Ibrohimova orzigul akbarjon qizi


Mavzuni o’rganilganlik darajasi



Yüklə 97,42 Kb.
səhifə2/7
tarix14.12.2023
ölçüsü97,42 Kb.
#177231
1   2   3   4   5   6   7
2 5190474548515974593

Mavzuni o’rganilganlik darajasi. Tarix o’qitish metodikasi o’zining mustaqil tekshirish predmetiga ega Zamonaviy sharoitda ko'plab o'qituvchilar talabalarning o'quv jarayoniga bo'lgan munosabati o'zgarganligini ta'kidlamoqdalar va bu o'zgarishlar hech qanday holatda ta'limning nufuzini oshirish yo'nalishida emas. Yuqori ta'lim motivatsiyasi muvaffaqiyatli o'rganishning kalitidir o'quv materiali va bilim sifatini oshirish. Vizualizatsiyadan foydalanish o'rganish motivatsiyasiga ta'sir qiluvchi ajoyib vositadir. Bugungi kunda zamonaviy tarix fani esa o’quvchilarni avvalo jamiyatdagi yangiliklar, bo’lib o’tayotgan voqea – hodisalarning sabab va oqibatlarini, o’tmishda ro’y bergan tarixiy jarayonlarning asoslarini o’rganish va o’rgatishdan hamda yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga, insoniy fazilatlarga, mehnatsevarlikka, halq merosiga nisbatan muhabbat ruhida tarbiyalashda asosiy o’rin tutadi. Bunday masalalarni tarix darslari jarayonida o’quvchilar ongiga singdirishda esa zamonaviy metodlar va interfaol usullardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari: kurs ishini yozishimdan maqsad shundan iboratki, mamlakatimiz rahbari “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarida “ tarix fanining imkoniyatlaridan foydalanib, Aql – zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo’ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi”,- deb ta’kidlaydi. Shundan kelib chiqib shuni alohida ta’kidlash lozimki, tarix fani o`qituvchilari oldida tarix darslarining samaradorligini yana ham oshirish vazifasi ko`ndalang turibdi. Bunda esa tarix darslarida interfaol usullarni qo`llashyaxshi samara berayotganligi o`tkazilayotgan tajribalardan ham ko`rinib turibdi.
Kurs ishining obyekti va predmeti. Turli xil psixologik va kognitiv qobiliyatlarga (idrok, e'tibor, tasavvur va boshqalar) ega bo'lgan bolalarga e'tibor qaratgan holda, siz vizual yordam ko'rinishidagi rasmlardan, o'qituvchining tushuntirishining asosiy g'oyalari, taqqoslash va tahlil qilish ob'ektlarining moddiylashtirilgan rasmlaridan foydalanishingiz mumkin. Endi biz bo`lajak pedagoglar oldida ustozlarimizdan olgan saboqlarimizni kelajak ish faoliyatimizda keng qo`llashimiz va o`z o`rnida yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishimiz hamda tarix darslari samaradorligini yanada oshirishga o`z hissamizni qo`shishdek vazifalar turibdi. Mazkur kurs ishimni ushbu vazifalarni ado etish uchun tashlagan birinchi qadamim deb hisoblayman.

Yüklə 97,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin