Ibtidoiy jamiyat tarixi



Yüklə 281,48 Kb.
səhifə4/88
tarix19.11.2022
ölçüsü281,48 Kb.
#69869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Ibtidoiy jamiyat tarixi

M A ` R U Z A L A R K U R S I


1- MAVZU: IBTIDOIY JAMIYAT TARIXIGA KIRISH
Asosiy savollar:

  1. Ibtidoiy jamoa tuzumi tarixi fanining predmeti va uning vazifalari.

  2. Ibtidoiy jamoa tuzumi tarixi fani xronologiyasi va davrlashtirish.

Tayanch tushuncha va iboralar: Ibtidoiy jamoa tarixi kursining mazmuni, vazifalari va ahamiyati. Ibtidoiy jamoa tarixining sanalari va davrlashtirilishi sanalarni aniqlashda tabiiy fanlarning o’rni. Davrlashtirishda L.G.Morgan nazariyasi. Angropogenez jarayoni, ibtidoiy urug’ jamoasi, ibtidoiy urug’’ jamoasining rivojlanishi, Ibtidoiy jamoa tarixining umumiy bosqichlari. Ibtidoiy jamoa tarixining manbashunosligi va tarixshunosligi, insoniyat jamoasining evolyutsion nazariyasi. X1X-XX asrlarda arxeologik qazish ishlari va uning natijalari. Ibtidoiy jamoa tuzumining yakuni va uning o’ziga xos xususiyatlari.

1-asosiy savol: Ibtidoiy jamoa tuzumi tarixi fani va uning vazifalari.


Darsning maqsadi: Ibtidoiy jamoa tuzumi tarixining fan sifatidagi o`rni, predmeti, o`rganish obyekti to`g`risida tushuncha berish, uning tarbiyaviy ahamiyatini tushuntirish. Ibtidoiy jamoa tuzumi tarixini davrlashtirish masalasini ochib berish.
Identiv o`quv maqsadlari:1.1. Ibtidoiy jamoa tuzumi tarixining fan sifatidagi o`rnini ko`rsatadi. 1.2. Ibtidoiy jamoa tuzumi tarixi predmetini ochib beradi.
1.3. Ibtidoiy jamoa tuzumi tarixi manbalarini izohlaydi.

  1. asosiy savol bayoni: Ibtidoiy jamiyat tarixi odamzod paydo bo’lishidan to davlatning tashkil topishigacha bo’lgan davrni qamrab oladigan, ilk jamiyatning vujudga kelishi, ravnaq topishi va yemirilishi, uning sinfiy jamiyatga aylanishi formalarini o’rganadi. Ibtidoiy jamoa tuzumiga xos xususiyatlardan biri ishlab chiqarish kuchlarining nihoyat darajada past ekanligidir. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida mehnat quroli asosan toshdan tayyorlangan, eng sodda mehnat qurollarini ham takomillashtirish juda og’ir bo’lgan. Ibtidoiy odamlarning mehnat malakalari va ishlab chiqarish tajribasi mukammal darajada bo’lmagan. Kerakli qurol- yarog’, asbob-uskunalar bilan yaxshi ta'minlanmagan, o’z kuch-qudratini yaxshi bilmagan, ibtidoiy odam tabiat oldida yakka holda ojiz bo’lgan. Shu sababli ibtidoiy odamlar turmush kechirish uchun kollektiv bo’lib mehnat qilishga, mehnat vositalari va oziq-ovqatlarga ijtimoiy egalik qilishga, birlashishga majbur bo’lganlar. Ibtidoiy jamiyatda xususiy mulk, kishini-kishi ekspluatatsiya qilish bo’lmagan. Ibtidoiy jamoa tarixi xususiy mulk, davlatning kelib chiqishini ob'ektiv ochib bera oladi. Ibtidoiy jamoa tarixi irqchilik nazariyasining ham asossiz ekanligini ochib beradi.

Ibtidoiy jamoa tuzumi insoniyat tarixida eng uzoq davom etgan tuzumdir. So’nggi ma'lumotlarga ko’ra insoniyat paydo bo’lganiga ko’ra 2,5-3,0 mln yil bo’lgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi 5000 yil burun barham topa boshlagan va sinfiy jamiyat quldorlik tuzumiga o’rnini bo’shatib bergan. Osiyo va Afrikada dastlabki sivilizatsiyalar er.av. IV-IIIming yilliklarda, Yevropada er.av. I ming yillikda, yer sharining ayrim joylarida keyinroq paydo bo’lgan.
Jahon xalqlari tarixi muqarrar ravishda biri ikkinchisi bilan almashinuvchi beshta tarixiy davrga bo’linadi. Ular ibtidoiy jamoa, qadimgi, o’rta, yangi va eng yangi tarixiy davrlardir. Ularning eng dastlabkisi ibtidoiy jamoa tuzumi hisoblanadi. U yer kurrasida odamzod paydo bo’la boshlagan vaqtdan boshlab ibtidoiy gala, urug’ urug’chilik tuzumining vujudga kelishi, urug’chilik tuzumining yemirilishi, mulkiy tengsizlik tabaqalar va davlatning kelib chiqishigacha bo’lgan katta tarixiy davrni o’z ichiga qamrab oladi. Ibtidoiy jamoa tuzumi o’zidan keyingi barcha davrlarga nisbatan mehnat qurollarining soddaligi, binobarin ishlab chiqarish kuchlarining nihoyat darajada past bo’lishi bilan belgilanadi. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida ayniqsa urug’chilik tuzumigacha bo’lgan davrda odamlar tosh, yog’och, suyak va boshqa buyumlardan yasalgan juda sodda qurollarga ega edilar. Ular yerda mavjud bo’lgan narsalarni terib yeb ovchilik va termachilik bilan tirikchilik qilganlar.
Keyingi yillar ichida arxeolog olimlar Afrika, Osiyo, Yevropa va yer kurrasining boshqa joylaridan ibtidoiy kishilarning juda ko’p makon va manzillarini kavlab ochishga muvaffaq bo’ldilar. Arxeologik qazishlar natijasida mazkur manzilgohlardan kishilikning eng qadimgi tosh asriga mansub bo’lgan ko’plab tosh, suyak va yog’ochdan yasalgan oddiy, sodda qurollari hamda ularning ayrim siniq parchalari topilgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida, ayniqsa uning dastlabki bosqichlarida odamlar yasab foydalangan mehnat qurollari shunchalik sodda ekan, bu ularning mehnat malakasi, ishlab chiqarish tajribasining nihoyat darajada past bo’lganligidan darak beradi.
Demak, mehnat qurollari xilining ozligi, ularning soddaligi, qurol yasash texnikasining rivojlanmaganligi, o’z imkoniyatlarini bilmaslik ibtidoiy kishilarni tabiat oldida, unda ro’y beradigan turli-tuman dahshatli tabiiy hodisalar oldida ojiz va himoyasiz qilib qo’ygan edi. Bu hol ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi odamlarning yakka tartibda yashab kun kechirishlariga, binobarin tabiatdagi xilma-xil hodisalarga qarshi ayrim-ayrim holda kurashlariga sira ham imkon bermas edi. Insonni bu dahshatli kuchlardan, azob-uqubatlardan faqat mehnat, shunda ham umumlashib qilingan ijtimoiy mehnat qutqara olar edi, xolos. Ibtidoiy kishilar birgalashib mehnat qilishlari natijasidagina qadam-baqadam tabiatning dahshatli kuchlarini yenga boradilar. Ibtidoiy davr kishilari o’sha vaqtlarda birgalashib mehnat qilmaganlarida, umumlashib vahshiy hayvonlarga qarshi kurashmaganlarida, ular qurshovida yashay olmay mazkur hayvonlarga yemish bo’lib, yer yuzidan yo’q bo’lib ketar edilar. Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek ular umumlashib yashash va mehnat qilishlari tufayligina yovuz kuchlardan g’olib chiqdilar. Demak, o’sha davrdagi shart-sharoit ibtidoiy kishilarni birgalashib mehnat qilish va yashashga majbur etdi. Birgalashib mehnat qilish, ishlab chiqarish vositalari, hamda iste’mol mahsulotlarini hamma uchun umumiy mulkka aylantirgan edi. Umummehnat natijasida qo’lga kiritilgan oziq-ovqat va boshqa iste’mol buyumlari u yoki bu guruhda yashagan barcha katta-kichik kishilar orasida barobar taqsimlanar edi. Lekin umumiy mulk bilan bir qatorda kishilarning shaxsiy buyumlari ham bo’lgan. Kiyim-bosh, jangovar, ov va ba’zi ishlab chiqarish qurollari shular jumlasidandir. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida nozi-ne’matga hammaning egalik qilishi, tenglik mavjud ekan, unda xususiy mulk ham, kishini kishi tomonidan ekspluatatsiya qilish ham qabiladan alohida ajralib turuvchi zo’ravonlikka asoslangan hokimiyat ham yo’q edi.
Ibtidoiy jamoa tuzumi tabaqasiz va davlatsiz jamiyat edi. XIX va XX asrning mashhur tarixchilari bu eng dastlabki davrga baho berib, uni hamma barobar, teng bo’lgan ibtidoiy davr deb ta’riflagan edilar. Ibtidoiy jamiyat tarixining dalillari xususiy mulk, ijtimoiy tengsizlik va davlat hokimiyatining kelib chiqishining tub mohiyatini bilib olishga imkon yaratib berdi. Darhaqiqat tabaqalar, davlat hokimiyati tizimi va qismlari hech qachon azaldan mavjud bo’lgan emas, u ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi natijasida vujudga kelganligi olimlar tomonidan isbotlangan.
Ibtidoiy jamoa tuzumi kishilik tarixining eng dastlabki, eng oddiy shakli edi dedik. Lekin u bir yerda qotib qolmadi, oddiylikdan murakkablik sari qadam qo’ya borib, keyingi davr uchun olamshumul tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan juda ko’p kashfiyotlarning poydevor toshini yaratdi. Insoniyatning iqtisodiy hayotida juda katta ahamiyatga ega bo’lgan xo’jalik shakllari - dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, arxitektura, savdo va dastlabki almashuv munosabatlari ibtidoiy jamiyat tarixi zaminida shakllandi va rivojlana bordi. Bu hol ibtidoiy davrdan so’ng yashagan avlod uchun benihoya katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ibtidoiy jamoa tuzumi kishilik jamiyati tarixining juda katta davrini tashkil etar ekan ibtidoiy jamiyat tarixi fanining vazifasi mazkur qadimiy davr tarixini har tomonlama chuqur o’rgana borishdan iboratdir.

  1. Yüklə 281,48 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin