15-DARS. Тabiiy kauchuk. Sintetik kauchuklar. Divinil va izopren kauchuklari.
Divinil va izoprenlarning polimerlari kauchuklardir.
Тabiiy kauchuk poliizoprendan iborat bo‘ladi.
Kauchuklar quyi haroratda mo‘rt, yuqori haroratda yopishqoq bo‘lib qoladi.
Kauchukka oltingugurt qo‘shib qizdirilsa, vulkanlanib rezina hosil qiladi. Oltingugurt miqdori ko‘proq bo‘lsa ebonit hosil bo‘ladi.
Тabiiy kauchuk Braziliyaning tropik o‘rmonlarida o‘suvchi Geveya daraxtining o‘simlik shirasi tarkibida uchraydi. (“kaocho”-daraxtning ko‘z yoshi degan ma’noni anglatadi).
Sintetik kauchukni rus olimi S.V.Lebedev 1927 yilda sintez qilgan.
16-DARS. Miqdoriy analiz natijalariga ko‘ra organik moddalarning formulalarini topishga doir masalalar yechish.
Darsning maqsadi: O’quvchilarda o‘zlashtirilgan nazariy bilim va tushunchalar asosida, miqdoriy analiz natijalariga asoslanib, organik birikmalarning formulalarini topishga doir amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
Dars rejasi: O’quvchilarga berilgan bitta masalani mazmunini to‘liq tushunish va uni yechish yo‘llarini o‘rgatish.
Mustaqil yechish uchun masalalar to‘plamini o‘quvchilarga berish.
Uyga vazifa uchun masalalar tanlash va o‘quvchilarga berish.
O’quvchilarda amaliy ko‘nikmalar hosil qilishga doir masala:
1,3 g modda yondirilganda 4,4 g karbonat angidrid va 0,9 g suv hosil bo‘ldi. Bu birikma bug‘larining vodorodga nisbatan zichligi 39 ga teng. Shu moddaning formulasini aniqlang.
Yechish. 1). 4,4 g karbonat angidrid tarkibidagi uglerod miqdorini aniqlanadi.
44 g CO2 da 12 g C bor
4,4 g CO2 da x g C bor
x1,2 g C bor
2). 0,9 g suv tarkibidagi vodorod miqdorini aniqlanadi.
18 g suvda 2 g vodorod bor
0,9 g suvda y g vodorod bor
y0,1 g vodorod bor
3). Birikma tarkibida kislorod bo‘lishi mumkinmi?
Buning uchun yondirishga olingan birikma massasidan, ya’ni 1,3 g dan hisoblashlar orqali topilgan uglerod massasi (1,2 g) va vodorod massasi (0,1 g) ayirib tashlanadi: 1,3-1,2-0,10. Demak, modda tarkibida faqat uglerod va vodorod bor. Kislorod esa yo‘q. U holda uglerod va vodorodning shu moddadagi o‘zaro nisbatlarini hisoblab topiladi.
CxHy modda bo‘lsa x:y[1,212]:[0,11]0,1:0,11:1
Demak, moddaning empirik formulasi (CH) ekan.
4). Haqiqiy formulani topish uchun moddaning molekulyar massasini hisoblab topiladi. Buning uchun vodorodga nisbatan zichlikni vodorod molyar massasiga ko‘paytiriladi: M39278
(CH)n78; 13n78; n[7813]6 Demak, moddaning formulasi C6H6 bo‘ladi.