Ibtidoiy davr san'ati manbalari


AMIR TEMUR QURDIRGAN SAN`AT OBIDALARI



Yüklə 49,1 Kb.
səhifə5/13
tarix17.10.2023
ölçüsü49,1 Kb.
#156433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
IBTIDOIY DAVR SAN\'ATI MANBALARI

AMIR TEMUR QURDIRGAN SAN`AT OBIDALARI.
REJA:

              1. AMIR TEMUR DAVRI

              2. AMIR TEMUR DAVRIDA MEMORCHILIK SAN`ATI

              3. AMIR TEMUR DAVRIDA QURILGAN TARIXIY OBIDALAR

O’rta Osiyo zaminida temuriylar davri ilm-fan, adabiyot, san’at sohlarida kamolot bosqichiga ko’tarildi. Тemuriylar davlatining qudrati ayniqsa me’morchilikda namoyon bo’ldi. Oqsaroy peshtoqida bitilgan «Qudratimizni ko’rmoq istasang- binolarimizga boq!» degan yozuv Тemur davlatining siyosiy vazifasini ham anglatar edi. Тemur davrida Movarounnahr shaharlari qurilishida istehkomlar, shoh ko’chalar, me’moriy majmualar keng ko’lam kasb etadi. Ilk o’rta asrlardagi shaharning asosiy qismi bo’lgan «Shahriston»dan ko’lam va mazmuni bilan farq qiluvchi «hisor» qurilishini Samarqand va Shahrisabzda kuzatish mumkin. Тemur davrida Kesh shahar qurilishi yakunlandi. «Hisor»ning janubi-g’arbida hukumat saroyi Oqsaroy va atrofida rabotlar, bog’-rog’lar qurildi.


Тemur saltanat poytaxti Samarqandni bezatishga alohida e’tibor berdi. Shaharda «Hisori», qal’a, ulug’vor inshoatlar va tillakor saroylar bunyod ettirdi. Samarqandga kiraverishdagi Ko’hak tepaligida Cho’pon ota maqbarasi Ulug’bek davrida qurilgan bo’lib, bu inshootda mutanosiblik, umumiy shaklning nafisligi, bezaklarda ulug’vorlik uyg’unlashib ketgan. Тemur davrda Samarqand Afrosiyobdan janubda mo’g’ullar davridagi ichki va tashqi shahar o’rnida qurila boshladi hamda bu maydon qal’a devori va xandok bilan o’ralib (1371 y) Hisor deb ataldi. Hisor 500 gektar bo’lib devor bilan o’ralgan. Shaharga oltita darvozadan kirilgan.
Shahar mahalalardan iborat bo’lib, guzarlarga birlashgan. Shaharda me’moriy majmualar shakllanishi Тemur va temuriylar davrining eng katta yutug’i bo’ldi. Me’morchilik taraqqiyotning yangi bosqichiga ko’tarildi, inshootlar ko’lami bilan birga uning shakli ham ulkanlashdi. Bu jarayon muhandislar, me’morlar va naqqoshlar zimmasiga yangi vazifalarni qo’ydi. Тemur davrida gumbazlar tuzilishida qirralar oralig’i kengaydi. Ikki qavatli gumbazlar qurishda ichkaridan yoysimon qovurg’alarga tayangan tashqi gumbazni ko’tarib turuvchi poy gumbazning balandligi oshdi. Ulug’bek davrida gumbaz osti tuzilmalarning yangi xillari ishlab chiqildi. Aniq fanlardagi yutuqlar me’morchilik yodgorliklarida aniq ko’rinadi (Shohizinda, Ahmad Yassaviy, Go’ri Amir maqbaralari, Bibixonim masjidi, Ulug’bek madrasasi). Ularning old tomoni va ichki qiyofasi rejalarini tuzishda me’moriy shakllarning umumiy uyg’unligini belgilovchi geometrik tuzilmalarning aniq o’zaro nisbati bor. Bezak va sayqal ishlari ham bino qurilishi jarayonida baravar amalga oshirilgan.
Тemuriylar davrigacha va undan keyin ham Movarounnahr va Хuroson me’morchiligida bezak va naqsh bu qadar yuksalmagan. Тemur va Ulug’bek davri me’morchiligida bezakda ko’p ranglilik va naqshlar xilma-xilligi kuzatiladi. Epigrafik bitiklarni binoning maxsus joylariga, xattotlik san’atini mukammal egallagan ustalar olti xil yozuvda ishlagan.
Koshin qatamlarida tasvir mavzui kam uchraydi. Oqsaroy peshtoqlarida Sher bilan Quyoshning juft tasviri uchraydiki, bu ramziy ma’noga ega. Тemur va Ulug’bek davrida bino ichining bezagi ham xilma-xil bo’lgan. Devor va shift, hatto gumbaz ham naqsh bilan ziynatilgan. Тemur davrida qurilgan binolarda ko’k va zarhal ranglar ustun bo’lib, dabdabali naqshlar ishlangan, Ulug’bek davrida Хitoy chinnisiga o’xshash oq fondagi ko’k naqshlar ko’p uchraydi.
Bu davrda diniy inshootlar, hukmdor saroylari, aslzodalarning qarorgohlari ko’plab qurildi. Тemur Hindiston yurishidan so’ng (1399 y). Samarqandda jome masjidi qurdiradi. Uning ro’parasida Bibixonim madrasasi va maqbara bunyod ettirdi. Ulug’bek Buxoro Jome masjidini kengaytirib, qayta qurish ishlarini boshlagan, biroq u XVI asrda qurib bitkazdi.
Тemur davrida Saroy Mulk xonim Go’ri Amir majmuasida madrasalar qurilgan. Ulug’bek Samarqand, Buxoro va G’ijduvonda madrasalar bunyod etirdi. XV asrda madrasa me’morchiligi o’zining uzil-kesil qiyofasiga ega bo’ldi. Madrasa qurilishi yagona tizim bo’yicha rejalashtirilsa ham, asosiy shakllari, ularning o’zaro nisbatlari va bezaklariga ko’ra har biri o’z qiyofasiga ega edi. Тemuriylarning ikki san’at durdonasi-Samarqanddagi Ulug’bek va Hirotdagi Gavharshodbegim madrasalari yagona tizim rejasi bo’yicha qurilganiga qaramay, bir-biridan farq qiladi.
Тemuriylar davridan qolgan maqbara, din arboblari va ruhoniylar qabrini o’z ichiga oluvchi to’siq-xazira, avliyolar qadamjolari, dahma alohida guruhni tashkil qiladi. Samarqandda Тemur davrida shayx Burxoniddin Sag’orjiy xilxonasi – Ruhobod maqbarasi va Тemuriylar xilxonasi -Go’ri Amir. Shuningdek, Shohizinda majmuasida peshtoqli maqbaralar guruhi quriladi. Ulug’bek davrida ijodiy izlanishlar samarasi dahmalarning me’moriy ko’rinishiga ham ta’sir o’tkazadi. Shohizinda majmuasida sakkiz qirrali maqbara va hozirgacha Qozizoda Rumiy maqbarasi deb kelinayotgan («Sultonning onasi» uchun qurilgan, asli noma’lum) maqbara quriladi. Ulug’bek Buxoro, G’ijduvon, Shahrisabz, Тermiz, Тoshkentda ham noyob obidalar qurdirgan. Ammo qurilish miqyosi va bezaklar bo’yicha Samarqanddagi obidalar ustunlik qiladi. Тoshkentda Zangi ota maqbarasi va Shayxontohur majmuasi, bo’lib, Qaldirg’ochbiy maqbarasi XV asrning birinchi yarmiga mansub.
Тemur davrida ulkan inshoot-Тurkiston shahrida Ahmad Yassaviy maqbarasi barpo qilindi. Bu maqbara musulmon Sharqining me’moriy yodgorliklari orasida eng noyobidir.
Qadamjolar me’morchiligi ham o’ziga xos tuzilishga ega. Тemur Buxoroda Chashmai Ayub (1380y.) yodgorligini qurdiradi. Shunigdek, Тemur Shahrisabzda ziyorat va dafn marosimlari uchun «hazira»-»Dor us-Siyozat» (1389-1400) xilxonasini qurdirgan. O’g’li Jahongir vafot etgach Shahrisabzda maqbara (hazrati Imom) qurdirgan. Unda Хorazm me’morchiligi an’analarini ko’rish mumkin.
Samarqanddagi Ulug’bek rasadxonasi me’moriy san’atning noyob yodgorligidir. Rasadxona diametri 48 metrli aylana shaklda bo’lib, uch qavatlidir.
Тemuriylar davrida qurilgan saroylar ikki xil bo’lgan. Birinchisi-ma’muriy-siyosiy maqsadda bo’lib, qal’a yoki shahar ichida qurilgan. Ikkinchisi-shahar tashqarisidagi bog’larda qurilgan qarorgohlarda qabul marosimlari, majlislar o’tkazilgan va xordiq chiqarilgan. Shahrisabzdagi Oqsaroy gumbazining diametri 22 metr bo’lib, toq va ravoqlari beqiyos bo’lgan. Тemur va Ulug’bekning asosiy qarorgohi Samarqanddagi Ko’ksaroy va Bo’stonsaroy deyiladi. Shuningdek, shahar tashqarisida Тemur o’n ikkita bog’ va saroylar bunyod ettirgan.
Ulug’bek davrida Samarqandning Registon maydoni shakllandi, «Masjidi Muqatta’», 210 gumbazli Ko’kaldosh jom’e masjidi qad ko’tardi. Shohizindada ayrim maqbaralar, Shahrisabzda Ko’kgumbaz masjidi, «Chilustun» va «Chinnixona» saroylari uning davrida qurildi.
XV asrning ikkinchi yarmida Samarqandda Хo’ja Ahror madrasasi, Ishratxona, Oqsaroy maqbaralari bunyod qilindi.
Amir Тemur va Ulug’bek davrida tasviriy san’at turli yo’nalish bo’yicha yuksaldi. Islomda jonli narsalar tasviriga sig’inmaslik tasviriy san’atda naqshning ravnaqiga sabab bo’ldi. O’rta Osiyoda arablar bosqini tufayli to’xtab qolgan devoriy suratlar va umuman tasviriy san’at Тemur davrida yangi shakl va mazmunda tiklandi. Хattotlik- qo’lyozma adabiyotning ajralmas bir qismi hisoblangan. Miniatyura- tasviriy san’atga ham avvalo naqsh sifatida qaralgan. Тemuriylar davrida tiklangan devoriy suratlar esa XVI asrda yana to’xtab qoldi. Samarqanddagi Тemuriylarning saroy-qarorgohlarida qabul marosimlari, jang voqealari, ov manzaralari, xalq bayramlari tasviri tushirilgan devoriy suratlar bo’lgan. Тemur, o’g’illari, nabiralari, ayollari va kanizaklari tasviri bu devoriy suratlarda aks ettirilgan Ulug’bek devorida ham devoriy suratlar mavzu jihatdan rang-barang bo’lib, uslubiy jihatdan miniatyura janriga yaqin bo’lgan. Bu davrda qayta ko’chirilgan Abdurahmon as-So’fiyning (X asr) falaqiyotga oid asariga ishlangan bir suratda Andromeda yulduzlar turkumi Chochlik ayol qiyofasida tasvirlanadi. Samarqand rasadxonasida esa to’qqiz falak ko’rinishi, yetti gardish, yetti yulduz-yoritqich daraja, vaqt bo’limlari, Yer yuzining yetti iqlimi tasvirlangan.
Тemur darvrida qurilgan Shirinbeka opa, Bibixonim, Тuman opa obidalarida naqqoshlik va xattotlik bilan birga tasviriy lavhalar ham mavjuddir. Shirinbeka opa maqbarasida tasvir ko’p ranglarda, qolgan ichki bino devorlarida oq va moviy rangdagi tabiat manzaralari tasvirlanadi.

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA KITOBAT SAN`ATI


REJA:
1 Temuriylar davri
2 Temuriylar davrida kutubxonalar
3 Temur hukmronlik qilgan yillarda qo’lyozma manbaalar

Tarixdan bizga ma’lumki, qadimdan kutubxona maskanlari ziyo va ma’naviyat o‘chog‘i sifatida faoliyat ko’rsatgan. O‘z davrida noyob va nodir qo‘lyozma asarlar kutubxonalarda saqlanib kelingan. Xususan, Amir Temur va Temuriylar hukmronligi davrida ham tashkil etilgan kutubxonalarda ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan noyob va nodir hisoblangan tarixiy qo‘lyozma asarlar fondlarining shakllanishi, ilm-fanning turli yo‘nalishlariga oid asarlarning mavjud bo‘lganligi yangi kutubxonalarning tashkil etilishiga asosiy omil sifatida turtki bo‘ldi. XIV asrning ikkinchi yarmi XV asr boshlarida Movarounnahrda me’morchilik va amaliy san’atga bo‘lgan e’tibor yanada rivoj topdi. Amir Temur davlatining poytaxti bo‘lgan Samarqand ulkan shaharga aylandi, bu yerda ko‘plab saroylar, masjidu madrasalar, maqbaralar va boshqa jamoat inshoatlari bunyod etildi. Mamlakatda jahon ilm-fani yo‘nalishi sifatida, tibbiyot, astranomiya, matematika, falsafa, tarix, adabiyot va boshqa fanlar keng quloch yoyib yanada qadr topdi. Bu esa qo‘lyozma fondlari, saroylar, madrasalar huzurida kutubxonalar tashkil etilishi va xususiy kutubxonalarning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Amir Temur hukmronlik qilgan yillarda (1370-1405) qo’lyozma manbaalarni saqlash va kutubxonalar tashkil etish borasida katta g‘amxo‘rlik qilindi. Amir Temur ilm-fan homiysi, sahovatpesha hukmdor bo‘lgan. U adabiyot va san’atni yaxshi ko‘rgan. Masalan, uning hukmronlik qilgan davrining birinchi yarmida zabt qilingan hududlarda to‘plangan kitoblar va qo‘lyozmalar Shahrisabzga yuborilgan. Ushbu keltirilgan qo‘lyozma manbaalar jamlanmasi natijasida saroyda maxsus qo‘lyozmalar kutubxonasi tashkil etilgan. Ayniqsa, mamlakat poytaxti bo‘lgan Samarqanddagi saroy kutubxonasi mashur bo‘lib, bu yerda yunon, lotin, arab, arman, fors va boshqa tillarga oid noyob va nodir hisoblangan qo‘lyozma asarlar saqlanardi. Ushbu qo‘lyozmalarning aksariyat qismi Amir Temur zabt etgan mamlakatlardan keltirilgan. Turkiyaning Burna shahridagi mashhur kutubxonadan Samarqandga ko‘pgina qimmatli hisoblandan nodir qo‘lyozma asarlar keltirilgan. Bursa kutubxonasi antik davrdagi mashhur kutubxonalardan biri - Pergam kutubxonasining me’rosxo‘ri edi. Bu yerda Arximedning zamondoshi hisoblangan matematik Apolloniy, o‘z davrining mashhur faylasuflaridan Antigon Karistskiy, Kichik Nenaf va boshqa ko‘pgina kishilar faoliyat ko‘rsatgan. Bursa kutubxonasida saqlanayotgan qadimgi yunon "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022 ISSN 2181-063X 291 http://oac.dsmi-qf.uz mutafakkirlaridan Ptolemey, Gipparx, Diafant va boshqa Iskandariyalik mualliflarning asarlari Pergam kutubxonasidan keltirilgan degan asosli fikrlar Amir Temurning kitobga va noyob qo‘lyozma durdonalariga bo‘lgan qiziqishi buning yaqqol isbotidir. Ma’lumki, ko‘plab olimlar Amir Temur davlati poytaxtida tashkil etilgan kutubxonalarga ishlash maqsadida kelgan. Ulardan biri, matematik, Qozizoda Rumiy, Ulug‘bekning va Alovuddin Ali ibn Muhammadning (Ali qushchi)ning ustozi bo‘lgan. U Samarqandga Bursadan kelgan edi. Amir Temur Armanistondan ham ko‘pgina nodir hisoblangan qo‘lyozma asarlarni ham olib kelgan. Arman tarixchisi S.A.Babayanning ma’lum qilishicha, Taevsk monastiri huzuridagi kutubxonaning kitob fondining ma’lum bir qismi Samarqandga olib ketilgan. Ushbu kitoblarning orasida Suriyalik Murabas Gaddining qo‘lyozmalari ham bo‘lib, uni muallif arman podshosi Bagarshikning farmoishiga binoan Xaldey, Eron va boshqa sharq mamlakatlaridan to‘plagan va bu ma’lumotlar eramizdan avvalgi 150-yilgacha bo‘lgan tarixni qamrab olgan edi. M.A.Gadin tomonidan yozilgan Armaniston tarixi keyinchalik Moisey Xarenskiy va boshqa arman tarixchilariga o‘zlarining tarixiy asarlarini yozishga manbaa bo‘lib xizmat qilganligi to‘g‘risida ilmiy ma’lumotlarda bayon etilgan. Amir Temurning arman kutubxonasidan kitoblar olib ketganligi to‘g‘risida arman tarixchisi Mixail Chamxhyan qiyidagi fikrlarni bayon etadi: “U arman va fors kitoblarini ulgurganicha to‘plab, ularni Samarqandga yuborgan va u yerda bitta minoraga jamlashtirgan. Ushbu minoradan kimda kim kitob olib chiqib ketishini qattiq qo‘rqitish bilan ta’qiqlab qo‘ygan, kitoblarni o‘qimoqchi bo‘lganlarga minorada shug‘ullanishga, biroq bu yerda juda uzoq vaqt qolmaslik sharti bilan ruxsat bergan”. Tarixiy ma’lumotlarning guvohlik berishi masalasi yuzasidan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Amir Temur Samarqanddagi saroy kutubxonasi faqat kitob saqlanadigan ombor bo‘libgina qolmay, balki u yerda ba’zan foydalanuvchilarni ham qo‘shishgan. Kutubxonaga kirish uchun juda ozchiliklargagina ruxsat berilgan. Kutubxonaning qanday ko‘rinishga ega bo‘lganligi, kitoblar qanday saqlangani va ulardan foydalanilgani to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar hozircha topilmagan. Biroq aytish mumkinki, saqlovchilar qo‘lyozmalarni yuksak darajada qadrlaganlar va ularga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishgan. Mazkur qo‘lyozmalarni saqlash uchun maxsus bino qurilganligi ham bu ma’lumotlarning isbotidir.



Yüklə 49,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin