid alkanlar ham bu reaksiyani beradi, natijada aldegid yoki keton hosil bo‘ladi.


Ishlatilishi. Metanning ishlatilishi darslikdagi 24-betda berilgan material asosida tushuntiriladi.
CH4-metan, botqoq yoki kon gazi ham deyiladi. Тabiiy gazning 90-98% ini metan tashkil etadi.
C2H6 –etan, tabiiy gazda 0,6-5%, yo‘ldosh gazlarda 3-20% ni tashkil etadi. Etilen, polietilen, etilen oksid, etandiol, akrilonitril, etil benzol kabi turli xildagi moddalar olishda ishlatiladi.
C3H8-propan, yo‘ldosh gaz tarkibida 18% gacha uchraydi. Propilen, izopropilbenzol, atseton, fenol, glitserin, polipropilen, izopropil spirt kabi ko‘plab moddalar olishda asosiy xom ashyodir.
C2H5Cl-etilxlorid; tetraetilqo‘rg‘oshin olishda, meditsinada og‘riqni qoldiruvchi surtma sifatida ishlatiladi.
CH2Cl2-metilen xlorid; yonmaydigan va oson uchuvchan erituvchi sifatida keng ishlatiladi.
C2H4Cl2-dixloretan; yog‘, smola, mum, kauchuk va boshqa moddalarni erituvchisidir. Vinilxlorid, etilendiamin olish uchun xom ashyodir.
CHCl3-xloroform; juda muhim erituvchi modda sifatida keng miqyosda ishlatiladi. Narkotik ta’sirga ega bo‘lganligi uchun xirurgik operatsiyalarda ham foydalanilgan.
CHJ3-yodoform; tibbiyotda antiseptik vosita sifatida keng qo‘llaniladi.
CCl2F2-dixlordiftormetan; texnikada freon-12 nomi bilan atalib, sovutish agregatlarida ishlatiladi.



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin