Ibtidoiy davr san'ati manbalari


MAVZU: KAMOLIDDIN BEHZOD VA MINIATURA SAN`ATI



Yüklə 49,1 Kb.
səhifə4/13
tarix17.10.2023
ölçüsü49,1 Kb.
#156433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
IBTIDOIY DAVR SAN\'ATI MANBALARI

MAVZU: KAMOLIDDIN BEHZOD VA MINIATURA SAN`ATI


REJA:

        1. KAMOLIDDIN BEHZOD HAYOTI VA IJODI

        2. MINIATURA SAN`ATI

        3. “Kamoliddin Behzod” maktabini



“Ma’naviyatimizning buyuk siymolari” nomli loyihamizning navbatdagi vakili  buyuk miniatyurachi musavvir, Sharq uyg‘onish davrining yetuk san’atkori, G‘arbda “Sharq Rafaeli” deb tan olingan Kamoliddin Behzod 1455-yilda Hirotda hunarmand oilasida dunyoga kelgan. U ota-onasidan erta yetim qoldi. Hirotning mashhur musavviri Amir Ruhillo (Mirak Naqqosh) uni o‘z tarbiyasiga olib, har tomonlama ilmli qilib voyaga yetkazdi. Yosh rassom uning Hirotdagi Nigoristonida (San’at akademiyasida) naqqoshlik va miniatyura san’atining sir-asrorlarini o‘rgandi.
Ulug‘ shoir Alisher Navoiyning nazariga tushib, uning homiyligida kamolga yetgani Kamoliddinning buyuk musavvir bo‘lib, dunyoga tanitdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Inchunin, hazrat Navoiyning do‘sti, Sulton Husayn Boyqaroning Kamoliddin Behzodga saroydan alohida joy ajratib, ijod bilan shug‘ullanishi uchun barcha shart-sharoitlarni muhayyo qilib bergani fikrimizni tasdiqlaydi.
1487-yilda musavvir Sulton Husayn Boyqaroning farmoni bilan Hirotdagi saltanat kitobxonasiga boshliq etib tayinlandi. XV asr oxirlariga kelib poytaxti Hirot bo‘lgan temuriylar saltanati toj-u taxt uchun o‘zaro jang-u jadallar tufayli yemirila boshlaydi. Kamoliddin Behzodning eng ishonchli homiysi – Abdurahmon Jomiy (1492-yil), so‘ng ustozi Alisher Navoiy (1501-yil) birin-ketin olamdan o‘tadi. 1506-yilda Hirotdagi temuriylar sulolasining so‘nggi vakili Sulton Husayn Boyqaro vafot etadi. Shahzodalar saltanatni halokat yoqasiga olib keladilar.
1507-yilda Shayboniyxon boshchiligida ko‘chmanchi o‘zbek qabilalari Hirot taxtini osonlik ila ishg‘ol etadi. Toj-u taxt, saltanat uchun kurashlar sharoitida ham rassom Hirotda qolib, faoliyatini davom ettiradi. Uch yilcha Hirotda, Shayboniyxon saroyida ish olib borarkan, Behzod san’atiga tan bergan hukmdor ulug‘ musavvirga ishlashi uchun qulay shart-sharoit yaratib beradi. Behzod Shayboniyxonning tasvirini ayni o‘sha yillari chizgan bo‘lishi kerak.
1510-yilda Marv yonidagi Tohirobodda Shayboniyxon qo‘shinlari va Eron hukmdori shoh Ismoil Safaviy lashkari o‘rtasida shiddatli jang bo‘ladi. Jangda Shayboniyxon qo‘shinlari yengiladi. 1510-yilda Hirot safaviylar qo‘liga o‘tadi. Ismoil Safaviy 1512-yilda bir necha iste’dodli san’atkorlarni saltanat poytaxti Tabrizga olib ketadi. Ular orasida Kamoliddin Behzod va uning bir guruh iste’dodli shogirdlari ham bor edi. Bu paytga kelib Kamoliddin Behzod va Hirotdagi musavvirlik maktabining dovrug‘i butun Sharqqa taralgan edi. Kamoliddin Behzodning san’atini yuksak qadrlagan Shoh Ismoil Safaviy ham san’atkorga barcha shart-sharoitlarni yaratib beradi. U Tabrizda Hirotdan keyingi nafis tasviriy san’at (miniatyurachilik)ning yana bir katta maktabini yaratdi. O‘sha paytlarda Eronda ham siyosiy ahvol yaxshi emas edi. Usmoniylar sultoni Salim Poshsho Eronga ketma-ket tahdid solib turardi. 1514-yilda Eron va turk qo‘shinlari o‘rtasida Tabriz yaqinidagi Choldoron degan joyda qattiq jang bo‘lib, unda safaviylar qo‘shini mag‘lubiyatga uchraydi. Shoh Ismoil Safaviy jang maydonidan qochib, zo‘rg‘a qutulib qoladi. Bir yilcha Tabriz turklar qaramog‘ida bo‘ladi.
Tabrizdagi eng nufuzli rassom bo‘lganligi uchun Kamoliddin Behzodni, atoqli xattot Shoh Mahmud Nishopuriyni turklar o‘z yurtiga olib ketmasliklari uchun shoh amriga binoan, Tabriz atrofidagi bir g‘orga majburan yashirib qo‘yadilar. Eronda nashr etilgan “Saromadani hunar” asarida yozilganidek, o‘z saroyidagi xazinalar ichidagi eng nodir va noyob gavhar (Behzod)ning usmonli turklar qo‘liga tushib qolmasligi uchun ishonchli joy (bir ulkan g‘or)ga yashirib ketgan Shoh Ismoil Safaviy jangda yengilgach, o‘z mulozimlaridan biriga bergan ilk savoli quyidagicha bo‘lgan: “Behzod qalay? Uning joni omonmi? Uni turklar olib ketmadimi?”



Yüklə 49,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin