Ibroyim Yusupov shе’riyati



Yüklə 84 Kb.
səhifə2/2
tarix17.01.2023
ölçüsü84 Kb.
#79478
1   2
Ibroyim Yusupov

Ibroyim Yusupov - ulkan talant egasi. XX asr qoraqalpoq she’riyatining yirik vakili, uning boyteragi. Ibroyim Yusupov 1929- yili 25- mayda Chimboy tumanining Ozod qishlog‘ida tug‘ilgan.
Shoirning daslabki she’rlari 40- yillarning o‘rtalarida jarangladi. 1949- yili Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini tomomlagan, shu yerda o‘qituvchi sifatida ishga qoladi.
1956- yildan Ibroyim Yusupov Yozuvchilar uyushmasining a’zosi.
1961-1962- yillarda “Amudaryo” jurnalining bosh muhariri lavozimida ishlaydi. 1962-1965- yillarda Najim Davqarayev nomidagi tarix, til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo‘lib ishlaydi. 1965-1980- yillarda “Erkin Qoraqalpog‘iston” (sobiq “Sovet Qoraqalpog‘istoni”) gazetasining bosh muharriri, 1980-1988- yillarda Qoraqalpog‘iston farovonlikni himoya qilish komitetining rahbari, Respublika ma’rifat va ma’daniyat markazining rahbari bo‘lib ishlaydi. 1988-1994- yillarda Tinchlik qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston bo‘limiga, 1994-2000- yillarda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga raislik qildi.
Uning she’rlari 40- yillarda matbuotda e’lon qilina boshlangan. Bolaligida qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodi namunalarini, Sharq adabiyotlari hamda mumtoz adabiyotimiz namoyandalarini, talabalik yillarida esa rus va jahon adabiyoti durdonalari bilan yaqindan tanishib, ularning asarlaridagi badiiyat sirlarini qunt bilan o‘rgandi. 1949- yilda o‘zining ilk asari “Vatanim” she’ri e’lon qilingan paytdan boshlab, “Baxt lirikasi” (1955), “Kunchiqar yo‘lovchisiga” (1959), “O‘ylar” (1960), “Yetti navo” (1962), “Dala orzulari” (1966), “Ko‘ngil ko‘ngildan suv ichar” (1971), “To‘maris” (1974), “Ilhom”, “Tashvishlarga boy dunyo” (1987), “Tuzli shamollar” (1988), “Ko‘ngildagi keng dunyo” (1989), “Bekligingni buzma sen...” (1995), “Har kimning o‘z zamoni bor” (2004) kabi she’riy to‘plamlarini nashr ettirdi.
Uning ikki jildlik “Tanlangan asarlar” to‘plamlari ikki marotaba – 1978-1979- yillarda va 1992- yilda nashr qilingan.
Turli yillarda chop etilgan to‘plamlarda shoirning “O‘rtoq muallim”, “Akatsiya gullagan yerda”, “Aktrisaning iqboli”, “Gilamchi ayol”, “Eski favvora ertagi”, “Dala armonlari”, “To‘maris”, “Bulbul uyasi”, “Farishta oy”, “Poseydonning g‘azabi”, “Vatan tuprog‘i” va boshqa doston (poema)lari e’lon etilgan.
Ibroyim Yusupov nasr va dramaturgiya sohasida ham qalam tebratdi. 1963- yilda uning “Qari tutning kuzi” nomli hikoyalar, ocherk va publitsistik maqolalar to‘plami bosmadan chiqdi.
Shoir “Qirq qiz” pyesasini, (Amet Shomuratov bilan birgalikda), 1966- yilda “O‘mirbek laqqi” komediyasini, 1986- yili “Iskandar podshoning tushi” dramasini, 1973- yili “Ajiniyoz” operasi librettosini yaratdi.
Shoir ko‘plab qardosh xalqlar va jahon adabiyoti mumtoz shoirlar asarlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilib, sayrata olgan tarjimondir. U A.S.Pushkin, M.Y.Lermontov, T.Shevchenko, J.G.Bayron, I.V.Hyote, H.Hayne, F.Shiller she’rlarini, Shekspir sonetlarini, Alisher Navoiy va Hofiz g‘azallarini, Umar Xayyom ruboiylarini qoraqalpoq tiliga yuksak mahorat bilan tarjima qilib, badiiy-g‘oyaviy, shakliy jihatdan turli asarlar ila boyitdi.
Ibroyim Yusupov adabiy tahlil, she’riyatning munozarali muammolari, badiiy tarjima masalalariga bag‘ishlab bir qancha mazmundor maqolalar yozib, hozirgi zamon qoraqalpoq adabiyotshunosligi faniga ham ulkan hissa qo‘shdi. Uning “Lirika haqida munozara” (1956), “Urushdan keyingi qoraqalpoq poeziyasi” (1956), “Xalq shoiri Abbaz Dabilov” (1958), “Dala Orfeyi” (1957), “Qoraqalpog‘iston – Maxtumqulining ikkinchi shoirlik vatani” (1958), “Maxtumquli va qoraqalpoq adabiyoti” (1957), “Maxtumquli asarlarini tarjima qilishdagi ba’zi bir anglashilmovchiliklar haqida” (1983) kabi maqolalari shular jumlasidandir.
O‘zbek adabiyoti bilan abadiy do‘stlik mavzusi Ibroyim Yusupov ijodidagi eng yorqin sahifalarni tashkil qiladi. U ijodkor, tarjimon, matbuot xodimi, jamoat arbobi sifatida o‘zbek adabiyoti va madaniyatining yirik vakillari bilan do‘stlashdi, ijodiy muloqotlarda, safarlarda birga bo‘ldi. G‘afur G‘ulom, Oybek, Zulfiya, Komil Yashin, Hamid G‘ulom, Ozod Sharafiddinov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Omon Matjon singari ijodkorlar bilan ijodiy munosabatlari har doim yangi-yangi mazmun va ibratli voqealar bilan boyib bordi. Uning o‘zbek tilida “Buloqlar qaynaydi” (1960), “Oltin qirg‘oq” (1962), “Sahro orzulari” (1967), “Cho‘l to‘rg‘ayi” (1972), “Rahmat senga, zamonim” (1979), “Qoratol” (1988), “Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting” (2009) kabi she’riy to‘plamlari chop etilgan bo‘lsa, rus tilida “Pesni gornogo ruchya” (1960), “Meridian? serdsa” (1966), “Glaza yashirits” (1973), “Stixi” (1976), “Zvon stremeni” (1981), “Stremlyus vsey dushoy” (1986) kitoblari chop etildi. To‘plamlari qirg‘iz va turkman tillarida bir qator kitoblari nashr qilindi. Uning she’rlari qozoq, ukrain, belorus, gruzin, latish, bolgar va boshqa xalqlar tillariga tarjima qilingan.
Unga Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi faxriy unvoni berildi. Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat mukofotining va Hamid Olimjon nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofotining laureatidir. U uzoq yillar mobaynida O‘zbekiston hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Majlislariga deputatlikka saylandi. Shoir O‘zbekiston Respublikasining “El-yurt hurmati”, “Do‘stlik” ordenlari, bir qator hukumat faxriy yorliqlari va medallari bilan mukofotlandi. Unga 2004 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan “O‘zbekiston Qahramoni” oliy unvoni berildi. U O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri.
Ibroyim Yusupov 2008- yilda vafot etdi.

Ko‘ngil ko‘ngildan suv ichar


Daryolar dengizga oshiq:
Oshiqar mavj urib, toshib,
Yo‘llar yo‘llarga tutashib,
Ko‘ngil ko‘ngildan suv ichar
Do‘stlik, hurmat – ulug‘ davlat,
Jon ozig‘i – yaxshi suhbat,
Cho‘lga – bahor, gulga navbat,
Ko‘ngil ko‘ngildan suv ichar.
Ko‘kka zehn solib boqsang,
Yulduzlar so‘ylashar oqshom,
O‘zing buloq bo‘lib oqsang
Ko‘ngil ko‘ngildan suv ichar.
Hushyor bo‘l, inson bolasi!
Yomondir ko‘ngil olasi!
Odam odamning quyoshi!
Ko‘ngil ko‘ngildan suv ichar.
Tarjimasi: Muhammad Ali

Ona tilimga


Jirov seni poyga otday boplagan,
Hakamlar dovda obdan seni toblagan,
Alpomishlar shior qilgan jang aro
Berdaq seni qurol etib soplagan.
Boyteraksan - o‘sgan ko‘hna tomirdan,
Notiqliging qil sug‘urgan xamirdan,
Qoraqalpoq ko‘ngil qushi sayrasa
So‘z durlari xazinangdan topilgan.
Naqllaring chaqib ko‘rsam mag‘izdan,
Aytishuvsan zehn suvin oqizgan,
Otam senga azamatlik ruh berib,
Onam senga mehr sutin tomizgan.
Ona tilim – sen, boshqadan ayirmam,
Sen turganda men ham ajab shoirman.
Shuncha qattol surgunlarda surilmay
Shu kunlarga yetganingga qoyilman
Tarjimasi: Rauf Parfi


http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=7672&Itemid=204
https://kitobxon.com/oz/yozuvchi/ibroyim_yusupov
http://ibroyimyusupov.narod.ru/
http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=8728
Yüklə 84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin