GEOMETRIYA (68 soat, B1+: 34 soat) O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar: Fazoda dekart koordinatalari, ikki nuqta orasidagi masofa, kesma
o‘rtasining koordinatalarini tasavvur qiladi;
fazoda simmetrik almashtirishlar: markaziy va o‘q simmetriya, tabiatda
va texnikada simmetriya, fazoda harakat va parallel ko‘chish, fazoviy
jismlarning o‘xshashligi, ikki to‘g‘ri chiziq, to‘g‘ri chiziq va tekislik, ikki
tekislik
orasidagi
burchaklarni
biladi,
ko‘pburchak
ortogonal
proyeksiyasining yuzi formulasidan foydalanadi, fazoda vektorlar va ular
ustida amallarni bajaradi, vektorlarning skalyar ko‘paytmasi, vektor uzunligi
va ikki vektor orasidagi burchakni topadi;
prizma, uning turlari va kesimlarini biladi; prizmaning yon sirti, to‘la
sirti va hajmini hisoblaydi; prizma yoyilmasi va uni yasash ishlarini bajaradi;
silindr, uning elementlari va kesimlarini tasavvur qiladi; silindrning yon sirti
va to‘la sirtini hisoblaydi; silindr yoyilmasi va uni yasashga doir masalalarni
yechadi; prizmaga ichki va tashqi chizilgan silindrlarni tasavvur qiladi;
silindrning hajmini hisoblaydi;
piramida, uning turlari va kesimlari, muntazam piramidaning
xossalaridan foydalanadi; piramidaning yon sirti, to‘la sirti va hajmini
hisoblaydi; piramida yoyilmasi va uni yasashga doir ish bajaradi; konus, kesik
konus, ularning elementlari va kesimlarini biladi; konus va kesik konusning
yon sirti va to‘la sirtini topadi; konus yoyilmasi va uni yasashni bajaradi;
piramidaga ichki va tashqi chizilgan konuslarni tasavvur qiladi; konusning
hajmini topadi;
sfera, uning elementlari va kesimlari biladi; sferaning sirti sferik segment
va kamarning sirtini topadi; shar, uning elementlari va kesimlarini tasavvur
qiladi; sharga ichki va tashqi chizilgan ko‘pyoqliklar, konuslar va silindrlarga
doir bilimlarga ega; sharning hajmi, shar sigmenti, sektori va qatlamining
hajmini topadi;
muntazam ko‘pyoqliklar va ularning turlarini biladi; sharga tashqi
chizilgan ko‘pyoqlikning hajmini hisoblaydi; muntazam ko‘pyoqliklarning
yoyilmalari va ularni yasaydi va yechadi.
o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar asosida, berilgan kichik o‘quv-
tadqiqot mavzusi bo‘yicha loyiha ishini bajara oladi.