Ibtidoiy davr san'ati manbalari



Yüklə 49,1 Kb.
səhifə9/13
tarix17.10.2023
ölçüsü49,1 Kb.
#156433
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
IBTIDOIY DAVR SAN\'ATI MANBALARI

BUXORO SAN`AT OBIDALARI


REJA:

1 Buxoro memorchilik san`ati


2 Buxoro san`at obidalari
3 Buxorodagi o’rta asrlar me’morchiligi

Buxoroga borib, shu qadimiy shaharni ko’rgan kishilarning barchasi minoralarning tepalaridagi g’alati ko’rinishdagi «qalpoqlarga» e’tibor bergan bo’lsalar kerak. Bular laylak uyalaridir. Umidning timsoli bo’lgan bu oppoq qushlar shaharning ramzi, uning barqarorligi va sadoqatining ham ramzi bo’la oladi. Boy go’zal shahar juda ko’p marta turli-tuman dushmanlarning bosqinchilik hujumlarining maqsadi bo’lgan, mo’g’ul-tatarlarning bosqini eng og’ir, yer bilan yakson qiluvchi darajada bo’lgan edi. Lekin Buxoro har gal qaytadan aynan o’sha joyda tiklanib, o’z zamini-yu a’analariga sodiq bo’lib qaytadan barpo bo’lar edi


Buxoroga asos solinishi qadim-qadimgi asrlar tubiga borib taqaladi. 1997 yilda YuNESKO ning qaroriga ko’ra butun madaniy dunyo uning 2500-yilligini nishonlagan edi. Afsonalar shaharning paydo bo’lishini tarixiy shaxs obrazi bilan bog’liq Zardo’shtiylik xudolaridan biri – Siyovush bilan bog’laydi. Buxoroning eng qadimiy qismi uning qal’asi – Ark hisoblanadi, bu yerda arxeologlar eramizdan avvalgi IV - III asrlarga oid bo’lgan ba’zi topilmalar borligini aniqlashdi. Bu balandligi 20 metr bo’lgan katta tepalik bo’lib, u yerda ilgari Buxoro amirining saroyi, uning harami, xazinasi, qurol-yarog’ saqlanadigan xonalari, o’ta xavfli jinoyatchilar uchun zindon bo’lgan edi. Hozirgi paytda ular tiklanmoqda.
Buxoroning eng qadimiy yodgorliklaridan biri X asrning boshida Somoniylar sulolasining asoschisi tomonidan qurilgan Ismoil Somoniy maqbarasidir. Maqbara usti yarim sfera shaklidagi gumbaz bilan yopilgan kub shaklidagi binodir. Somoniylar maqbarasi O’rta Osiyoning me’morchiligida bizgacha yetib kelgan, pishiq g’ishtdan qurilgan birinchi bino bo’lib, bunda g’ishtlar ham qurilish uchun, ham bezatish uchun ishlatilgan.
Shaharning asosiy va eng baland ko’tarilgan inshooti – 1127 yilda qurilgan Kalon minorasidir. Bu har tomonlama komil muhandislik inshooti, Buxoroning sathidan 47 metrga ko’tarilib turgan ulkan minoradir. O’zbekistonda eng baland bo’lgan ushbu minora tepaga chiqqan sari sal ingichkalashib boradi, uning dumaloq aylanasidan o’rab turgan halqalar turli rangdagi sirlangan g’ishtchalar bilan bezatilgan. Shu bilan birga minoradagi naqshlarning turli-tumanligi va takrorlanib kelishi sodda va komil me’morchilik shakllarini boyitadi.
Buxorodagi o’rta asrlar me’morchiligining alohida xususiyati – ko’cha yoki maydon bilan bir-biridan ajralib turgan va old yuzasi, darvozalari bilan bir-biriga qarab turgan ikkita ulkan inshootdan iborat bo’lgan majmualarning barpo etilishi edi. Shu asosda shaharning markaziy me’morchilik majmuasi yaratilgan – Poi Kalon («Ulkan inshoot osti») maydoni. Uning minorasi gumbazli o’tish yo’li bilan benihoya ulkan juma masjidi – Masjidi Kalon bilan bog’langan. Uning qarshisida XVI asrning boshida hatto bizning davrimizda ham ishlayotgan Mir-Arab madrasasi barpo etilgan.
Chashma-Ayub mozorining barpo etilishi ham XII asrlarga oid, deb hisoblanadi. Afsonalarga qaraganda, Injildagi payg’ambarlardan biri – Ayub (Iov) Buxoroning bu suvsiz qismidan o’tayotganda hassasi bilan yerga urgan – natijada bu yerda top-toza, shifobaxsh suvli buloq paydo bo’lgan. XIV asrda Amir Temur o’zining yurishlaridan birida olib kelgan xorazmlik ustalar buloq va quduq ustidan bino barpo etganlar hamda quduqdagi baland tortish qurilmasi ustidagi konus shaklidagi gumbazga Xorazm uchun xos bo’lgan shakl berganlar. Ularga qaraganda mashhur Chor-Minor masjidi esa yangi qurilgan bino, deb atalishi mumkin – u XIX asrda qurilgan. Bu masjidda to’rtta uncha baland bo’lmagan minoralar hamda gumbazlar zangori rangda bo’lib, masjidga o’ziga xos qiyofa bag’ishlaydi.
Sharq me’morchiligi uchun sun’iy suv havzalari bo’lgan hovuzlardan nafaqat amaliy maqsadlarda, balki shaharni yanada har tomonlama bezatish uchun ham foydalanish odatdagi holdir. Buxoroda saksontadan ortiq bunday obodonlashtirilgan hovuzlar bo’lib, shaharni ta’minlab turar edi. Ulardan eng mashhur bo’lgan hovuz Labi-hovuzdir.
Yirik poytaxt-markaz bo’lgan Buxoro shahri nafaqat o’zining masjidu madrasalari, maqbarayu-mozorlari bilan, balki saroylari, hashamatli uylar, karvon-saroylar, hammomlari va ko’p gumbazli savdo majmualari bilan ham mashhur edi. Shaharda ko’chalarning kesishuvida – guzarlarda qurilgan Toqi-Zargaron («Zargarlarning gumbazi»), Telpak-Furushon («Telpaklar sotuvchilarining gumbazi») va Toqi-Sarrofon («Pul almashtiruvchi sarroflarning gumbazi») saklangan, ular hozirgacha savdo rastalari sifatida ishlatilmoqda. Ularning birinchi qurilishi va ishlatilishidan nomlari ham dalolat bermoqda.
O’rta asrlarda Buxoro Markaziy Osiyodagi barcha musulmonlarning muqaddas shahri bo’lgan edi, bunda nafaqat diniy hurmat-e’tibor, balki estetik tuyg’ular ham ifodalanar edi. Buxoro shon-sharaf mujassam bo’lgan shahar deb hisoblanar edi, u yerda eng mashhur kishilar yig’ilar edi. Islomda Qur’ondan keyin ikkinchi o’rinda turgan diniy kitob – eng haqqoniy hadislarning to’plami bo’lgan «Al-jami as-sahih» ning muallifi Imom Al-Buxoriy edi. Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) shaharga yaqin bo’lgan qishloqdan kelib chiqqan edi, u shaharda o’z faoliyatini boshlagan. Islomda eng muqaddas shaxslardan biri shayx Bahovaddin Naqshband, so’filar ta’limotining asoschisi, buxorolik misgar edi. Shayxning go’rini ziyorat qilish Makkaga borib bajarilgan haj marosimiga tenglashtirilar edi. Bahovaddin Naqshbandning maqbarasi hozir ham shaharning eng muqaddas joyi deb hisoblanadi.

Yüklə 49,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin