Darsning maqsadi: Diniy tasavvurlarning paydo bo`lishi va dinning yuzaga kelishi mumkin bo`lgan sabablarni ochib berish.
Identiv o`quv maqsadlari:3.1.Dinning paydo bo`lishi sabablarini ochib beradi 3.2.Diniy tasavvurlarning paydo bo`lishi vaqtini tahlil qiladi.
3.3.Ibtidoiy din shakllaridan biri totemizmga baho beradi. 3.4.Animizm va fetishizmni tahlil qiladi.
3.5.Tabiatga sig`inish e'tiqodi va sehrgarlik amallariga baho beradi.
asosiy savol bayoni: Kishilikning qadimgi hayotiga nazar tashlansa uning ilk bosqichida din va diniy tushunchalarning bo’lmaganligiga ishonch hosil qilish mumkin. Din ham san’at kabi ijtimoiy ong shakillaridan biri hisoblanadi. Ammo ibtidoiy davrdagi diniy tushunchalarni tiklash, tushunish va tushuntirish juda murakkab masaladir. Shak-shubhasiz ibtidoiy odamlar o’z atroflarida bo’layotgan voqea va xodisalarga befarq qarayolmaganlar.
Tabiatda sodir bo’lgan turli tuman hodisa va voqealar shamol, toshqin, momaqaldiroq, tun va kunning almashinuvi, yog’in-sochin, issiq-sovuq yer qimirlash, tug’ilish, kasallik, o’lim, o’sib-ulg’ayish, uyqu va boshqa narsalar odamlarga g’ayri tabiiy bo’lib ko’ringan. Ibtidoiy odamning bilim doirasi past bo’lganligi ko’p narsa va hodisalarning mohiyatiga tushinib etmagan. Demak, bu narsa va hodisalarning mohiyati ibtidoiy odam uchun sirli tuyulib, ularning negizida qandaydir g’ayritabiy kuch bordek tuyulgan. Shu tufayli ibtidoiy kishilar orasida narsa va hodisalarga sig’inish ularni ulug’lash hissi vujudga kelib, dastlabki diniy tushunchalarning shakillanishiga sabab bo’lgan.
Ibtidoiy kishilar ojizligining asosiy sababi ishlab chiqarish kuchlarining etarli darajada rivojlanmaganligi, mehnat qurollari binobarin mehnatning kam takomillashgani va bilimsizligidan iboratdir. Ibtidoiy davrda din va diniy tushunchalar xilma-xil ko’rinishga ega bo’lganligi shak shubhasizdir. Buni dunyo xalqlaridan olingan etnogarfik ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Ibtidoiy din shakllaridan biri totemizm bo’lib, u juda qadimiy bo’lsa kerak. Totemizm-algonkinlar (alyaskada yashovich qabilalar) totem-uning urug’i degan so’zidan olingan. Totemizm odamlar guruhining qanadaydir hayvon - qoplon, yo’lbars, arxar, tog’ echkisi yoki o’simlik turi- kungaboqar, do’lana, qovoq va shu kabi o’simlik turi bilan qandaydir bog’liqligi, g’ayri tabiiy qarindoshlik aloqasiga ishonish e’tiqodidir. Bundan ko’rinib turibdiki, totemizm ibtidoiy jamiyat tarixining ovchilik-termachilik xo’jaligi rivojlangan vaqtda urug’chilik tuzumi ijtimoiy hayotda qaror topgach vujudga kelgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham urug’lar, fratriyalar va qabilalarning nomlari muayyan territoriyada tarqalgan hayvon yoki o’simlik nomi bilan atalgan. Afrika, Amerika, Osiyo, Yevropa va Avstraliyada yashovchi urug’ va qabilalarning hayvon va o’simlik nomi bilan atalishi fikrimizning dalilidir. Urug’lar qabilalar va fratriyalar emas, ayrim joylarda ba’zi odamlarning ismlari ba’zi hayvon va o’simlik nomi bilan ataladi. Har bir urug’ va qabilaning totem hayvoni alohida e’zozlanib, hurmat va izzat qilganlar. Totemizmning dastlabki bosqichi davrida odatga muvofiq o’z totemizmini ovlash va uning go’shtini ovqat sifatda ist’mol qilish ta’qiqlangan edi. U muqaddas hayvon hisoblangan. Faqatgina bayramlarda, urf-odat marosimlari vaqtida muqaddas hisoblangan totemni ovlanib uning go’shti eyilgan.
Totem hayvonlarni ovlash, o’ldirish ta’qiqlangan, ularning ko’payishi uchun g’amxo’rlik qilingan. Ba’zan ularning sharafiga bayramlar o’tkazilib odamlar mazkur hayvon terisini yopinib, yoki kiyib raqsga tushganlar. Shuni ham aytib o’tish kerakki, totemizm qoldiqlari ko’pgina xalqlar hayotida yaqin vaqtlargacha saqlanib qolgan. Lekin avstraliyaliklar dini klassik totemizm namunasidir. Agar avstraliyalik kenguru totemiga tegishli ekan u kenguru haqida «bu mening akam»yoki «mening onam» deydi. Mustamlakachilar Avstraliyada totem hayvonni o’ldirganlarida mazkur urug’ning odamlari
ularga «Nega siz bu odamni o’ldirdingiz, u bizning birodarimiz» deb aytganlar. Agar totemizmning boshlang’ich davrilarida totem hayvonining go’shtini iste’mol qilish taqiqlangan bo’lsa, keyinchalik uning go’shtini ovqat sifatida iste’mol qilishga ruxsat etilgan. Lekin totem hayvon o’ldirilgach undan uzr so’rash odati ham bo’lgan yoki aybni o’zlaridan soqit qilib, uni o’zgalarga to’nkab, o’z totemlari g’azabidan xalos bo’lishga intilganlar. Sibir yerlari mustamlaka qilinayotgan vaqtda evenklar, tunguslar kiyik yoki ayiqni o’ldirib gunohni o’zlaridan soqit qilish, totem hayvonini g’azabini qo’zg’atmaslik maqsadida unga «bizdan hafa bo’lma, seni biz emas, ruslar o’ldirdilar.» deganlar. Ibtidoiy dinning shakllaridan biri bo’lgan totemizm juda ko’p xalqlarda, xususan turkiy xalqlarda zamonamizgacha saqlanib qolgan.
Osiyodagi juda ko’p xalqlarda shuningdek Turkiy xalqlarining kalendarida 12 hayvon nomi nomi bilan yuritiladigan muchal yil xisobi uzoq vaqtlardan beri qo’llanilib keladi. Shuningdek O’rta Osiyoda Arslonbek, Bo’riboy, Yo’lbars, Bobir, Qoplon, Sher, Sherali, Qo’chqor, Qo’ziboy, Alqar kabi ismlarning keng tarqalishi totemizm bilan aloqador emasmikan.
O’rta Osiyo klassik adabiyotining zabardast namoyondasi A. Firdavsiyning
«Shohnoma» asarini o’qir ekansiz unda, ot-asp bilan bog’liq bo’lgan odam va joy nomlarini ko’plab uchratish mumkin. Bu totemizmga aloqador ismlar bo’lishi ehtimoldan xoli emas. O’rta Osiyo, Osiyo va yer yuzining juda ko’p joylaridagi qoya toshlarda arslon va yo’lbars, kiyik va to’ng’iz, arxar va bug’i, ot va it, bo’ri va tulki, qulon va sayga, yovvoyi buqa va fil, antilop va jirafa, mamont va karkidon kabi hayvon tasvirlarining uchrashi qadimgi qabilalarda totemizmning keng tarqalganligini nishonasi bo’lishi mumkin.
Ibtidoiy o’troq dehqonchilik qishloqlari harobalaridan topilgan sopol, mis, jez va boshqa narsalarga xilma-xil hayvonlarning bo’yoq bilan chizilgan tasvirlari ham mazkur idishlarda taom egan kishilar e’tiqodida totemizm mavjudligi yaqqol ko’zga tashlanadi.
Ibtidoiy qabilalarning mafkuraviy qarashlarida sehr-jodu va afsungarlik ham keng tarqalib, u ham ibtidoiy dinning bir turi hisoblangan. O’z-o’zidan savol tug’iladiki, sehr-jodu va afsungarlik nima? Afsungarlik-deb yozadi M. O. Kosven, noto’g’ri, yolg’on va ko’zga ko’rinmaydigan aloqa ta’sirlarining tabiatda mavjudligiga ishonish va odamlarni ishontirish, ayrim xalqlarda tabiat odamlarga ko’zga ko’rinmaydigan ta’sirlar ko’rsatish mumkinligi va ayniqsa odamlarning tabiatga, shuningdek nihoyat bir odamning boshqa odamga ta’sir ko’rsatishi mumkinligidan iboratdir. Diniy e’tiqodning mazkur ko’rinishi odam hayotining juda ko’p tomonlariga ta’sir etgan. Xatto u tasviriy san’atni ham o’zicha bo’yinsindirgan. So’ngi paleolit, mezolit, neolit va bronza davri qoya toshlaridagi hayvon, ularga sanchilgan nayza, kamon o’qi va ular qoldirgan jarohat izlarining tasvirlari sehrgarlik bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Sehrgarlik bir narsa xuddi shunday ikkinchi bir narsa o’rnidadir, bo’lak butun o’rnidadir, degan tasavvurga asoslangan. «Nayza tirik hayvonga uning xuddi shunday tasvir yoki kalla suyagiga sanchilgani kabi sanchilsin» - ibtidoiy sehrgarlikning mantiqi shundan iboratdir. Ibtidoiy davr kishilarining e’tiqodiga ko’ra sehrgarlik odatlari, irim- chirimlari, ov yoki xo’jalik sohasidagi boshqa ishlarning muvaffaqiyatli yakunlanishiga yordam berar ekan. Etnografik ma’lumotlarga ko’ra mahalliy avstraliyalik ovchilar kenguru oviga borish oldidan kenguru tasvirini chizib, unga tevarak atrofdan nayza sanchishgach, ovga jo’nab ketganlar. Etnograflarning kuzatishlaridan shu narsa ravshanki, Afrikada yashovchi pigmeylar antilopa yoki boshqa hayvonni ovlashga jo’nashdan oldin sokin bir joyga borib yerga ovlanuvchi hayvon suratini chizib, unga nayza sanchgach ovga ketganlar. Sehrgarlik faqat ov va xo’jalikning o’zidagina qo’llangan emas. Qadimgi urug’ va qabilalar sehrgarlikni yoddirish, dushmanni maxv etish, hayvonlarni ko’paytirish, sevish, sevilish, davolanish va
boshqa narsalarda ham qo’llaganlar. Sehrgarlikda har bir voqea va hodisaning o’ziga yarasha irim-chirimi va urf-odatlari bo’lgan. Shunday qilib, sehrgarlik ibtidoiy diniy e’tiqodning shakllaridan biri edi.
Mantiqiy jihatdan o’ylab qaralsa diniy e’tiqodning sehrgarchilik shakli ancha murakkab bo’lib, inson tafakkurining ancha rivojlangan davriga to’g’ri kelib, totemizm va fetishizmga nisbatan keyinroq vujudga kelgan bo’lsa kerak. Ibtidoiy davr kishilarining diniy e’tiqodlaridan yana biri animizm bo’lib, mazkur so’z lotincha anima - jon, ruh so’zidan olingan. Ibtidoiy kishilarning tasavvuri bo’yicha har bir odam tabiatdagi barcha hayvonlar va o’simliklar olami jonga, ruhga egadirlarkim, ular o’lgach narigi dunyoda tirilib hayot kechiradilar. Aftidan animistik e’tiqod ham keyingi paleolitda, inson ongida narigi dunyo haqidagi tasavvur vujudga kelishi munosabati bilan kelib chiqqan. U davrda o’likni bukchaytirib tizzalarini iyagigacha bukib, kafanlab, qayish bilan bog’lab, ko’mganlar. O’lik ustida qizil oxra sepib, uning yoniga mehnat qurollari va bezak buyumlarini ham birga qo’yib ko’mganlar. Go’rlarga har xil ish qurollari, gi dunyodagi hayotga ishonish bilan bog’liq bo’lgan e’tiqod bo’lsa kerak. yaroq va ziynat buyumlarining qo’shib ko’milishi murdaga qizil oxra sepish nari yaqin-yaqin vaqtlargacha ham adamonliklar, papuaslar, eskimoslar va boshqa qator rivojlanmagan qabilalarda murdani bukchaytirib bog’lab, kafanlab ko’mish odati bo’lgan. Oxra, qizil rang esa ibtidoiy kishilar tasavvurida qon va olovni ehtimol hayot ramzini anglatgan. Animizm terminini fanga ingliz olimi E.Teylor kiritgan. Shuni ham unutmaslik kerakki, so’ngi poleolitdagi totemizm, sehrgarlik, animizm va boshqa diniy e’tiqodlar bir-biri bilan bog’lanib ketgan va biri ikkinchisiga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Odamlar o`liklar ruhi yashaydi deb ularga tayin bir joyga idishlarga ovqatlar qo`yishgan. Qiynalgan paytlarida ruhlarga murojaat qilganlar, yalinib yolvorganlar keyinroq bu murojaatlar xudolarga iltimosga duolarga aylangan. Bunday duolarni biladigan duoxonlar, jodugarlar, sehrgarlar, azayimxonlar, shomonlar paydo bo`lgan. Oxiratga ishonish va ota-bobolar ruxiga sig`inish animizm bilan bog`liqdir. Matriarxat davrida ayol urug`ning bosh onasi birinchi o`rinda ko`tarilgan. Patriarxat ota urug` boshlig`i bo`lgan. Avvallari ayollar ruhiga keyin otalar, bobolar ruhini singdirish kuchli bo`lgan. Dehqonchilik va chorvachilik rivojlanishi bilan tabiatga sig`inish e'tiqodi vujudga kelgan. (Bobo dehqon, zangi ota). Odamlar quyoshga, suvga,o`tga topina boshlaganlar. Ibtidoiy odamlarda totemizm va animizmdan tashqari sehrgarlik odamning o`zini g`ayri tabiiy kuchlarga ta'sir ko`rsata olish qobiliyatiga ishonishga asoslangan ish amallari duolari bo`lgan. Sehrgarlik ibtidoiy odamlar hayotining hamma tomonlariga katta ta'sir ko`rsatgan. Keyinchalik sehrgarlik amallari shomon kohinlar tomonidan monopoliya qilib olgan. Xudolarga bo`lgan e'tiqodlarni maxsus kishilar kohinlar ado etganlar. Shunday qilib insonning tabiat oldidagi ojizligi, nodonligi, bilimsizligi va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanmaganligi oqibatida har turli qabilalarda xilma-xil ko’rinishga ega bo’lgan diniy e’tiqodlar vujudga keldi.